• Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga о‘qitish va qayta tayyorlash tizimi.
  • Ishchilar bilan yo‘riqnoma o‘tkazish.
  • -modul. 6-mavzu. Xavfsiz faoliyatni tashkil qilishda xodimlar bilimini tekshirish va o’qitish




    Download 6,07 Mb.
    bet45/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    2-modul. 6-mavzu. Xavfsiz faoliyatni tashkil qilishda xodimlar bilimini tekshirish va o’qitish
    Reja:

    1. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga о‘qitish va qayta tayyorlash tizimi.

    2. Xodimlarni о‘qitish va qayta tayyorlashni tashkil qilish. Bilimlarni tekshirish va baholash tizimi samaradorligi.

    Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga о‘qitish va qayta tayyorlash tizimi.
    Mehnat muhofazasiga o‘qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish bo‘yicha namunaviy nizomda (№ 272, 14.08.1996) barcha korxona, tashkilot, muassasa, institut, ilmiy-tadqikot tashkilotlari, birlashma, assosiatsiya, korpooratsiya, xolding, tarmoq, vazirlik va boshqa mulk shaklidan qat’iy nazar malaka talablari hajmida ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar, muhandis-texnik xodimlar uchun mehnat muhofazasidan bilimlarni majburiy nazorat qilish tartibi belgilangan.
    Korxonaga ishga kirayotgan har bir xodimga xavfli ish usullari bo‘yicha yo‘riqnoma, maxsus malaka olgandan va bilimi tekshirilgandan keyin mustaqil ishlashga ro‘xsat beriladi.
    Bug‘ va issiqlik qozonlari, yuk ko‘tarish kranlari, bosim ostida ishlovchi idishlar, elektr uskunalari, maxsus uskunalar kabi xavfli ishlarda ishlovchilarga maxsus o‘kuv kurslarini bitirganlari xaqida hujjatlari bo‘lsagina ishlashga ruxsat beriladi.
    Xodimlarni xavfsiz ish usullariga o‘qitish va ularni to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha umumiy rahbarlik hamda javobgarlik korxona rahbarlariga va boshqaruv tashkilotlariga yuklanadi. Sexlarda, bo‘limlarda ishchilarni va ustalarni xavfsiz ish usullariga o‘rgatish shu sex hamda bo‘lim rahbarlariga, shuningdek, o‘z vaqtida va sifatli o‘qitishni nazorat qilish esa mehnat muhofazasi bo‘limlari zimmasiga yuklatiladi.
    Ishchilar bilan yo‘riqnoma o‘tkazish. Yo‘riqnomalar ikki xil bo‘ladi: kirish va ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma. O‘z navbatida ish joyida o‘tkaziladigan yo‘riqnoma 3 xil bo‘ladi: dastlabki, davriy va navbatdan tashqari.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modul. 6-mavzu. Xavfsiz faoliyatni tashkil qilishda xodimlar bilimini tekshirish va o’qitish

    Download 6,07 Mb.