• Ishdan maqsad
  • Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan 1-amaliy mashg‘ulot




    Download 31 Kb.
    bet1/3
    Sana04.04.2024
    Hajmi31 Kb.
    #187137
      1   2   3
    Bog'liq
    Mirzayev,Amaliy ish
    Algoritm 1-lab, 4.Kurs ishi - копия - копия - копия (45), Hisoblash tizim-WPS Office, IR tex xarita, Mavzu Pythonda Matplotlip Pyplot bilan ishlash-fayllar.org, Semantically formation of words in Uzbek and English speaking countries, TYPES AND GROUPS OF MORPHEMES, parkinson, Ashuraliyev Donoyor, Mavzu O’rta Osiyoning qadimgi xalqlari haqida mahalliy manbalar-fayllar.org, 10-amaliy mashg‘ulot mavzu Yarim oval elementli kichik harflar , eYndsp0PFXCqsGXs4XsLVz39AgUmqXXjVRDsfjeo, S.ekol 2 must ish topsh (1), Investitsiya, Sog\'liqni saqlash muassasalarida mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish xususiyatlarini o\'rganish.

    Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan 1-amaliy mashg‘ulot

    Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan 1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining huquqiy xujjatlariDavlatimizning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatida sanoatni texnik jihatdan qayta qurollantirish, og‘ir va murakkab jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, og‘ir qo‘l mehnatini muntazam qisqartirib borish, korxonalarni zamonaviy mehnat muhofazasi vositalari bilan jihozlash masalalariga katta ahamiyat berilmoqda. Unda ishlovchilarning, ayniqsa ayollar va balog‘at yoshiga yetmaganlarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilashga alohida o‘rin berilgan. Mehnatkashlarning hayotini va sog‘ligini muhofaza qilish, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosatini belgilaydi. Bularning huquqiy asoslari esa O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi va mehnat muhofazasi haqidagi qonunlardir. Ushbu hujjatlarning asosiy mazmuni va ularda ko‘rsatilgan nizomlar korxona rahbarlari va mehnat muhofazasi bo‘limi xodimlari vazifalarining asosiy va ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun bu masalalarni chuqurroq o‘rganish va tahlil qilish temir yo‘l va temir yo‘l sanoat korxonalari mutaxassis bakalavrlari ish faoliyatida katta ahamiyat kasb etadi.Ishdan maqsad - Hayot faoliyati xavfsizligi bo‘yicha huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi hujjatlarning asosiy mazmunini o‘rganish va ulardan amalda foydalana bilish.


    1.1 O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasining huquqiy asoslarini belgilovchi hujjatlarning mazmuni.O‘zbek xalqi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, 1992 yil 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Unda inson huquqlari meyorlariga, hozirgi va kelgusi avlodlar oldida yuksak javobgarlikni his qilgan holda, davlat suveriniteti prinsiplariga amal qilish tantanali ravishda talqin qilinadi. O‘zbek davlatchiligi tarixiy tajribasiga tayangan holda, ijtimoiy adolat va demokratiya ideallariga sodiqlik, xalqaro huquq meyorlarini topib, konstitutsiya respublika fuqarolarining munosib hayotiy sharoitlar bilan ta’minlashga qaratilgan huquqiy demokratik davlat tuzimini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.Konstitutsiyada aniq qilib insonning va har bir fuqaroning ozodligi asosiy huquqlari va vazifalari yozib qo‘yilgan. Ha bir fuqaroning ozodligi, siyosiy huquqlari bilan bir qatorda, uning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari, shu jumladan mehnat muhofazasi borasidagi huquqlari ham yozib qo‘yilgan.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida: “Har bir fuqaro ishlash huquqiga, erkin kasb tanlash huquqiga, adolatli ish sharoitlariga va qonunda belgilangan asosiy ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir” (37-modda) “Har bir fuqaro qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda boquvchisidan ajralganda va boshqa qonunda ko‘rsatilgan hollarda ijtimoiy ta’minot huquqiga egadir”. (39-modda).O‘zbekistonda mehnat huquqlari qonun bilan himoyalangan. 1995-yil 21 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksini tasdiqlash haqida qonun qabul qilingan. Unda xodim bilan ish beruvchi orasidagi mehnat munosabatlarining huquqiy asoslari belgilab berilgandir. Mazkur kodeks xodimning, ish beruvchining va davlatning huquqlarini himoya qilgan holda, mehnat bozorining samarali faoliyatini, adolatli va xavfsiz ish sharoitlarini ta’minlaydi. Sog‘liqni va mehnat huquqlarini muhofaza qiladi, ish unumdorligining oshishiga, sifatining yaxshilanishiga, barcha aholining moddiy va madaniy hayotining yaxshilanishiga olib keladi.Konstitutsiya va mehnat kodekslaridan tashqari mehnat haqidagi huquqiy asoslarni “O‘zbekiston Respublikasining mehnat muhofazasi haqidagi qonuni” to‘ldiradi. Bu qonun MDH mamlakatlari ichida birinchilardan bo‘lib bizning respublikamizda 1993 yil 6-mayda qabul qilingan. Bu qonun mustaqil Respublikamizning mehnat muhofazasiga davlat siyosati nuqtai nazarini belgilaydi va unda quyidagi tamoyillar o‘z aksini topgan:-korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalaridan ishlovchining sog‘ligi va hayoti qadrliroq ekanligi;-korxonaning mehnat muhofazasi borasidagi faoliyatini iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa yo‘nalishlar bilan birgalikda olib borish;-mulk formasi va xo‘jalik yuritish uslublaridan qat’iy nazar barcha korxonalarga mehnat muhofazasida bir xil talab qo‘yish;-ekologik xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash va ish joylarida atrof-muhit holatini uzluksiz nazorat qilinishi ta’minlash;-korxonada mehnat muhofazasi talablarining bajarilishini nazorat qilish;-mehnat muhofazasini mablag‘ bilan ta’minlashda davlat ishtiroki;-oliy va o‘rta maxsus ta’lim o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasidan mutaxassislar tayyorlash;-himoya vositalari, xavfsiz texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va tadbiq qilish ishlarini rag‘batlantirish;-mehnat muhofazasi bo‘yicha fan, texnika yutuqlarini, hamda ilg‘or milliy va xorijiy takliflarni keng joriy qilish;-ishlovchilarni bepul korxona maxsus kiyimlari va poyafzallar, shaxsiy himoya vositalari hamda shifolovchi-profilaktik taomlar bilan ta’minlash;-korxonada sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan soliq siyosatini yurgazish;-korxonadagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasbiy kasallikni albatta taftish qilish va hisobga olish va shu asosda aholini ishlab chiqarish jarohatlari va kasbiy kasalliklar haqida muntazam xabardor qilish;-korxonada baxtsiz hodisa yoki kasbiy kasallik tufayli jabrlangan xodimni ijtimoiy himoyalash;-mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan korxona kasaba uyushmalari va boshqa jamoat uyushmalarining faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;-mehnat muhofazasi muammolarini yechishda xalqaro hamkorlik; 

    Download 31 Kb.
      1   2   3




    Download 31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan 1-amaliy mashg‘ulot

    Download 31 Kb.