|
III. “O‘ZBEKTELEKOM” AK NING IQTISODIY FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA FRANCHAYZING MODELINI TADBIQ ETISH ISTIQBOLLARI
|
bet | 18/20 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 392,46 Kb. | | #244698 |
Bog'liq 55uz.franchayzngIII. “O‘ZBEKTELEKOM” AK NING IQTISODIY FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA FRANCHAYZING MODELINI TADBIQ ETISH ISTIQBOLLARI
3.1. “O‘zbektelekom” AK ning iqtisodiy faoliyatini takomillashtirishda franchayzing modelini qo‘llash samaradorligi
“O‘zbektelekom” AK raqamlashtirish bo‘yicha lider sifatida Jett investitsiya servisi bilan hamkorlikda birinchilardan bo‘lib MyUZTELECOM mobil ilovasi orqali kompaniya aksiyalarini onlayn xarid qilish imkoniyatini respublika bo‘ylab keng aholi qatlami uchun joriy etdi, bunda brokerlik hisob-raqamlari IPO anderrayteri “Portfolio Investments”da ochiladi. IPO orqali aksiyalarni xarid qilish uchun MyUZTELECOM ilovasida masofadan turib brokerlik hisob-raqamini ochish va IPOda onlayn ariza topshirish kifoya.
“O‘zbektelekom” AK oddiy aksiyalari 2023-yil 20-dekabrdan boshlab “Toshkent” Respublika fond birjasida savdosi boshlandi. Ushbu tadbir investorlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
“Toshkent” fond birjasida kompaniya aksiyalariga talab katta bo‘lib, ushbu aksiyalarga xarid qilish uchun talab, sotish taklifidan o‘rtacha 8-10 baravarga oshib ketdi. Bundan tashqari, ular kunning eng faol sotilgan aksiyalariga aylandi: birja savdolari hajmi 667 million so‘mni tashkil etib, bu navbatdagi eng ommabop aksiyalarning birja savdosi hajmidan 20 baravar ko‘pini tashkil etdi. Natijada aksiyalar narxi kun davomida 25 foizga ko‘tarildi va bir dona aksiya uchun 7500 so‘m narx belgilandi.
IPO davomida 5 542 046 dona qo‘shimcha oddiy aksiyalar chiqarilib, har bir aksiyani joylashtirish narxi 6000 so‘mni tashkil etgandi. IPO natijasida 11 mingga yaqin chakana va 10 ta korporativ, institutsional investorlar O‘zbekiston kapital bozorining bir qismiga aylandi. Potensial investorlarni o‘ziga jalb etgan muhim jihatlardan biri bu adolatli qiymatdan, yaʼni har bir aksiya uchun 9 135 so‘mdan 35 foizlik chegirmani tashkil etdi. Ushbu qadam kompaniyaning strategik o‘rnini taʼkidlab, potensial aksiyadorlar uchun jozibador kirish nuqtasini belgiladi.
Portfolio Investments MCHJ, O‘zbekiston Milliy banki va O‘zsanoatqurilishbank anderrayterlar konsorsiumi tomonidan tashkil etilgan IPO roudshousi (Road Show) investorlarda katta qiziqish uyg‘otdi. UZTELECOM aksiyalari O‘zbekiston IT sohasidagi o‘sish aksiyalari (Growth Stocks) sifatida investorlarning eʼtiborini tortdi. Investorlarning yuqori qiziqishi IPOda taklif qilingan aksiyalarga talabni 131 foizga oshishiga olib keldi (Oversubscription).
IPO davomida Jett servisi orqali 15 000 dan ortiq chakana hisob raqamlari ochildi, ularning 70 foizidan ortig‘i Uztelecom aksiyalarini sotib olishga buyurtma berishdi. Chakana investorlar birgalikda yangi emissiyaning 2 milliondan ortiq aksiyalarini sotib olishdi, bu umumiy taklifning qariyb 40 foizini tashkil etdi. Korporativ va institutsional investorlar ham katta qiziqish bildirib, 3,5 milliondan ortiq aksiyalarini sotib olishdi.
Bozorning bu ijobiy reaksiyasi UZTELECOMning bozordagi ishtirokiga ishonch va ishtiyoq ortib borayotganini taʼkidlaydi.
UZTELECOM O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasining yetakchisi bo‘lib, uchta asosiy segmentda faoliyat yuritadi: mobil aloqa, keng polosali ulanish va maʼlumotlar markazlari. Kompaniya IPOdan olingan mablag‘ni mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish va kengaytirishga yo‘naltirmoqchi. UZTELECOM maʼlumotlar markazlarini qurish, optik tolali tarmoqlarni kengaytirish va mobil baza stansiyalarini modernizatsiya qilishga katta mablag‘ sarflamoqda. Yig‘ilgan mablag‘lar kompaniyaning bozordagi mavqeini mustahkamlash va operatsion imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.
“O‘zbektelekom” AK aholi, biznes subyektlari, davlat idoralari, shuningdek O‘zbekistonning operator va provayderlari uchun ilg‘or raqamli operator bo‘lishga intilmoqda. Asosiy vazifa – eng keng doirada qo‘llash uchun zamonaviy raqamli infratuzilmani taqdim etish. “O‘zbektelekom” AK mamlakatimiz iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasi uchun qulay vosita va ishonchli poydevor hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
III. “O‘ZBEKTELEKOM” AK NING IQTISODIY FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA FRANCHAYZING MODELINI TADBIQ ETISH ISTIQBOLLARI
|