“O‘zbektelekom” AK ning franchayzing modelining afzallik va kamchiliklarini baxolash




Download 392,46 Kb.
bet16/20
Sana20.05.2024
Hajmi392,46 Kb.
#244698
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
55uz.franchayzng

2.3. “O‘zbektelekom” AK ning franchayzing modelining afzallik va kamchiliklarini baxolash
Franchayzingning afzalliklari va kamchiliklarini tushunish bu franchayzing biznesini kengaytirish uchun mos variant ekanligini aniqlash imkonini beradi.Bu biznesni rivojlantirishning iqtisodiy jihatdan samarali usuli hisoblanadi.
Har bir franchayzi o'zining franchayzing shoxobchasini moliyalashtiradi. Franchayzi barcha xarajatlarni qoplaydi va daromadni yig'adi. Franchayzi ham o'z bizneslarini boshqaradi, shuning uchun qo'yiladigan boshqaruv talablarini kamaytiradi. Eng yaxshi franchayzilar yuqori motivatsiyaga ega va mahalliy tajribaga ega bo'lib, ishni osonlashtiradi. Qanchalik ko'p franchayzi bo'lsa, brend shunchalik yaxshi taniladi. Franchayzilar brendning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun yangi g'oyalarni qo'shishlari mumkin.
“O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi respublikada yirik telekommunikatsiya operatori bo’lib, O’zbekiston Respublikasining barcha hududlarini o’z tarmog’i bilan qamrab olgan. O’zining zamonaviy texnologiyalari asosida barpo etilgan telekommmunikatsiya tarmog’idan foydalanish yordamida kompaniya turg’un va mobil, xalqaro va shaharlararo aloqa operatorlari hamda Internet provayderlari uchun kanallarni ijaraga berish, barcha xildagi tovushli aloqa va ma’lumotni uzatish xizmatlari, Internet tarmog’i, videkonferensaloqa, CDMA standarti asosidagi mobil aloqa kabi xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. Undan tashqari, televideniye va radio eshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallarni tashkil etib boradi. “O’zbektelekom” AK hukumat idoralari va muassasalariga telekommunikatsiya xizmatlarini yetkazuvchi yetakchi kompaniyadir.
“O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi xalqaro aloqa tashkilotlari bilan doimo o’zaro faoliyat olib boradi, xalqaro telekommunikatsiya loyihalarida ishtirok etadi, telekommunikatsiya qurilmalarini ishlab chiqaruvchi xorij operator va kompaniyalari bilan ikki tomonlama hamkorlik faoliyatlarini amalga oshirib keladi. “O’zbektelekom” AK Xalqaro elektroaloqa ittifoqi (XEI), Aloqa sohasidagi hududiy hamdo’stlik (ASHH), “Intelsat” yo’ldoshli aloqa va boshqa qator tashkilotlar bilan faol hamkorlikni yo’lga qo’ygan, TOe (Trans – Osiyo – Yevropa optik tolali aloqa magistrali) qo’mitasining boshqaruv a’zosi hisoblanadi, ASHH operatorlar Kengashi qatnashchisidir.
Kompaniya tarkibida 14 ta hududiy va 5 ta ixtisoslashgan filiallardan iborat 19 ta filial va ikkita sho’ba korxonalari faoliyat ko’rsatib turibdi. Kompaniyaning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ida sig’imi 2 mln. dan ortiq raqamli, 2 mingdan ziyod telefon stansiyalari ishlayotgan bo’lib, ularning 86 foizi zamonaviy, ya’ni raqamli telefon stansiyalardan iboratdir.
Kompaniyaning ma’lumotlarni qayta ishlash bulutli markazi negizida internet xizmatlarini taqdim etadigan dunyodagi eng yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda IT gigantlarining server uskunalari va ko‘plab xizmatlari mahalliylashtirildi.
Bu butun O‘zbekiston uchun muhim bir voqeadir. Yirik internet xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliylashtirish internet foydalanuvchilari ushbu xizmatlar tomonidan taqdim etiladigan audio va video kontentlarni, dasturiy ta’minot va boshqa kontentlarni yuklab olish tezligini oshirishga yordam beradi.
Loyihani amalga oshirish quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

  • barcha yirik internet xizmatlarining ishini tezlashtirish va ushbu xizmatlarning har qanday so'roviga tezroq javob berish;

  • kontentni yuklab olish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish va bu orqali foydalanish samaradorligi oshirish.

Xizmatlarning mahalliylashtirilishi tufayli barcha internet foydalanuvchilari ma’lumotlarni tezroq olish va yuklab olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. “Ping” ko‘rsatkichi kamroq bo‘ladi, ya’ni xizmatlarga bo‘lgan har qanday so‘rovga javob/ma’lumotlar olish transmilliy tarmoq orqali amalga oshiriladi va bunda foydalanuvchining so‘roviga javob olish vaqtini qisqartiradi.
O‘zbekiston hududida xizmatlarning mahalliylashtirilishi xalqaro internet kanalini sezilarli darajada yengillashtirishi ham muhim omillardan biridir. Bu O‘zbekistonning barcha operatorlari va provayderlariga abonentlar uchun yanada arzon va tezkor takliflarni taqdim etish imkonini beradi.
Shu munosabat bilan respublikaning operatorlari va provayderlari uchun CDN serverlaridan foydalanish imkoniyati bo‘lgan UZ-IX tarmog‘ining piring tarmog‘i xizmatlari uchun maxsus tariflar ishlab chiqilgan va bu orqali operatorlar va provayderlar o‘z abonentlariga mahalliylashtirilgan internet xizmatlarini taqdim etish imkonini beradi. Shuni ta’kidlash joizki, belgilangan narxlar xalqaro paketli kommutatsiya markazi orqali xalqaro internet kanal xizmatlari narxidan sezilarli darajada, ya’ni 2-3 baravar past va bu piring tarmog‘iga ulangan respublika operator va provayderlar uchun o’z abonentlariga jahon darajasidagi eng yaxshi xizmatlarini taqdim etish imkonini beradi.
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi aholi, biznes, davlat idoralari, shuningdek O‘zbekistonning operatorlari va provayderlari uchun rivojlangan raqamli operatorga aylanishga harakat qilmoqda. Kompaniya oldida turgan asosiy vazifa – keng doirada qo‘llash mumkin bo‘lgan zamonaviy raqamli infratuzilmani taqdim etishdir.
“O‘zbektelekom” AK mamlakat iqtisodiyotini raqamli transformatsiyasi uchun qulay vosita va ishonchli poydevor hisoblanadi.


Download 392,46 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 392,46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“O‘zbektelekom” AK ning franchayzing modelining afzallik va kamchiliklarini baxolash

Download 392,46 Kb.