|
11-mavzu. Multimediyaning asosiy tushunchalari. Audio va video axborotlar bilan ishlash asoslari Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 349,89 Kb. | | #139042 |
Bog'liq 11-mavzu Multimediya asoslari
11-mavzu. Multimediyaning asosiy tushunchalari. Audio va video axborotlar
bilan ishlash asoslari
Reja:
1. Multimediyaning asosiy tushunchalari
2. Audio va video axborotlar bilan ishlash asoslari
3. MS Power Point dasturi va uning asosiy tushunchalari(slayd, taqdimot)
4. Dasturda animatsiya effektlaridan foydalanish
Tayanch iboralar:
Multimedia vositalari, audiokolonka, mikrofon, videoproektor, Web kamera, TV tuner, CD-ROM audio-video vositalari.
Slayd, prezentatsiya, prezentatsiya strukturasi, animatsiya namoyish effekti.
Multimediyaning asosiy tushunchalari
O‘qitish jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish o‘qitish sifati va samarasini oshirishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Multimedia vositalari yordamida olib borilgan audio-vidio muloqot o‘quvchining darsga bo‘lgan qiziqishini va bilim olishga bo‘lgan xavasini oshiradi. Multimedia vositalariga, jumladan audiokolonka, mikrofon, videoproektor, Web kamera, TV tuner, CD-ROM v.h.lar kiradi.
Multimedia vositalari o‘quvchiga yakka tartibda shugullanish imkonini beradi. O‘quvchi ukituvchining bevosita ishtirokisiz ham materialni mustakil o‘zlashtirishi mumkin bo‘ladi.
Hozirda multimedia so‘zi kundalik ilmiy-ixtisosiy faoliyatimizda juda ko‘p ishlatilmokda. Ta’limda multimedia texnologiyalarini tadbik etish uchun dastlab "Multimedia nima o‘zi?", degan savolga javob beraylik. Turli kasb mutaxassislari bu atamani turli xil izohlamokdalar. Ularning fikrlarini umumlashtirib multimediaga shunday tahrif berish mumkin:
Multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari yordamida o‘quv materiallarini tinglovchilarga to‘liq yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko‘rinishidir.
Multimedia hozirda juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyalaridan bo‘lib, u quyidagi an’anaviy axborot turlarini: matn, jadval, turli xil bezaklar hamda original axborot turlarini: nutk, musika, telekadrlar, videofilg‘mlardan parchalar, lavxalar, animatsiya ko‘rinishdagi axborotlarni o‘z ichiga oladi;
video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessorning harakatchanligini, ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyatini, tezkor va video-xotira hajmini, katta sig‘imli tashqi xotirani, kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‘yicha almashuv tezligini taxminan ikki baravarga oshirish talab etiladi;
"inson-kompyuter-inson" interfaol muloqotining yangi darajasining ta’minlanishi nazarda tutiladi. Foydalanuvchi, texnik muloqot jarayonida ancha keng va har tomonlama mukammal axborotlarni olishi osonlashadi va tezlashadi.
Multimedia vositalarining afzalliklari va uni ta’limda qo‘llash muammolari. Hozirgi amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida tinglovchilarni o‘qitish an’anaviy ta’limdan ikki barobar samarali bo‘lmoqda.
Ta’lim sohasida multimedia vositalari yordamida tinglovchilarga bilim berish afzalliklari quyidagilardan iborat:
ta’lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyatining mavjudligi;
ta’limning turli shakllaridan bir vaqt o‘zida foydalanish imkoniyatining paydo bulishi.
boshqa fan sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqini yanada oshishi;
dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga erishilishi;
olingan bilimlarning kishi xotirasida uzoq muddat saqlab qolish va uni amaliyotda qo‘llash mumkinligi.
Multimediani ta’lim jarayoniga qo‘llashning ayrim muammolari ham mavjud, jumladan:
ta’lim uchun zarur bo‘lgan o‘quv materiallarini hamda boshqa zaruriy ko‘rsatmalarni elektron qo‘llanma shaklida yoki o‘quv kompyuter dasturlari ko‘rinishida ishlab chiqish;
ishlab chiqilgan o‘quv kompyuter dasturlari uchun multimedia elementlarini qo‘llash.
Multimediali o‘quv materiallarini ishlab chiqishda hozirda Respublika ilmiy metodik markazlarida va uni ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha tatqiqot ishlari boshlab yuborilgan. Bo‘nga yetakchi mutaxassislar jalb qilingan va ta’lim o‘quv materiallari yo‘nalishlari bo‘yicha yaratilmoqda.
Multimedia vositalari bilan ishlash. Video yoki audio multimedia vositalarini kompyuterda juda ko‘p dasturlar orqali ishlatiladi. Video, audio bilan ishlovchi dasturlar katoriga, jumladan, Windows Media Player, Winamp va boshqalar kiradi.
Windows Media Player dasturini ishlatishni kurib utamiz.
Windows urnatilgan barcha kompyuterlarda Windows Media Player dasturi Windows bilan birgalikda o‘rnatilgan bo‘ladi. Windows Media Player dasturini ishga tushirish uchun Windowsning Pusk tugmasi bosiladi, keyin Bosh menyudagi Programmq menyu ostidan Standartnqe qismiga kiriladi va Windows Media Player ishlatiladi.
Ilgari qo‘yilgan narsani ochish paytida ekranda "o‘ng?ltig" (bekor) degan xabar paydo bo‘lishi mumkin. Bu kompyuterning noto‘g'ri qo‘shilganidan yoki saqlab qo‘yilgan narsa noto‘g‘ri saqlab qo‘yilganidan darak beradi.
"Reset" funktsiyasi bu proyektsiya ko‘rsatkichida faqatgina "RGB-Standart Modusi"da ishlaydi.
Videoko‘z-qog‘ozdagi yoki tayyorlangan o‘quv materiallardagi barcha tasvir, tekst, jadvallarni ekranga chiqarish uchun xizmat qiladi. Videoko‘zdan olingan tasvirni kompyuterga rasm, videolavxa ko‘rinishda ko‘chirib olish yoki to‘g‘ridan –to‘g‘ri Videoproektor orqali ekranga chiqarish mumkin.
Tuzilishi:
korpus
tok manbasiga ulash uchun shnur
ko‘z
stoyka
tugmalar majmui
videoko‘zdan foydalanish:
videoko‘zni videoproyektorga ulagan holda yoki kompyuterga ulangan holda ishlatish mumkin
videoko‘zni kompyuterga ulash mumkin.
Nusxa ko‘chirish qurilmasi tayyor materiallardan nusxalar ko‘chirish uchun qo‘llaniladigan qurilma. Uni ishlash printsipi quyidagicha:
qurilmani ishga tushirish uchun o‘ng burchakdagi yokish tugmachasi bosiladi va qurilma bir necha daqiqaga kizish uchun kuyib kuyiladi;
qurilma qizigandan so‘ng ustki qopqog'i ochilib, nusxa ko‘chirilishi kerak bo‘lgan material kerakli o‘lchamga moslashtirilib qo‘yiladi va qopqoq yopiladi;
qurilmada materialdan ko‘chiriladigan nusxalar soni, unining o‘lchami, formati, qog‘ozlarning kallaklardagi joylashuvini boshqaruvchi tugmalar haqida tushunchalar beriladi;
Kerakli ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng "start" tugmasi bosiladi va qurilma ishga tushadi va nusxani chiqarib beradi;
Ishni tugatishdan oldin, yuqori qopqoq ochiladi va material u yerdan olinadi va qurilma o‘chiriladi;
Video ikkilik. Ta’lim jarayonida video, audio lavxalarni namoyish qilishda keng foydalaniladi. Ekrani katta televizorlarni katta ekran sifatida videoko‘z orqali materiallarni namoyish qilishda foydalanilsa ham bo‘ladi.
Raqamli fotoapparat- seminardagi yoki dars jarayonidagi olingan rasmlarni kompyuterga olinib uni qayta ishlash orqali slayd, videoproektor, kodoskop yordamida namoyish qilinishi mumkin.
Skaner (tasvirda kompyuterga nusxa olish qurilmasi). Hozirgi kunda imkoniyat skanerlari grafik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda har xil turlari mavjud. Skaner asosan har xil ma’lumotlarni kompyuterga ko‘chirib nusxa olish uchun ishlatiladi. Nusxa olingan ma’lumotlarni kompyuter imkoniyatlaridan kelib chiqib har xil ko‘rinishga o‘tkazish mumkin. Skanerlarni ishlatishda programmistlardan foydalanishni maslaxat berimiz. CHunki skanerni ishlatish bu kompyuterda ishlash malakasiga bog‘liq.
Kompyuterlar asosiy qurilmalardan tashqari bir qator atrof qurilmalariga ham ega. Ularni ba’zilari bilan tanishib chiqamiz.
Printerlar. Printer - ma’lumotlarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilma. Barcha printerlar matnli ma’lumotni, ko‘pchiligi esa rasm va grafiklarni ham qog‘ozga chiqaradi. Rangli tasvirlarni chiqaruvchi maxsus printerlar ham bor. Printerlarning quyidagi turlari mavjud: ignali, purkovichli va lazerli.
Ignali printerlar - keng tarqalgan printerlardan biri. Bu printerning ishlash qoidasi quyidagicha: printerning yozish kallagida vertikal tartibda ignalar joylashgan. Kallak yozuv satri bo‘ylab harakatlanadi va ignalar kerakli daqiqada bo‘yalgan lenta orqali qog‘ozga uriladi. Natijada qog‘ozda belgi yoki tasvir paydo bo‘ladi.
Purkovichli printerda tasvir qog‘ozga maxsus qurilma orqali purkaladigan siyoh tomchilaridan yuzaga keladi.
Lazerli printerlar bosmaxona sifat darajasiga yaqin sifatli yozuvni ta’minlaydi.
|
| |