|
Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirish o’zimizning birinchi
|
Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 14,33 Kb. | | #248477 |
Bog'liq kirish
“Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha
bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari
asosida takomillashtirish o’zimizning birinchi
darajali vazifamiz deb bilamiz.”
O’zbekiston Respblikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kun va zamon talabidan kelib chiqgan holda Kompyuter grafikasi har bir soha bilan uzviy bog‘lanib, unga bo‘lgan ehtiyoj tobora o‘shib borayotganligi sir emas. Kompyuter grafikasining qo‘llanish ko’lami juda keng bo‘lib, avvalom bor ushbu sohani vizualligi diqqatga sazovvordir. Ya’ni kompyuter grafikasida tasvir asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumki axborot almashinuvida insonning ko‘rish sezgi organi yordamida qabul qilingan axborot eng samarali qabul qilinadi va u xotirada ham chuqur iz qoldiradi. Jumladan tovush vositasida berilgan axborot ham ijobiy ta’sir etadi. Eng kam samara beruvchi axborot vositasi bu yozuvli axborot bo‘lib, uni qabul qilib olish va miyada qayta ishlashda ko’proq vaqt sarflanadi va har bir insonning fiziologiyasidan kelib chiqgan holda axborotning ma’lum bir qismi yo‘qotilib xotirada saqlanadi. Kompyuter grafikasida axborotni tuzish insonning ko‘rish va eshitish sezgi organlariga qaratilgan bo‘lib, oddiy qilib aytganda axborot berish uchun tasvir va tovushdan keng foydalaniladi. Asosiy maqsad axborotni tasvir va tovushga aylantirishdan iborat
Hozirgi zamon mutaxisslardan faoliyat doirasi qanday bo’lishidan qat’iy nazar, informatika bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga zamonaviy hisoblash texnikasi va information aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakaga ega bo’lishi, hamda yangi information texnika va texnologiya asoslarini uning ertangi kuni, rivoji to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi shart. Zamonaviy hisoblash texnikalari va information texnologiyalarining kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa, tobora informatsiyalashib borishi sababli, uzluksiz ta’lim tizimining o’rta va yuqori bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonining kompyuterlashtirish bo’yicha bir qator o’quv fanlari kiritilgan.
XX asr o’rtalariga kelib, tezkor mashina mexanizmlaridan foydalanila boshlandi, murakkab texnika va texnologiyalardan ko’p funksiyalilari o’ylab topildi. Ko’pgina masalalarni hal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga aylandi, hamda bu axborotlarni yig’ish va uzatish vositalarini yaratish, ularni vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur bo’lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo’ladi.
Axborot kommunikatsion texnologiyalar(AKT) talabalarning kelajakdagi faoliyatiga tayyorlashga ko’mak beradi. Hozirgi zamonda mehnat faoliyati o’quvchilar qoniqish bilan ishlayotgan kompyuterlar, texnologiyalar, dasturlar va qurilmalar yordamida boshqariladi. AKT o’rganish va o’qitishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi. Inson multimediya ko’rgazma vositalari yordamida, o’quv ma’lumotlarini qabul qilganda sezgi a’zolari ishtirok etadi va u oson tushunadi. Multimediya ko’rgazma vositalari kompyuter animatsiyalari yordamida ham yaratiladi. Animatsiya obyektlar harakatini, immitatsiyasini namoyon etishga keng imkoniyat ochib beradi. O’quv ma’lumotlarini shartli grafik tasvirlar (sxemalar, bloksxemalar, diagrammalar, tarayektoriyalar) yordamida tushunishda animatsiyalardan foydalanish unumli hisoblaniladi O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan yillaridan e’tiboran mamlakatimiz hayotida haqiqatan ham ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan eng muhim ijtimoiy dasturlar – kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi.
O’zbekistonda o’qitish texnologiyalari zamonaviylashtirish, jadallashti- rish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb aha- miyatga ega. Chunki hozirgi kunda o’zbek milliy ta’lim tizimining salohi- yatli tizimli rivojlanishi yanada yuqori pog’onasiga ko’tarildi.
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning tarkibida yuqori malakali mutaxasislarning roli benihoyat kattadir. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan zamonaviy bilimga ega bo’lgan yuksak malakali mutaxasislarni talab etadi”.
Respublikamiz mutaxassislar tayyorlashni davr talablari darajasida tashkil etishda yetarlicha ishlar olib borilayotganligiga qaramasdan, hozirgacha bir qator muammolar o’z yechimini topgani yo’q. Xususan, jahon andozalariga mos va raqobatbardosh, bilimli, malakali, kuchli mutaxassislarni tayyorlashga imkon beruvchi pedagogik shart – sharoitlarni yaratish, mazkur jarayonni metodik jihatdan to’g’ri tashkil etish, mutaxassislik fanlaridan kasbiy ta’lim va malakalarni shakllantiruvchi ilmiy – uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqish kabi masalalarni shular qatoriga kiritish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirish o’zimizning birinchi
|