|
Boshlang‘ich ta’lim metodbirlashma rahbari
|
bet | 21/24 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 6,02 Mb. | | #134854 |
Bog'liq boshlang\'ich ta\'lim metodbirlashma 2023-2024 (2)Boshlang‘ich ta’lim metodbirlashma rahbari: ___________________
_____________ tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ____-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich ta’lim metodbirlashmasining
20 ___ - yil fevral oyi
HISOBOTI
Boshlang‘ich ta’lim metodbirlashma a’zolari tomonidan fevral oyida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
O‘qitishning zamonaviy shakllaridan foydalanish va ijodiy muhitni yaratish orqali ta’lim samaradorligini oshirish, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 831-sonli qarorni o‘rganish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiy, ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6108-son Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib o‘quvchilar bilimini baholash, jarayonini raqamlashtirish, shaffofligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 6-sentabrdagi “Ta’lim jarayonini boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi 284-sonli buyrug‘iga muvofiq respublikaldagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Kundalik.com joriy etilganligi, bu raqamli ta’lim platformasi bo‘lib, o‘qituvchilar uchun onlayn rejimda darslarni rejalashtirish, dars ishlanmalarini tuzish, o‘quvchilarning davomati va yutuqlarini jurnal hamda kundalikning elektron shakllarida yuritish imkonini yaratishini, bugungi kungda kundalik.comdagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan metodbirlashma a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda yuqoridagi masalalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va ularning samaradorligi, yutuq va kamchiliklari borasida fikr-mulohazalar o‘tkazildi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Qiziqarli matematika”, “Chiroyli yozuv” to‘garagi tashkil etildi va mashg‘ulotlar olib borildi.
O‘tkazilayotgan tadbirlar o‘quvchilarning iste’dodlarini namoyish etishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
|
| |