|
"Hozirgi kunda ingliz tilini o’rganishning ahamiyati" haqida maqola
|
Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 215,14 Kb. | | #117016 |
Bog'liq Mohira Xayitmurodova Maqola
Men Xayitmurodova Mohira 2002-yil 11-aprelda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tug’ilganman. Hozirda Termiz davlat universitetining “Xorijiy filologiya va tillarni oʻqitish:(ingliz tili)” fakulteti talabasiman.
“Hozirgi kunda ingliz tilini o’rganishning ahamiyati” haqida maqola
1. Avvalo, til haqida to’xtalib o’tsak, “Til - kishilik jamiyatida bir-biri bilan muloqot qilish uchun ishlatiladigan vositadir” . Shuning uchun ham o’zaro ikki shaxs o’rtasida tushunish ko’nikmasi mavjud bo’ladi. Til yordamida biz o’z fikrlarimiz, g’oyalarimiz, turli xil emotsiyalarimizni tinglovchiga yetkaza olamiz. Bugungi kunda 250 dan ortiq davlat va elatlar ko’plab tillardan foydalanishadi, hatttoki bitta davlatda 2 ta tildan so’zlashishlarini ham ko’rishimiz mumkin, ya’ni bu “bilingvizm” deb ataladi. Ingliz tili bugungi kunda dolzarb til hisoblanib, ta’lim, biznes, siyosat va texnologiyalarda keng qo’llaniladi va bu esa uning mavqeyini yanada oshirishga hissa qo’shadi. Hozirgi kunda ingliz tilini o’rganishning bir nechta sabablari mavjud: Birinchidan, “Ingliz tili - Xalqaro kommunikativ va umumiy tildir”. Ingliz tilini bilish xalqaro maydonlarga chiqa olish, savdo-tijoratlar, biznes-hamkorlikda raqobatlasha olish, dunyoning ko’plab turli universitetlarida tahsil olish imkonini ochib beradi. Ikkinchidan, XXI asr texnologiyalar davridir. Ta’lim va texnologiyalarda ingliz tilining yosh avlodga o’qitilishi va uqtirib kelinishi, juda ko’p yuksak muvaffaqiyatlarga erishish kaliti hisoblanadi. Uchinchidan, nafaqat ingliz tili, balki boshqa turk tili, rus tili, xitoy tili va boshqa tillarni bilish orqali o’zingizni mustaqil ta’minlashingiz mumkin. Bilamizki, ingliz tilini bilishga talab kuchli, ushbu tilni mukammal bilish orqali universitet, maktab, online-savdo, kompaniya, birjalarda ishlashingiz yoki tarjimonlik bilan shug’ullanib, daromad olishingiz mumkin. To’rtinchidan, dunyoning istalgan nuqtasiga sayohat qilish imkoniyati mavjud bo’lib, ingliz xalqining madaniyati, urf-u odat va an’analari haqida bilib olasiz. Til va madaniyatni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Til madaniyat, madaniyat esa tildir.
2. Inson til o’rganar ekan, turli xil qiyinchiliklarga duch keladi, xoh ingliz tili bo’lsin, xoh umuman boshqa til bo’lsin, birmuncha qiyinchilik tug’diradigan holatlari mavjud. Ingliz tilida so’z boyligingiz kam, yetarli bo’lmasa, siz muloqotga kirisha olmaysiz, buning uchun siz kuniga 10-20 ta lug’at yodlash, ingliz tilidagi kinolarni subtitrlari bilan birga ko’rish, qo’shiqlar tinglash, o’zingizga ingliz atmosferasini yaratib olishingiz tilni tez va oson o’rganishingizga yordam beradi. Bundan tashqari bitta so’zning bir nechta sinonim variantlari borligi ham lug’at boyligingizni oshirishingiz shart degan tushunchaga turtki bo’ladi. Uchinchidan, so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishga qiynalish. Ko’pchilik duch keladigan qiyinchilikdan biri desam adashmagan bo’laman. To’g’ri talaffuzni o’rganish uchun bir nechta saytlar va platformalar mavjud bo’lib, ularni eshitish orqali so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishingiz mumkin. Bundan tashqari ingliz tilida audio-podkastlarni eshitib yurish ham talaffuzingizdagi muammolarni to’g’irlashda sizga, albatta, as qotadi. Ingliz tilini o’rganishda grammatikani bilish ham zarur. Grammatikadan noto’g’ri foydalanish, siz gaplashayotgan odamni chalkashtirib yuborishi va hatto so’zlaringizning ma’nosini o’zgartirishi mumkin.
3. Dastlab, til o’rganayotganingizda oldingizga maqsadlar qo'ying. Til oʻrganishdan maqsadingiz nima? aniqlab oling va shu maqsad bo’ylab harakatlaning. Ingliz tilini tez o’rganmoqchimisiz? Serdaromad ishga joylashmoqchimisiz? Chet elda ta’lim olmoqchimisiz? yoki sayohatga bormoqchimisiz? Daftar tutib, unga ma’lum bir muddat qo’ying, bu usul maqsadingizga tez yetishishingizga ko’mak beradi. Ingliz tilida so’zlashadigan do’stlar orttiring. Bu metod, jtimoiy tarmoqda tanishgan do’stlaringiz bilan kuniga 2, 3, 4 soatdan muloqot qilish orqali ingliz tilini o’rganishingizni yanada osonlashtiradi. O’zingizni ingliz tili muhiti bilan o’rab oling. Ingliz tilini kundalik hayotingizning muhim ajralmas qismiga aylantiring. Biron narsa darhol hayolingizga kelsa, uni miyangizda inglizcha o’ylang, garchand xato bo’lsa ham. Keyinchalik bu kichik o’rganishlar, sizda o’zgarishlarni kashf etadi. Dunyo yangiliklariga sho’ng’ing. Turli xil ingliz tilidagi gazeta, jurnal va maqolalarni o’qing, “You tube” platformasidagi yangiliklardan xabardor bo’ling. Ushbu yangilik manbalari nafaqat dolzarb voqealardan xabardor bo’lishga yordam beradi, balki so’z boyligingizni, fikrlash va dunyoqarashingizni kengaytiradi. O’z ustingizda tinmay mehnat va mashq qiling. Faqatgina tinimsiz mehnat qilib o’z ustida ishlagan insongina, o’z maqsadiga jadal sur’atlarda yetisha oladi. Axr, xalqimizda bir maqol bor: “Bugungi ishni ertaga qo’yma, qolgan ishga qor yog’ar”. Qiyin bo’lsa ham aslo til o’rganishdan ortga chekinmang, o’z ustingizda mashq qilishda davom eting.
Xulosa. Ingliz tili dunyodagi eng ko'p gapiriladigan til sifatida muloqotda katta rol o'ynaydi. Demak, bu bugungi kunda ingliz tilidan foydalanish qanchalik muhimligini ko'rsatadi. Ingliz tili o’quvchi va talabalarga bilim ko’nikmalarining shakllanishiga va xalqaro miqyosda muvaffaqiyatga yetishishlarida salmoqli darajada yordam beradi va keng imkoniyatlarni ochib beradi.
|
| |