|
MACROMEDIAFLASH DASTURINING ISH QUROLLAR SOHASI
|
bet | 119/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)MACROMEDIAFLASH DASTURINING ISH QUROLLAR SOHASI.
Dasturning yana bir asosiy ish sohalardan biri bu - ish qurollar tugmalar sohasi. U yordamida biz har xil grafik shakllarni yaratishimiz va ular ustidan har xil amallarni bajarishimiz mumkin bo’ladi. Ushbu sohada ish qurol tugmalari pastida chiziqlar rangini va orqa rangini o’zgartirish sohalari, hamda tanlangan ish qurol xususiyatlarini sozlash sohasi joylashgan. Har bitta ish qurolo’zining imkoniyatlariga, holatlariga va xususiyatlariga ega. Masalan rangni shakl ichiga berishda: tulik cheklangan shakl, tulik cheklanmagan shakl va butunlay cheklanmagan shakl holatida ishlash mumkin. Ushbu qo’shimchaholatlar va xususiyatlar tugma ma’nosidan keyin kavslarda ko’rsatilgan.
Ish qurollar (yordamchi tugmalar) ma’nosi
- V - Shakl yoki sohani tanlash va uni kadr bo’ylabharakatlantirish
- A - Kadrda tanlangan shakl chegaralarini o’zgartirish
- N- Kadrga chiziq turdagi shakl chizish
- L - Kadrda lasso yordamida ixtiyoriy soha tanlash (sehrlitayoqcha va ko’pburchak laso holatlari ham mavjud)
- P - Kadrga ko’pburchak turdagi shakl chizish
- T - Kadrga matn elementini ko’rish
- O - Kadrga aylana turdagi shakl chizish
- R - Kadrga turtburchak turdagi shakl chizish (brchaklari aylanasimon holati ham mavjud)
- Y - Kadrga qalam yordamida shakl chizish (chizilgan shakl chegaralar turini o’zgartirish holati ham mavjud)
- B - Kadrga muyqalam yordamida shakl chizish (chizish turi, muyqalamqalinligi va shaklini o’zgartirish holatlari ham mavjud)
- Q - Kadrda tanlangan shaklni cho’zish (shaklni aylantirish, cho’zish, kiyshaytirish, chegaralarini o’zgartirish holatlari ham mavjud)
- F - Kadrda tanlangan shakl ranglarining yunalishini o’zgartirish
- S - Kadrda tanlangan shakl chegaralar rangini o’zgartirish
- K - Kadrda tanlangan shakl orqa rangini o’zgartirish (tulik cheklangan shakl, tulik cheklanmagan shakl va butunlay cheklanmagan shakl orqa rangini o’zgartirish holatlari ham mavjud)
- I - Kadrda ishlatilgan rangni qayta tanlash
- E - Kadrda ixtiyoriy sohani uchirgich yordamida uchirish (chegara, orqa rang va tanlangan rang, uchirgich qalinligi va sehrli uchirgich holatlari ham mavjud)
- H - Kadr sohasini siljitish
- Z - Kadrni mashtabini o’zgartirish (kattalashtirish yoki kichkinalashtirish holatlari ham mavjud)
chiziqlar rangini va orqa rangini o’zgartirish sohalarini tanlaganimizda quyidagi mulokot sohasihosilqilinadi.
U yordamida yoki rang kodi orqali, yoki 256 rangdan tanlab, yoki spektrdan rangni tanlab olishimiz, hamda rang berish yulini tanlashimiz mumkin. Rangni boshqa yul bilan hamo’zgartirish mumkin. Buning uchun Okno menyusidagi Stvetovoy nabor (Ctrl+F9) va Stvetovoy miksher (Shift+F9)buyruqlarni ishga tushiramiz.
Oynaning ung tomonida kadrni ko’rish masshtabini o’zgartirish sohasi joylashgan. U yordamida tulik kadrni, tulik ish sohani, 25%, 50%, 100%, 200%, 400% va 800% ko’rinishiga o’tkazish mumkin.
Har bir grafik shakl va belgi o’zining xususiyatlariga ega. Ushbu xususiyatlani ekranga chiqarish va ularni o’zgartirish uchun chap tugmasi bilan tanlab Svoystva (Proprties) yoki Ctrl+F3 yoki Okno menyusining shu nomli buyrugini tanlamiz. Natijada shu nomli mulokot oynasi ekranda hosilqilinadi va u yordamida biz har bir grafik shakl va belgining xususiyatlarini o’zgartirishimiz mumkin bo’ladi.
Masalan, ish sohaning bush joyiga bosib shu oynada hosil kilingan elementlar orqali ish sohaning hajmini, orqa rangini va kadrlar almashish tezligini o’zgartirishimiz mumkin. Agar boshqaruv kadr tanlangan bo’lsa, u holda animastiya turi, uning xususiyatlari, tovush bilan jixozlanish va xokazo holatlarini o’zgartirishimiz mumkin. Agar matn elementi tanlangan bo’lsa, u holda matn harflar shakli, kattaligi, intervallari, rangi, abzastda joylanishi va xokazo shriftga tegishli holatlarni o’zgartirish imkoniyati paydo bo’ladi. Agar esa grafik shakl tanlangan bo’lsa u holda uning kadrda joylanish koordinatalari, kattaligi, chegara chiziqlarining qalinligi va rangi, ular turi va shaklning orqa (ichki) rangini o’zgartirish imkoniyati paydo bo’ladi.
|
| |