|
HUJJATGA JADVAL O’RNATISH
|
bet | 8/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)HUJJATGA JADVAL O’RNATISH
Jadval ma'lum sondagi vertikal va gorizontal chiziqlarning kesishishidan xosil bo‘ladi. Jadvalning eng kichik elementi sifatida yacheyka qabul qilingan. Istalgan sondagi ustun va qatorlardan jadval hosil qilish mumkin. Yacheykaning o‘lchamlari sonini va formatni har doim o‘zgartirish mumkin. Jadvallar yacheykasida matnlar, rasmlar bilan ishlash mumkin. hujjatning istalgan qismiga jadval o‘rnatish mumkin. Buning uchun quyidagi buyruqlar ketma-ketligini tanlash kerak:
Hujjatning jadval o‘rnatilishi kerak bo‘lgan o‘ringa kursor o‘rnatiladi;
2. Menyudan «Таблица»(Tablitsa)-«Вставитьтаблицу»(Vstavit Tablitsa) buyruqlarini tanlanadi.
3. Jadval uchun kerakli bo‘lgan ustunlar va satrlar soni muloqotli oynaning maxsus bo‘limlaridan tanlaniladi.
4. “OK” tugmachasi tanlanadi. Hujjat tarkibiga jadval joylashib kurso’r jadvalning birinchi yacheykasiga joylashadi.
Jadvallarni formatlash uskunalar panelidagi “Tablitsi i granitsiy” bo‘limidan boshqariladi.
Jadval chizish. Jadval chizish uchun ishlatiladi.
“Lastik” (O‘chirg‘ich). Jadval tarkibidagi keraksiz chegaralarni o‘chiradi.
“Tip linii” (Chiziq turi). Jadval chiziqlarining turini aniqlaydi.
“Tolhina linii” (Chiziq qalinligi). Jadval chiziqlarining qalinligini belgilaydi.
“Svet granitsiy” (Chegara rangi). Jadval chegaralarining rangini o‘zgartiradi.
“Granitso’” (Chegara). Jadval chegaralarini yashirin yoki bo‘rttirilgan holatda ko‘rsatib beradi.
“Svet zalivki” (Fon rangi). Jadval yacheykalari fonini o‘zgartiradi.
“Dobavit tablitsu” (Jadval qo‘shish). Jadval tarkibiga jadval qo‘shib beradi.
“Ob'edinit yacheyki” (Yachekalarni birlashtirish). Jadval tarkibidagi belgilangan bir necha yacheykalarni bita yacheykaga almashtirib beradi.
“Razbit yacheyki” (Yacheykalarni bo‘lish). Bitta yacheykani bir necha yacheykalarga bo‘lib beradi.
Jadvallardagi ustun kengligini o‘zgartirish uchun quyidagi amallarni bajarish zarur:
Kurso’rni ustun chegarasida sichqoncha ko‘rsatkichi ko‘rinishni qabul qilgandan so‘ng, sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holatda o‘ng tomonga siljitib jadvalning ustun chegarasi o‘zgartiriladi.
Jadvallardagi qator balandligini o‘zgartirish uchun quyidagi amallarni bajarish zarur:
Kurso’rni ustun chegarasida sichqoncha ko‘rsatkichi ko‘rinishni qabul qilgandan so‘ng, sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holatda siljitib jadvalning qator balandligi o‘zgartiriladi.
Jadval tarkibidagi yacheykalarni yo‘qotish uchun avval yacheykalar belgilanib, so‘ngra klaviaturadan “Delete” tugmasi tanlanadi.
Jadval tarkibidagi barcha qator yoki ustunlarni o‘chirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
Jadvalning o‘chirilishi kerak bo‘lgan qator yoki ustun yacheykasiga kurso’r o‘rnatiladi.
Gorizontal menyu satridan «Таблица»-«Удалитьячейки» (Tablitsa - Udalit Yacheyki) buyruqlar ketma-ketligi tanlanib, «Удалиниеячеек»(Udalenie yacheek) muloqotli oynasi hosil qilinadi.
«Удалитьвсестроки» (Udalit vsyu stroke) yoki «Удалитьвсестолбцы»(Udalit ves stolbets buyruqlaridan biri tanlanadi.
So‘ng “OK” tugmasi bosilishi natijasida qator yoki ustun o‘chiriladi.
Jadval tarkibiga ustun yoki qator qo‘shish uchun quyidagi amallar bajariladi:
Yangi ustun yoki yangi satr qo‘shilishi kerak bo‘lgan yacheykaga kurso’r o‘rnatiladi;
Kontekst menyu satridan quyidagi buyruqlar ketma - ketligi tan-lanadi:
Вставить строки или Вставить столбцы.
Jadvalganechtaustunyokinechtaqatorqo‘shilishikerakbo‘lsa, shunchaqatoryokiustunbelgilanishikerak.
|
| |