|
MATNLI HUJJATLARGA FORMULALAR KIRITISH VA TAHRIRLASH
|
bet | 11/166 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 12,23 Mb. | | #232404 |
Bog'liq 152371477 (3)MATNLI HUJJATLARGA FORMULALAR KIRITISH VA TAHRIRLASH
Matnli hujjatlarga formulalar kiritish kerak bo‘lsa, u holda uskunalar panelidagi «Вставка»- «Формула».
|
- «Формула» tugmasidan foydalanish kerak.
|
1. Agar bu tugma uskunalar panelida bo‘lmasa, u holda Vid menyusidan Panel instrumentov bo‘limidagi Nastroyka bo‘limini tanlashdan hosil bo‘ladigan
2. Nastroyka oynasidan foydalanib tugmani qo‘yib olamiz.
Formulalarni kiritishdan avval hujjatda ularni kiritish kerak bo‘lgan joyga kurso’rni qo‘yamiz va «Формула» tugmasini bosamiz. Natijada WORD oynasi ko‘rinishi (3) o‘zgaradi va Formula nomli panel (4) va kurso’r atrofi markerlar bilan ajratilgan soha (5) bilan o‘raladi.
Formula nomli paneldan kerakli bo‘lim tugmasi bosilib, hosil bo‘lgan oynadagi elementlardan kerakli element tanlanadi va “sichqoncha”ning chap tugmasi bosiladi. Natijada tanlangan element kurso’r o‘rnida hosil bo‘ladi va shu tarzda formula elementlarini kiritish davom ettiriladi. Formula kiritilib bo‘lgandan so‘ng sichqoncha ko‘rsatkichini sohadan tashqariga joylashtirib, uninig chap tugmasini bosamiz, natijada avvalgi WORD oynasi hosil bo‘ladi va matn kiritishni davom ettiramiz.
FORMULALARNI TAHRIRLASH
1. Agar kiritilgan formulalarda xatolik topilsa yoki o‘zgartirish kerak bo‘lib qolsa, u holda formula ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini qo‘yib uning chap tugmasini ikki marta bosamiz.
2. Natijada formulani kiritish va tahrirlash rejimiga o‘tamiz. Kerakli o‘zgartirishni qilib bo‘lgandan keyin yana sichqoncha ko‘rsatkichini soha tashqarisiga qo‘yib uning chap tugmasini bosamiz.
3. Formula o‘lchamini o‘zgartirish uchun formula ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini qo‘yib chap tugmani bir marta bosish kerak. Natijada formula atrofida markerlar hosil bo‘ladi. Markerlar yordamida formula o‘lchamini kerakligicha o‘zgartirish mumkin.
4. Formulani tekislash tugmalari yordamida ixtiyoriy tekislash mumkin.
Agar formulani butunlay o‘chirib tashlash kerak bo‘lsa, u holda formulani belgilab olib klaviaturadan DELETE tugmasini yoki uskunalar panelidan Viyrezat tugmasini bosish bilan o‘chirish mumkin.
5. Bu yerda ham kontekst menyudan foydalanish mumkin.
Word dasturida diagramma yaratish, ular ustida ishlash va chop etish
Ko‘p hollarda hujjat uchun diagrammalar Excel dasturida yaratiladi. Lekin diagrammani Word matn muharririda ham yaratishimiz mumkin. Buning uchun biz menyular satridan «Вставка» menyusining «Диаграмма» komandasini beramiz. Agar uskunalar panelida diagramma piktogrammasi bo‘lsa, uni tanlash yo‘li bilan ham ishchi sohaga diagramma va uning parametrlarini belgilovchi jadvalni joylashtirishimiz mumkin. Hujjatda tayyor jadval bo‘lib, uning diagrammasini yaratmoqchi bo‘lsak, u holda jadvalni belgilab olib, menyular satridan «Вставка» menyusining «Диаграмма» komandasini tanlasak yoki uskunalar panelidan diagramma piktogramasini bossak, diagramma parametrlarini belgilovchi jadvalda bizning hujjatdagi jadval parametrlari asosida yaratilgan diagrammani yaratishimiz mumkin. Agar hujjatda jadval bo‘lmasa, u holda ishchi sohada hosil bo‘lgan jadvalga o‘zimizning parametrlarimizni kiritishimiz mumkin.
Ekranda diagramma va jadval hosil bo‘lishi bilan dasturning uskunalar paneli elementlari diagramma rejimiga o‘tadi. Bu rejim uskunalar paneli elementlari yordamida diagramma elementlarini tahrirlashimiz mumkin.
Belgilangan nuqtalardan diagramma o‘lchami kattalashtiriladi . Diagrammani kattalashtirish.
Menyu satridagi tip diagramma yoki menyudagi (6-rasm) Diagramma – Tip diagrammiy punktidan diagramma tiplarini tanlaymiz. Diagramma punkti chiqish uchun diagrammaga kiramiz (diagramma ustida siqchoncha chap tugmachasi 2 marta bosiladi).
Yana bir usuli diagramma sohasida sichqoncha o‘ng tugmachasi bosiladi va menyudan tip diagramma tanlanadi.
Masalan: Gistagrammali tipdan grafik tip o‘tkazish uchun Grafik tanlanadi.
|
| |