• Hujayraning fizik-ximiyaviy xossalari.
  • Hujayra va genomlar




    Download 14,25 Kb.
    bet3/4
    Sana27.11.2023
    Hajmi14,25 Kb.
    #106605
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1-Ma\'ruza (1)

    Suv va noorganik tuzlar. Hujayraning hayot kechirishi uchun suv va unda erigan tuzlar va boshtsalarning bo`lishi shart. Suv va tuzlar sitoplazmaning fizik-ximiyaviy xususiiyatlarini, ya’ni osmotik bosimni va ionli muhitning muqarrarligi va boshqalarni belgilaydi. Suv molekulasi dipol tuzilishga ega bo`lib, boshqa molekulalar bilan tezda birikmalar hosil qiladi. Bu birikmalar hosil qilgan muhitda esa, sitoplazma va yadroda bo`ladigan hamma murakkab ximiyaviy reaksiyalar kechadi.
    Hujayrada suvning miqdori kishi ulg`ayishi bilan kamayadi. Bu esa modda almashinuvining o`zgarishiga sabab bo`ladi. Yadro va sitoplazmada bo`lgan moddalarning ko`p qismi suvda eriydi. Suv oksidlanish va gidroliz kabi muhim jarayonlarda ishtirok etadi.
    Hujayraning fizik-ximiyaviy xossalari. Hujayra kolloid sistema bo`lib, suv va unda muallaq suzib yuruvchi 1 dan 150 nm kattalikdagi moddalardan (dispers faza) tashkil topgan.
    Kolloid moddalar doimiy harakat qilib turadi. Ular bir xildagi elektrik zaryad tutganligi uchun cho`kmaga tushmaydi. Ammo fiksatorlar ta’sirida ular o`zaro yopishib cho`kma hosil qiladi. Bu jarayon koagulyatsiya deyilib, ko`pincha orqaga qaytmaydi.
    Gidrofil kolloidlarda kolloid modda atrofida suv qavat 'bo`lib, uni erituvchi moddaning solvat qobig`i deb nomlanadi (tayoqchasimon jismlar uch qismlari atrofida solvat qobiq yo`q). Elektrik zaryad yo`qolganda mayda kolloid (zol) qismlar o`zaro birlashib to`rsimon tuzilmani hosil qiladi. Zol holatidan gel holatiga o`tishni jelatina moddasining qotishi misolida ko`rishimiz mumkin. Tirik hujayrada kolloid sistema doimo zoldan gelga va geldan zolga o`tib turadi. Sun’iy yo`l bilan bu holatni hujayraga turln xilda ta’sir qilish davomida (mexanik, ximik) kuzatish mumkin. Agar amyoba orqali elektr toki o`tkazilganda uning sitoplazmasi yopishqoqlashsa, Broun, harakati keskin sekinlashadi. Elektr toki o`tkazish to`xtatilganda esa sitoplazma yana o`z holiga qaytadi. Shunday qilib, hujayra murakkab ximiyaviy tuzilishga, fizik-ximiyaviy xususiyatlarga ega. Hujayra tarkibidagi moddalar doimiy harakatda bo`lib, bu harakat uning modda almashinuvi bilan belkunduzgigilanadi.



    Download 14,25 Kb.
    1   2   3   4




    Download 14,25 Kb.