|
Elektron pochtadan foydalanish
|
bet | 47/57 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 18,59 Mb. | | #131531 |
Bog'liq Компютер таъминоти(Лоб-я маш-тдари)Elektron pochtadan foydalanish
E lektron pochtaga kirish uchun yuqoridagidek, www.mail.ru saytiga kirilgach, undagi ИМЯ: (Login) oynasiga elektron pochta (foydalanuvchi-Login) nomini, ПАРОЛЬ: oynasiga parolni kiritamiz. So‘ngra ВОЙТИ (yoki [Enter]) tugmasini bosamiz.
Natijada elektron pochtamizning quyidagi oynasi hosil bo‘ladi.
Ko‘rib turganimizdek, elektron pochta oynasida Bходящие, Сомнительные, Oтправленный, Черновики, Корзина kabi bo‘limlar mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z vazifasiga ega. Masalan,
Входящие – elektron pochtaga kelib tushgan xatlar ro‘yxati,
Сомнительные – noma’lum (shubhali) xatlar ro‘yxati,
Отправленный – biz jo‘natgan(yuborgan) xatlar ro‘yxati,
Черновики – vaqtinchalik (saqlangan, keyinchalik yuboriladigan) xatlar ro‘yxati,
Корзина – o‘chirilgan xatlar, to‘liq o‘chirishga mo‘ljallangan xatlar ro‘yxati.
Internetda xat yozish, jo‘natish uchun Написать письмо tugmasini bosamiz. Natijada bizga xat yozish uchun quyidagi ko‘rinishdagi oyna hosil bo‘ladi:
1 ) КОМУ maydoniga biz yuborayotgan tegishli shaxsning (xat yuboriladigan) elektron pochta manzili kiritiladi.
2) КОПИЯ maydoniga xuddi shu mazmundagi xat boshqa manzillarga ham jo‘natilishi zarur bo‘lganda, yuboriladigan mualliflarning elektron pochta manzillari kiritiladi (manzillar vergul bilan bir-biridan ajratiladi).
3) СКРЫТАЯ maydoniga yuborilgan manzillarning yashirin ko‘rinishi.
4) ТЕМА maydonida yozilayotgan xat mavzusi (sarlavhasi) ko‘rsatiladi. Mavzu kiritilmagan holatda ham xato hisoblanmaydi.
5) Keyingi katta darcha(oyna)ga yoziladigan xatning matni kiritiladi. Xatni yozib bo‘lgandan keyin OТПРАВИТЬ tugmasi bosiladi. Natijada ekranda xat jo‘natilganligi haqidagi xabar paydo bo‘ladi.
Agar birorta faylni qo‘shib yubormoqchi bo‘lsak, Прикипление belgisining oldidagi [обзор...] tugmasini bosamiz. Bizdan faylning qayerda turganligini so‘raydi, faylni joyini ko‘rsatgandan so‘ng, oynada shu fayl turgan joyni ko‘rsatuvchi yozuv hosil bo‘ladi. Bir necha faylni qo‘shib yuborish uchun esa Прикипление tugmasini bosib yuqoridagi ketma-ketlik bajariladi, unda ikkinchi fayl qo‘shilganligini bildiruvchi yozuv chiqadi (uchinchi va hokazo o‘nta fayl ham shu tartibda qo‘shiladi) va nihoyat OТПРАВИТЬ tugmasi bosiladi.
Bizga kelib tushgan xat mazmuni (bizga kelgan xatlar) bilan tanishish uchun Bходящие bo‘limiga kiramiz. Natijada pochtamizga kelib tushgan xatlar ro‘yxati hosil bo‘ladi.
Undan kerakli xatni yoki ixtiyoriy birorta xatni o‘qimoqchi bo‘lsak, uning ustiga sichqonchani olib borib, chap tugmasini bosganimizda, ekranda kelgan xatning to‘liq matni hosil bo‘ladi. Yangi kelgan xatlar yoki o‘qilmagan xatlar quyuqroq (qalin) rang bilan alohida ajralib turadi. Matn bilan tanishib chiqqach, lozim bo‘lsa, xatga javob yo‘llashimiz ham mumkin.
|
| |