Параметры ” ni tanlang.
Bu yerda siz parametrlarni o'zgartirishingiz mumkin. Masalan, tarmoq
adapterini o'zgartirish, operativ xotira qo'shish mumkin. Birinchi navbatda, ikkita
virtual yadro qo'shishni maslahat beramiz, chunki bu parametr konfiguratsiya
qilishda mavjud emas edi.
Hyper-V dispetcheriga qayting, yaratilgan mashinani o'ng tugmasini bosing
va "
Подключить " ni tanlang.
Qora oyna paydo bo'ladi va Hyper-V ga operatsion tizimni o'rnatish uchun
"пуск" tugmasini bosing.
Keyin ekrandagi ko'rsatmalarga amal qilgan holda operatsion tizimni
o’rnatasiz.
Agar Hyper-V virtual mashinasiga operatsion tizim o'rnatilgandan so'ng sizda
tarmoqga ulanish mavjud bo'lmasa, ulanishni quyidagiicha amalga oshiring.
2. Hyper-V gipervizorida tarmoq sozlamalarini o’rnatish. Virtual kommutator dispetcheri Hyper-V tarmog'ini sozlash uchun
javobgardir, agar biz uni ochsak, biz quyidagi rasmni ko'ramiz:
Ko'rib turganingizdek, biz uchta turdagi tarmoqlarni yaratishimiz mumkin:
tashqi, ichki va xususiy.
Quyida Tashqi tarmoq virtual kommutatorini yaratish keltirilgan.
Keyingi qadamda yaratilayatgan virtual mashinaning xususiyatlari sozlanadi.
Virtual kommutator yaratilgandan so’ng, virtual mashinani kommutatorga
quyidagi ketma-ketlik bo’yicha ulashingiz mumkin.
Bundan keyin boshqa virtual mashinalar ham yo’qoriidagi ketma-ketlikda
kommutatorga ulanadi va ping jo’natish orqali mashinalar o’rtasidagi ulanishni
tekshirib ko’rishingiz mumkin.