• Denwer kataloglari va dastlabki php kod
  • I. A. Karimov Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning taqdirida yuqori malakali mutaxassislarning roli benihoya kattadir. Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek: Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan, zamonaviy




    Download 1.72 Mb.
    bet9/17
    Sana04.01.2023
    Hajmi1.72 Mb.
    #37488
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
    Bog'liq
    I. A. Karimov Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning t
    MIRTEMIR IJODI - REFERAT, Pul bozori, pul bozorida muvozanat, kadmiy kimyoviy elementi. uning xoss, Ijtimoiy soliq va mahalliy yig’imlar. Elektron hisobot va uni jo’natish tartibi
    Joomla! Bugungi kuda eng mukammal dvijoklardan biri (agar bepullari ichida eng mukammali bo‘lmasa) bo‘lib, uning uchun shunchalik ko‘p qo‘shimcha modullar yaratilganki, ular yordamida o‘zingizning saytingizga deyarli ixtiyoriy funksionallikni berishingiz mumkin. Bu dizaynga ham tegishli bo‘lib, uni o‘zgartirish uchun ham juda ko‘p shablonlar mavjud. Biroq, bu yerda bir kamchilik ham bor: shablonlar tizimi shunday tuzilganki, sahifalarni yaratish va to‘ldirish jarayonida sayt bo‘limchalari kichik-kichik qismlar bo‘lib, ajralib qolishi mimkin. Ya’ni, bu qismlar jadvallar asosida yaratilgan. Bu esa saytingizga o‘z shaxsiy ko‘rinish berishingizda bir qator noqulayliklar tug‘diradi: yuqorida tilga olingan qismchalar kutilmagan joyda chiqib qolib, jahlingizni chiqaradi, shuningdek, ularni yo‘qotish uchun vaqtingiz ketadi. Umuman olganda, agar sizni tayyor shablonlar qoniqtirsa (ular esa juda ko‘p va xilma-xil), u holda bu tizim sizga juda mos keladi. Agar siz Joomla! ni tanlab o‘ziga xos original sayt yaratmoqchi bo‘lsangiz ozgina terlashingizga to‘g‘ri keladi. Rasmiy yordam sayti: joomla.org. Shuningdek, ruscha yordamni norasmiy bo‘lsada, ancha yaxshi bo‘lgan joomlaportal.ru va joom.ru saytlaridan ham olishingiz mumkin.
    Shunday qilib, yuqorida keltirilgan tavsiyalar asosida siz o‘z saytingizni tez va oson ravishda yaratishingiz mumkin. Ammo hech qaysi CMS sizga tayyor holdagi saytni taqdim etmaydi. Buning uchun sizdan harakat va mehnat talab etiladi. Yaratayotgan saytingiz boshqalarnikiga o‘xshamasligi, dizayn jihatdan takrorlanmas va original bo‘lishi uchun esa shaxsiy fantaziyangiz va qobiliyatingizni ishga solishingiz kerak.
    Kеltirib o`tilgan dasturiy vositalarni ishlashi uchun xampp yoki denwer ma`lumotlar bazasi bilan ishlovchi tizimni o`rnatib olish va mantiqiy sеrvеr yaratish imkoniyatiga ega bo`lishimiz lozim. Қuyida ushbu tizimlardan birini o`rnatish va ishga tayyorlashni ko`rib o`taylik.
    Dastlab operatsion tizimni tayyorlaymiz. Dasturni o‘rnatguncha, fairwall va antivirusni o‘chirib turamiz.
    So‘ng Brandmaur holatini ham tekshirib qo‘yamiz(o‘chiq bo‘lish tavsiya qilinadi). Agar kompyuter biror proksi server bilan ulangan bo‘lsa, buni ham uzib turamiz. Nihoyat so‘ngi sozlash, “Vo`polnit” oynasini ochib(windowsQR), “cmd” ni teramiz va localhost va 127.0.0.1 adreslariga ping beramiz.

    1
    2

    Ping localhost
    Ping 127.0.0.1

    Agar ping o‘tsa, demak hammasi joyida. O‘rnatishni boshlaymiz. Dastlab distributivni oxirgi versiyasini ko‘chirib olamiz va ko‘chirilgan faylni ishga tushiramiz.

    DAtugmasini bosib, o‘rnatilishni boshlaymiz. Keyin brauzer avtomat ochilib, Denwer to‘g‘risida ma’lumot chiqadi(vaqtingiz bo‘lsa o‘qib chiqing). Bu oynani yopamiz.

    Keyingi oyna o‘rnatilishni to‘xtatish mumkinligi haqida habar bermoqda. ENTER tugmasini bosamiz.

    So‘ng operatsion tizimning dastur uchun mosligi tekshiriladi. Oxirida, veb serverni qaysi adresga o‘rnatish kerakligini so‘raydi, to‘liq adres yoziladi(E:g`Serv).

    Keyin, direktoriyani tasdiqlash kerakligi so‘raladi.

    Virtul disk haqida sizga ma’lumot chiqadi. Bu disk avtomat yaratiladi va yaratilgan yangi virtul diskka siz bergan adresdagi papka(E:g`Serv) birlashtiriladi. ENTER

    Yaratiladigan virtual disk uchun harf tanlash kerakligi eslatiladi va sizdan biror harf tanlash kerakligi so‘raladi(Z). ENTER

    Fayllar ko‘chirilish boshlanishi haqida ma’lumot chiqadi. ENTER

    1 yoki 2 tanlash kerakligi so‘raladi. 1 tanlasangiz virtul disk kompyuter yoqilganda paydo bo‘ladi, agar 2 tanlasangiz virtul disk qachonki serverni ishga tushirganingizda paydo bo‘ladi. Biz uchun 1 yaxshiroq variant(rus tilida shu hodisa tushuntirilib o‘tilgan). ENTER

    Ish stolida denwerni boshqaradigan “yarlo`k”lar hosil qilish kerakligi so‘raladi(start, stop, restart). Y

    Oxirida dastur xatosiz o‘rnatganligi haqida ma’lumot chiqadi

    Va ish stolida quyidagi “yarlo`k” lar paydo bo‘ladi.

    Dastur to‘g‘ri o‘rnatilganini tekshiramiz. Uning uchun, ish stolidagi Start Denwer “yarlo`k”ini ishga tushiramiz va barcha xizmatlar(php, mysql, apache) ishga tushayotganini ko‘ramiz.
    Undan so‘ng biror bir brouzerni ishga tushirib(opera, Mozilla, IE, Chrome), adres yoziladigan joyga localhost deb yozamiz. Agar hammasi joyida bo‘lsa, quyidagi ma’lumot ekranga chiqadi.

    Disklar ro‘yxatini qarasangiz, yangi Z nomli disk paydo bo‘lganini ko‘rishingiz mumkin. Bu disk ichidagi ma’lumotlar, E:g`Serv ichidagi ma’lumotlar bilan bir hil. Ya’ni bu disk adresga link(ko‘rsatkich) hisoblanadi.
    Denwer kataloglari va dastlabki php kod
    Bu dastur bilan ishlash uchun, ishchi stolda o‘rnatilgandan so‘ng hosil bo‘lgan “Start Denwer” degan “yarlo`k”ni ishga tushiramiz va sayt uchun kerak bo‘ladigan barcha xizmatlarni(php, mysql, apache) avtomat yoqilishini kuzatamiz.
    Shundan so‘ng “Z” nomli(o‘rnatishda boshqa harf ham bo‘lishi mumkin) virtul disk paydo bo‘ladi. Bu disk ichida bir necha fayl va papkalar bo‘ladi. Bu papkalar linux operatsion tizimidagi papkalar nomiga o‘xshash bo‘ladi(etc, usr, tmp,..). Bu bilan avtor Linux operatsion tizimini yuqori qo‘ymoqchi bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Virtul disk quyidagilardan tashkil topgan bo‘ladi.

    Download 1.72 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




    Download 1.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. A. Karimov Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning taqdirida yuqori malakali mutaxassislarning roli benihoya kattadir. Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek: Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan, zamonaviy

    Download 1.72 Mb.