9
Bulut infrastrukturasi taqdim etadigan xizmatlar
“Bulut” so‘zi axborot texnologiyalar tarafidan ishlatilganda xizmatlarni internet
orqali taqdim etuvchi texnologiya, infratuzilma tushuniladi. Maʻlumotni bir
kompyuterdan boshqa joyda, boshqa mamlakatda joylashgan kompyuterga
yuborilganda, u maʻlumot yetib borishi uchun juda ko‘p tarmoqlarni bosib o‘tadi.
Bunda maʻlumot yuboruvchining kompyuteridan chiqib uning provayderi tomon,
provayderdan uning tarmoqlari b
o‘ylab boshqa tarmoqlardan o‘tib ulkan internet
tarmog‘i bo‘ylab yo‘l bosib o‘tadi va mo‘ljallangan kompyuterga yetib boradi.
Bulut infratuzilmasi bir-biri bilan ulangan juda k
o‘p, har xil tarmoqlar
qurilmalaridan, kommututorlar, marshrutizatorlar, serverlar va boshqa har xil
qurilmalardan tashkil topgan b
o‘ladi. Mana shu butun boshli infratuzilmani
umumiylashtirib bulut deb ataladi. Bulutdan faqatg
ina maʻlumot yuborish uchun
foydalanilmaydi, balki maʻlumot almashinuvi bulutdan foydalanish imkoniyatlaridan
biri xolos. Bundan tashqari bulutda, yaʻni infratuzilmada joylashgan serverlarda
ishlovchi maxsus dasturlar b
o‘ladi. Ular bulutda joylashgan dastur xizmatlarini taklif
etadi. Bulutli servislarning eng keng tarqalgani bu Dropbox
– fayllarni saqlash xizmati,
GoogleDocs
– ofis ilovalari, SalesForce – CRM hamda ERP tizimlaridir. Bulutli
servislardan foydalanish uchun k
o‘p hollarda foydalanuvchida internet tarmog‘i va
brauzer b
o‘lsa bas, baʻzida esa foydalanuvchi qurilmasiga ushbu servisni ishlatishda
qulay b
o‘lishi uchun maxsus dastur ilovalar o‘rnatiladi. Masalan, Word, Excel
dasturlarida qilinadigan ishlarni GoogleDocs orqali bemalol bajarish mumkin, buning
uchun kompyuterda ofis ilovalari b
o‘lishi shart emas.
Bulut infrastrukturasi taqdim etadigan xizmatlardan yana biri bu maʻlumotni
saqlash xizmati. Bunday xizmatlarga Dropbox, Microsoftning Skydrive va Google
drive xizmatlari yorqin misol b
o‘la oladi. Bu xizmatlardan tashqari masalan biron bir
murakkab jarayonni bajarish uchun kompyuterning resurslari kamlik qilishi mumkin.
Bunday holatda bulutdan foydalanish mumkin. Murakkab jarayonlar bulut
resurslaridan foydalangan holatda bulutda bajarilish imkoniyati ham mavjud.
10
Obvibase Google Drive va Dropbox bilan birlashganda buni juda osonlashtiradi.
Masalan, yuqoridagi "Tekshirish" ustunidagi fayl ikonkalari Google Drive-da
saqlangan PDF-fayllarni anglatadi va ularni bosish yangi ichki oynada oldindan
k
o‘rishni ochadi.
Bu bir necha sabablarga k
o‘ra salqin. Birinchidan, mehnat taqsimoti mavjud: biz
hech qachon ixtisoslashgan xizmatlar kabi fayllarni saqlashni amalga oshira olmaymiz.
Ikkinchidan, Obvibase singari, Google Drive va Dropbox-da juda kuchli bepul rejalar
mavjud. Va nihoyat, hech qanday bog'liqlik y
o‘q: agar siz Obvibase-dan foydalanishni
t
o‘xtatish to‘g'risida qaror qabul qilsangiz, CSV formatiga ma'lumotlarni eksport
qilishingiz kerak va bu ma'lumotlar Google Drive yoki Dropbox-ga ilova qilingan
doimiy havolalarni
o‘z ichiga oladi. ma'lumotlar bazasi yozuvlariga
1.1- rasm. Google Drive va Dropbox birlashishi.
Bugungi kunda, bulut xizmatlarini taqdim etish b
o‘yicha dunyo yetakchilari,
axborot-kommunikatsiya sohasidagi kabi Google (GoogleDrive), Yandex (Yandex
disk), Microsoft (OneDrive), Apple (iCloud), DropboxInc, Cisco, Oracle va
boshqalardir.
Bizning respublikada ham asosiy eʻtibor bulutli hostingni rivojlantirishga
qaratilgan, misol uchun UZDisk ni keltirish mumkin. UZDisk - bu
o‘zimizning
Dropbox analogimizdir. UZDisk TAS-IX xududida joylashgan fayllarni saqlash bulutli
xizmati hisoblanadi. Bu xizmat uchun trafik butunlay bepul ekanligi muhim faktordir.
Xuddi shunga
o‘xshash TAS-IX xududida joylashgan bulutli xizmatlardan yana biri bu
filecloud.uz
. Bu bulutli xizmat turida maʻlumotlarni saqlash hamda office dasturlarida
ishlash imkoniyati ham mavjud.
11
Shuningdek, ushbu xizmat turlarini maʻlum vaqt davomida bu turdagi
xizmatlarni k
o‘rsatadigan firmalar ham mavjud; Ulardan VDS xosting, VPS xosting,
virtual xosting va bulutli xosting kabi xizmatlarni taqdim etuvchi
“AtiveCloud” TM,
hamda, VDS xosting, VPS xosting, virtual xosting, bulutli xosting va sollotsation
xizmatlarini taqdim kiluvchi “SHARKTELECOM” MChJ [6].
Bulutli xizmatlar va platformalarning bozordagi ulushi muntazam ravishda
o‘sib
bormoqda, chunki bulut foydalanuvchilar va tashkilotlar uchun bir qator afzalliklarga
ega b
o‘lib, ular orasida birinchi navbatda quyidagilarni sanash mumkin: maʻlumotlarni
qayta ishlashda tizimda mavjud barcha resurslardan eng optimalini tanlaydi;
maʻlumotlarni izlash va qayta ishlash tezligi yuqori, chunki hamma narsa bitta
platformada joylashgan; Bulut tizimlarida protsessorlar soni, operativ xotira hajmi va
disk maydoni nazari
y jixatdan cheksizdir; foydalanuvchilarga dasturiy taʻminotni
o‘rnatish va sozlash kerak emas; bulut xizmatlariga kirish uchun oddiy veb brauzer
yetarli; tizimni tarqatish vaqtini hisobga olgan holda, tashkilotlarga texnik yordam
k
o‘rsatish va tanlangan tizimlarni modernizatsiya qilish harajatlari, shuningdek, yuqori
tezlikda amalga oshirish; treningga b
o‘lgan ehtiyoj sezilarli - foydalanuvchilarning
k
o‘pchiligi allaqachon veb-brauzer va Internet xizmatlaridan xizmat sinflari sifatida
foydalanishni bilishadi; odatda bulutli tizimlar yuqori malakali mutaxassislar
tomonidan taʻminlanadi, bu esa dasturiy taʻminotni saqlashning yuqori sifatini
taʻminlaydi. Va eng muhimi, provayder qo‘lida mavjud bo‘lgan barcha maʻlumotlarni
g‘arazli maqsadlarda o‘chirib tashlab bo‘lmaydi.
Yuqoridagilardan maʻlumki, bulutli hisoblash texnologiyasini qo‘llagan holda
hisoblash tizimlarini
o‘rganish ilmiy va texnologik faoliyatni rivojlantirish va bulutga
yaqinlashuvida katta ahamiyat kasb etadi. Yuqorida aytilgan barcha maʻlumotlardan
kelib chiqib, ushbu y
o‘nalish eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi, demak,
bulutli texnologiyalarning
o‘sish surʻati faqatgina oshadi.
|