I bob. Bulutli texnologiyalarni tashkil etish




Download 233,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi233,88 Kb.
#101620
  1   2   3
Bog'liq
1-Maruza




I BOB. BULUTLI TEXNOLOGIYALARNI TASHKIL ETISH 
 
1.1. Bulut texnologiyasining yaratilishi va modellari 
“Bulutli texnologiyalar” tushunchasi (inglizcha “cloud computing”)ingliz va rus 
man'balarda keng ishlatiladi.
O‘zbek tilida bu termin tarjimasidan muallif foydalangan. T.N. 
Nishonboyevning “Servisga yo‘naltirilgan arhitektura” monografiyasida ham ushbu 
termin k
o‘p ishlatilgan.[6] 
Bugungi kunda biz bulutli hisoblash (cloud computing) deb ataydigan hisoblash 
tarmog‘i jadallik bilan rivojlanmoqda. Axborot texnologiyalari sohasidagi Google 
(GoogleDrive), Yandex (Yandex disk), Microsoft (OneDrive), Apple (iCloud), 
DropboxInc, Cisco, Oracle va boshqa k
o‘plab yirik kompaniyalar bugun o‘z bulutli 
xizmatlar spektrini kengaytirishga katta eʻtibor qaratishmoqda. Ko‘plab xizmatlar 
bulutli tarmoqqa kiritilmoqda va foydalanuvchilar ular orasidan 
o‘ziga kerakli 
xizmatlarni bulutdan olish imkoniyati yaratilgan. Dunyo miqyosida keng rivojlangan 
va rivojlanishda davom etayotgan bulutli hisoblash tizimlari 
O‘zbekistonda ham bugun 
rivojlanishda davom etmoqda. Masalan, Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda 
yaratilgan Maʻlumotlarni qayta ishlash markazi (MQIM) ning ishga tushirilishi 
O‘zbekistonda ham bulutli xizmatlarni rivojlantirish uchun katta ishlar olib 
borilayotganligini k
o‘rsatadi. Bugungi kunda bulutli hisoblashlar sohasi va ular taqdim 
etayotgan xizmatlar spektri ham kengayib bormoqda. Xizmatlarning k
o‘payishi va 
qulayligi sababli uning 
isteʻmolchilari soni ham ortmoqda. Bulutli xizmatlarga talablar 
va murojaatlar ortishi bilan tizimga tushuvchi yuklama miqdori ham ortmoqda. Bulut 
provayderlari esa 
o‘z xizmatlarini taqdim etishda quyidagilarni maqsad qilib ko‘yadi: 

Tarmoqning doimiy ishlashini taʻminlash; 

QoS ni taʻminlash va h.k. 
O‘zbekistonda bulutli texnologiyalarning rivojlanishi. Bugungi kunda 
jaxondagi k
o‘plab davlatlar qatori O‘zbekistonda ham bulutli texnologiya qo‘llanilishni 



boshlagan. 
O‘zbekistonda “O‘zbektelekom” AK “UZCLOUD” maʻlumotlarni qayta 
ishlash markazini ishga tushirilgan. 
“O‘zbektelekom” AK tomonidan ishga tushirilgan “UZCLOUD” maʻlumotlarni 
qayta ishlash markazi 
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining 2015-yil 
6-
martdagi “2015-2019 yillarda yo‘l-transport infratuzilmasini va muxandislik 
kommunikatsiyalarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturi t
o‘g‘risida” dagi 
PQ-2313 son Qaroriga va 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot – 
kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid q
o‘shimcha chora 
tadbirlar t
o‘g‘risida»gi qarori. 19.02.2018y. №Pq-5349 son Qaroriga muvofiq amalga 
oshirilgan. 
Loyiha b
o‘yicha jami Toshkent, Buxoro va Qo‘qon shaxarlarida Maʻlumotlarni 
qayta ishlash va saqlash markazlarini yaratish k
o‘zda tutilgan. 
Hozirgi vaqtda Toshkent shahrida Maʻlumotlarni qayta ishlash va saqlash 
markazini tashkil etish ishlari amalga oshirilgan. Mazkur loyihadan maqsad 
Maʻlumotlarni qayta ishlash va saqlash markazi resurslariga o‘sib borayotgan talabning 
qondirilishi, texnik imkoniyatlarning kengaytirilishi, shuningdek, bulutli hisoblash 
bazasida yangi xizmatlarni taqdim etish b
o‘lib hisoblanadi. 
Loyiha doirasida bulutli biznesni boshqarishga m
o‘ljallangan ActivePlatfom 
dasturiy platforma joriy etilgan. 
ActivePlatfom innovatsion dizayni AT-servislari va Internet buyumlar 
sohasidagi servislarni boshqarish imkonini beradi. Bulutli servis xizmatlari barcha 
turlarini ilg‘or texnologiyalar bilan taqdim etish uchun yagona platformaning joriy 
etilishi yangi maʻlumotlarni qayta ishlash markaziga mahsulotlar portfelining 
diversifikatsiyasi imkoniyatlari va «O‘zbektelekom» kompaniyasining bozordagi 
s
o‘zsiz ustunligini taʻminlaydigan keng imkoniyatlarni ochib beradi.
Data-markaz joriy konfiguratsiyasi 160 bleyd-
server, 1 petabayt sig‘imli 
maʻlumotlar saqlash ombori bilan kelajakda 10 petabaytgacha serverlar sonining 
kengaytirish imkoniyatini taqdim etadi. 



MQIM (ma
ʻlumotlarni qayta ishlash markazining) ishonchliligi darajasi Uptime 
Institute klassifikatsiyasi b
o‘yicha Tier III xalqaro tizimiga muvofiq keladi, yaʻni 
MQIM infrastrukturasining rezervlanishi «N+1» formulasi bo‘yicha taʻminlanadi, 
bunda ishonchlilik koyeffitsiyenti 99.982(%) foizni tashkil etadi. Bu data-markazi 
barcha muhandislik tizimostilaridan rezervlanish imkoniyatiga egaligini anglatadi va 
MQIM ishlarini t
o‘xtatmasdan taʻmirlash-profilaktika ishlarini amalga oshirishga 
imkon beradi. 
Yangi 
O‘zbektelekom MQIM mijozlariga bulutli servislar orasida VPS “Virtual 
server” xizmatini taqdim etishga tayyor. Mijozlar “bulutda” xususiy infrastrukturani 
yaratish va tunu kun jaxonning istalgan nuqtasida t
o‘liq izolyatsiyalangan avtonom 
infrastrukturaga ulanish imkoniyatiga ega b
o‘lish uchun bulutli platforma yordamida 
MQIM hisoblash quvvatini ijaraga olishlari mumkin.
Bundan tashqari, UZCLOUD mijozlari tadbirkorlarga Internet tarmog‘i 
vositasida biznesni rivojlantirish imkonini taqdim etadigan veb-hosting xizmatidan 
foydalanishlari mumkin. 
“O‘ZBEKTELEKOM” AK uchun O‘zbekistonda MQIM qurish loyihasi to‘liq 
Huawei kompaniyasi (infrastruktura, server uskunalari, virtualizatsiya tizimi) bilan 
hamkorlikda amalga oshirilgan birinchi bulutli data-markaz b
o‘lib hisoblanadi.
Loyiha amalga oshirilganidan s
o‘ng “O‘zbektelekom” AK davlat tashkilotlari va 
yirik korporativ mijozlar, shuningdek, xususiy shaxslar uchun xizmatlar, shuningdek, 
biznes doirasini kengaytirib, zamonaviy AKT xizmatlarini taqdim etish imkoniyatiga 
ega b
o‘ladi. 
Kerakli fayllarni axborot tashuvchi qurilmalar 
– disketa, kompakt-disk, fleshka 
va tashqi xard-
disklardan tashqari, hozirda «bulutli» servislarda saqlash kengroq 
tarqalmoqda. Bu turdagi keng tarqalgan xizmatlar 
– Yandeks.Disk, Google Drive, 
Dropbox kabilardan xabaringiz bor. Bu kabi xizmatlarning 
o‘zbekcha versiyalari ham 
mahalliy dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan b
o‘lib, u FileCloud.uz servisidir. 

Download 233,88 Kb.
  1   2   3




Download 233,88 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob. Bulutli texnologiyalarni tashkil etish

Download 233,88 Kb.
Pdf ko'rish