“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-21, Issue-1, November - 2022
49
TALABLARNING BILIMLARINI PEDAGOGIK NAZORAT QILISHNING
IJOBIY TOMONLARI
Rabbimoba F. - dotsent.
Umurzoqova Q. - magistrant
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Anotatsiya.
Ushbu maqola umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilar bilimini pedagogik
nazorat qilishda o’quv jarayonlarining eng dolzarb elementlaridan biri bo’lib, o’quv
jarayonlarinini tashkil etishga tegishli o’zgartirishlar, yangiliklar, qo’shimcha
ma’umotlar kiritildi.
Kalit so’zlar:
pedagogika, o’quv material, bilim, ko’nikma,
teskari aloqa,
qobilyat
Testning rivojlanish tarixi va uning ijobiy tomonlari
Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher
tomonidan talabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qo’llanilgan. Test
sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton
ishlab
chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fani doirasida rivojlandi. XX asr boshida
esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo’nalishlar bir-biridan
mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog
e. Torndayk tomonidan yaratilgan. Psixologiya va pedagogikada
test sinovlarining
rivojlanishi matematik uslublar ham qo’llashni taqozo qildi. Bunday uslublar o’z
navbatida testlarni ishlab chiqishga ijobiy ta`sir ko’rsatdi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o’quv
qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Aynan shu davrdan
boshlab test sinovlari ikki asosiy yo’nalish: aqliy (intellektual) rivojlanish darajasini
aniqlash testlarini yaratish va qo’llash hamda talabalarning o’qish
qobiliyatlarini va
bilimlarini baholashga mo’ljallangan pedagogik testlarni yaratish va ulardan
foydalanish sohalari rivojlana boshladi. Test tuzuvchilar turli odamlarda ta`sirga javob
berish vaqti
bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarning aqliy qobiliyatlarini
o’rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usuli bo’yicha amaliy ishlar olib
borish lozimligiga olib keladi. Talabalar bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil
etib, testlarni guruxlarga ajratishga ham urinib ko’rilgan. CH.Grin (1926) o’zining
«Test novogo tipa» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida
ilgari yaratilgan va
ishlatib ko’rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi
tavsiyalarni berаdi