|
Bir nechta funksiya grafiklarini bir vaqtda tasvirlash
|
bet | 14/17 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #242188 |
Bog'liq I bob c builder dasturining grafik imkoniyatlari 6 3.1. Bir nechta funksiya grafiklarini bir vaqtda tasvirlash
Hozirgi kunda koʻplab dasturiy paketlar mavjud boʻlib, ular yordamida hisob kitob, grafikaga oid ishlarni osonlik bilan bajarish mumkin. Shunga qaramasdan bir qator sohalarda uchraydigan tipik masalalar uchun alohida yondashuvga ehtiyoj seziladi. Chunki bu masalalarni hal etishda dasturiy paketlarda mavjud imkoniyatkar yetarli boʻlmaydi. Shu boisdan ham zamonaviy dasturlash tillarida mavjud hisob kitob, grafik VA multimedia imkoniyatlardan foydalanishni mukammal oʻrganish boʻlajak dasturchilar oldida dolzarb boʻlgan masalalardan biridir.
Bularni hisobga olib biz quyida C++ Builder dasturlash tilining grafik imkoniyatlaridan foydalanib funksiya grafiklarini chizish jarayonini bayon etamiz. Shu maqsadda bir nechta funksiyalarning grafik tasvirini oʻzida aks ettiruvchi dastur qanday yaratilishini koʻrib oʻtamiz. Buning uchun quyidagi amallar ketma ketligi bajariladi:
C++ Builder dasturini ishga tushiramiz va yangi forma ilovasini yaratamiz.
Loyiha nomini oʻzgartirish uchun Form1 ning Caption xususiyatini oʻzgartiramiz.
Additional komponentalar boʻlimidan Chart komponentasini formaga joylashtiramiz. Bu komponenta har xil turdagi grafik va diagrammalar yaratish uchun qoʻllaniladi.
Endi Chart komponentasining xususiyatlarini oʻrnatamiz. Align xususiyatining qiymatini allClient ga oʻzgartiramiz. Bu orqali tasvirlanadigan grafikni formaning butun tekisligiga joylashtiramiz.
Chart komponentasi ustiga sichqoncha tugmasini ikki marta tez-tez bosish orqali “Диаграмм Chart” oynasiga oʻtamiz. Bu oyna ikkita asosiy sahifani oʻz ichiga oladi: Chart va Series. Add tugmasi yangi seriya qoʻshish imkoniyatini beradi. Bu tugmani bosganda grafik yoki diagrammaning tipini tanlash oynasi ochiladi. Bizning misolimizda Line tipi tanlanadi. Bu misolda ikkita funksiyaning grafigini qurish uchun 2 ta seriya yaratiladi.
Title tugmasi yordamida yangi seriyalarga nom oʻzlashtiriladi. Birinchi seriya y=sin(x), ikkinchi seriya y=cos^3(x) koʻrinishda nomlanadi.
Chart sahifasidagi Titles orqali Chart obyektiga nom berish va uning xususiyatlarini oʻrnatish mumkin.
Axis qismida grafik oʻqlarining parametrlari sozlanadi. Bunda chap vertikal oʻq parametrlarini sozlash uchun Left tanlanadi. Unga nom oʻzlashtirish uchun Title qismiga oʻtiladi va kerakli nom yoziladi. Yozuvni gorizontal holatga keltirish uchun Angle maydoniga 0 qiymati kiritiladi. Labels qismida yozuv stilini Value ga oʻzgartiramiz. Pastki gorizontal oʻq (Bottom) parametrlari ham shu tarzda sozlanadi.
Grafikda seriyalar nomini aks ettirish uchun Legend qismiga oʻtamiz va Legend Style maydonining qiymatini Series Names ga oʻzgartiramiz.
Endi asosiy dastur matnini kiritish uchun Form1 ning Events hodisalar oynasiga oʻtamiz va OnActivate maydonini faollashtiramiz. Hosil boʻlgan oynaga quyidagi dastur matnini kiritamiz:
void __fastcall TForm1::FormActivate(TObject *Sender)
double x,y,y1;
Series1->Clear();
Series2->Clear();
for (x=-10;x<=10;x=x+0.1)
y=sin(x);
y1=pow(cos(x),3);
Series1->AddXY(x,y);
Series2->AddXY(x,y1)
Chart1->Refresh();
Chart1->LeftAxis->Increment=(Chart1->LeftAxis->Maximum-Chart1->LeftAxis->Minimum)/5;
Ushbu dastur ishlashi natijasida quyidagi natija olinadi:
3.1. Rasm. Chart komponentasi yordamida yaratilgan dastur natijasi
Koʻrib oʻtilgan dastur loyihasi C++ Builderning grafik imkoniyatlaridan biri boʻlib, masalaning qoʻyilishiga qarab uning boshqa imkoniyatlarini ham ishga qoʻshish mumkin. Bundan tashqari grafik imkoniyatlar bilan hisob kitoblarga bogʻliq imkoniyallarni birga ishlatish aniqligi yuqori boʻlgan grafiklarni olish, kompyuterga ulangan turli qurilmalardan kelayotgan signallarni barchaga tushunarli tarzda tasvirlash imkonini beradi.
|
| |