|
I bob c++ builder dasturining grafik imkoniyatlari 6
|
bet | 7/17 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #242188 |
Bog'liq I bob c builder dasturining grafik imkoniyatlari 6Dastur izohi: Asosiy ish Grafik funksiyasida bajariladi. Dastlab bu funksiya berilgan funksiyaning [x1,x2] kesmadagi minimal va maksimal qiymatlarini hisoblaydi. Soʻngra mavjud ma’lumotlardan foydalanib grafik chiziladigan sohani X va Y oʻqlar boʻyicha masshtablaydi. Bulardan soʻng gorizontal va vertikal oʻqlarning joylashuvini hisoblaydi va chizadi va nihoyat berilgan funksiyaga mos grafik chiziladi:
1.7. Rasm. Nuqtalar asosida chizilgan grafik
Grafik funksiyasini chaqirish OnPaint va OnResize hodisalarini qayta ishlashni bajaradi.
1.2. Tasvirni tashqi fayldan oʻqish
Additional komponentalar palitrasida joylashgan Image komponentasidan foydalanib .bmp, .jpg yoki .ico kengaytmali fayllardagi rasmlarni Image komponentasi sirtiga oʻrnatish mumkin. Bu komponentaning asosiy xossalari quyidagi jadvalda keltirilgan[2,3].
5-Jadval. Image komponentasining xususiyatlari.
Xususiyatlar
|
Vazifasi
|
Picture
|
Komponenta sirtida rasmni aks ettirish
|
Width,Height
|
Komponenta oʻlchami.Agar kompyuter oʻlchami rasm oʻlchamidan kichik boʻlsa, AutoSize , Strech va Proportional xususiyatlarining qiymatlari false ga oʻzgaradi.
|
Proportional
|
Rasm oʻlchamlarini avtomatik masshtablash belgisi
|
Strech
|
Rasmni komponentaning real oʻlchamiga mos qilib avtomatik masshtablash belgisi
|
AutoSize
|
Rasmning haqiqiy oʻlchamini saqlagan holda joylashtiruvchi belgi
|
Center
|
Rasmni komponenta ichida gorizontal boʻyicha pozitsiyasini aniqlovchi belgi, agar komponentaning eni rasm enidan katta boʻlsa
|
Visible
|
Komponenta yoki rasmning forma sirtiga mos kelishi yoki yoʻqligini koʻrsatuvchi belgi
|
Canvas
|
Grafika chiqarilishi mumkin boʻlgan sirt
|
Rasmning Image komponentasida koʻrinishi forma ilovasiga ishlov berishda yoki dasturning bajarilishi davomida amalga oshirilishi mumkin.
Dastur ishlashi davomida rasmni komponentaga chaqirish uchun LoadFromFile metodidan foydalaniladi. Masalan, ushbu
Image->Picture->LoadFromFile("e.\\temp\\bart.bmp")
Koʻrsatma bart.bmp fayldagi tasvirni Image1 komponentasiga oʻtkazadi. Odatda, Image komponentasi .bmp, .ico, .wmf kengaytmali fayllarni oʻzida tasvirlay oladi. Bu komponentada .jpeg kengaytmali rasmlarni tasvirlash uchun jpeg.h kutubxonasini chaqirish kerak. Agar bu kutubxona chaqirilmagan boʻlsa, dastur bajarilishi mobaynida jpeg fayl chaqirilganda xatolik beradi.
Quyida dastur Image komponentasida .jpg kengaytmali rasmni tasvirlashni amalga oshiradi. “Katalog” tugmasi rasm faylini kataloglar ichidan topib tanlash imkonini beradi. “Keyingi” tugmasi navbatdagi rasm faylini koʻrsatish imkonini beradi
#include
ffinclude
AnsiString aPath;
TSearchRec aSearchRec;
|
| |