Erkaklar kurtkasini bichish va tikish




Download 129,14 Kb.
bet8/9
Sana15.05.2024
Hajmi129,14 Kb.
#235902
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PARDABOYEVA KURS ISHI

2.2.Erkaklar kurtkasini bichish va tikish
Tikuvchilik buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash fani bo`yicha amaliy ishlar har bir mavzu yakunida tavsiya etildi. O`qituvchi talabalar bilim saviyasi va o`qitish shart-sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Istiqlol tufayli bugungi kunda nafaqat Respublikamizda, balki chet ellarda ham xaridorgir bo‘layotgan o‘zbek liboslari o‘ziga xos ko‘rinish kasb etmoqda. Jahon andozalariga mos ravishda ishlab chiqarilayotgan bunday mahsulotlarga talab kundan-kunga ortib bormoqda .
Ishlab chiqarish mobaynida qiz bolalar kiyimi uchun alohida, o‘g‘il bolalar kiyimi uchun esa alohida bezak elementlaridan foydalaniladi. Bunda bolaning zerikib qolmasligi uchun kontrast ranglardan foydalanishga, kiyimning imkoniyat darajasida ular uchun qiziqarli bo’lishiga va ularning dunyoqarashiga mos rasmlarni tanlanishiga alohida e’tibor qaratilgan.
Uch yoshli bolaning dunyoqarashi keng bo‘ladi. Uni tabiat bilan bog‘liq rasmlar qiziqtiradi va bola ko‘proq yorqin ranglarga talpinadi. Ularga libos tikayotgan korxona chevarlari ko‘proq matolarning sariq, qizil, yashil kabi yorqin ranglilarini tanlashadi. Qiz bolalar ko‘proq mato rangiga va guliga e’tibor berishadi. Shu bois, ularning liboslarida ko‘proq gul, kapalak, daraxt, quyosh rasmlarini, o‘g‘il bolalar kiyimlarida esa futbol to‘pi, mashina yoki turli hayvonlarning, multfilm qahramonlarini tasvirlovchi rasmlar qo‘yib tikish ayni paytda dolzarb sanaladi. Bunda bolaning yoshiga qarab kichkina yoki kattaroq rasm tanlanadi.
Bolalar modasi ham kattalarnikidan qolishmaydi. Shu sababli ham, jahonning mashhur dizaynerlari, turli uslub va ranglar uyg’unlashuvini sinab ko’rishni taklif qilishmoqda. Kattalarnikiga xos jiddiylik, oddiylik bola kiyimlarida ham yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Ushbu mavsumda ikki qarama-qarshi holatdagi tendensiyalar va ranglar uyg’unligini ko’rishimiz mum kin. Bir tomondan bolalar libosida qora, oq, kulrang ranglardan foydalanish keng ommalashdi va ustunlikni qo’lga oldi. Bu esa, bolalarning yorqin ranglar va qo’shimcha bezak, detallarga burkangan moda olamida butunlay yangi burilish yasadi.
Qirqimlarga ishlov berish. Hamma biriktirma choklarining qirqimlari: yelka chok, yeng choki, yon chok, o'miz choklari maxsus mashinada yo'rmalanadi. Agar chok bir tomonga yotqizib dazmollanadigan bo'lsa, chokning ikkala qirqimi birga yo'rmalanadi, (26- a rasm) yorib dazmollanadigan bo'lsa, har qaysi chok qirqimi alohida-alohida yo'rmalanadi (26- b rasm).
Qirqimlarni universal mashinada ham bukib tikish mumkin (26- d rasm).
Chok qirqimiga mag'iz qo'yib tikish ham mumkin (26- e rasm).
Arra tishli qaychida chok qirqimi titilmaydigan gazlamani qirqib qo'ysa ham bo'ladi (26- f rasm).



Vitochkalarni tikish. Kiyimni gavdaga moslash va kiyim gavdaga yaxshi yopishib turishi uchun vitochkalar qilinadi. Vitochkalar asosiy detallarning ko'krak markaziga yelka tomondan yo'nalgan, yeng o'mizi tomonidan yo'nalgan, yon va bel tomondan yo'nalgan bo'lishi mumkin. Vitochkalar yordamida kiyimga kerakli shakl beriladi. Kiyimning bel qismida joylashgan vitochkalar, asosan, kiyimning gavdaga yopishib turishi uchun kerak bo'ladi.
Vitochkalarning soni va eni modelga bog'liq bo'ladi vitochkalar yorib dazmollanishi yoki bir tomonga yotqizib dazmollanishi mumkin. Bunday vitochkalarning oxirgi uchi tomonidagi solqi kirishtirib dazmollanadi, vitochkalar o'rniga qirqmalar, taxlamalar hosil qilish mumkin. Vitochkalar qirqma yoki yaxlit bo'lishi mumkin. Yengil kiyimlarda asosan yaxlit vitochkalar qilinadi (27- rasm).

Vitochkalarni tikishda detalning teskari tomonidan yordamchi andaza qo'yib, vitochka o'rni belgilab olinadi. Bunda birinchi chiziq gazlamani bukish chizig'i bo’lib, ikkinchi vitochkani biriktirib tikish chizig'i bo'ladi, vitochkaning tugaydigan joyiga ko'ndalang chiziq belgilab qo'yiladi. Detalning o'ngini ichkariga qaratib, birinchi chiziq bo'ylab bukiladi va ikkinchi chiziq bo'ylab biriktirib tikiladi. Detal chetidan boshlanadigan vitochkalar qirqim tomondan boshlab biriktirib tikiladi. Taxlama hosil qiladigan vitochkalarni tikishda oldin vitochka uchidan ko'ndalangiga bahyaqator yuritib, keyin burchak qilib burib, belgi chiziq bo'ylab biriktirib tikiladi. Vitochkalar bir tomonga yotqizib yoki yorib dazmollanadi, uchidagi solqi kirishtirib, dazmollab yo'qotiladi.


bolalar ko'ylagi turli furnituralar, kashta choklar,qo'yma burmalar, turli bеzak choklar, to'rlar, qoplama bеzaklar bilan bеzatiladi. Qo'yma kantli bеzak choklarni tikishda, kant dеtal 2 buklab dazmollanib, asosiy dеtal ustiga qo'yib baxyaqator yuritiladi, kеyin 2-dеtal uning ustiga qo'yilib, 1 mm. qochirib, 2-baxyaqator yuritiladi. Bеzak kant dеtal ziyida yoki o'rtasida bo'lishi mumkin. O'rtada bo'lsa yorib dazmollanadi.


Sutaj, jiyak to'r 1 yoki 2 ignali mashinalarda to'g'ri yoki siniq baxyaqatorlar yordamida bostirib tikiladi
Bеzak bеykalar yalang qavat yoki 2 qavat bo'lishi mumkin. Ular biriktirma yoki bostirma chok bilan ulanadi. Maxsus buklagich yordamida bеyka qirqimlari ichkariga bukilib, bеlgi chiziq bo'ylab bostirib tikilishi mumkin.

Sutaj, jiyak to'rlarni dеtalga ulash.
Bеykalarni asosiy dеtalga ulash.
Q
irqimlarni tikish.
Kiyim tikishda vitochkalar o'rnida bezatuvchi qirqmalar ishlatiladi.
Asosiy detalning qirqma joyidagi qismini biri ikkinchisiga nisbatan hosil qilinadigan burma hisobiga uzunroq qilib bichiladi Burma hosil qilish uchun ikkita parallel bahyaqator yuritiladi va bir tomondagi bahyaqator ipini tortib, burma hosil qilinadi
Qirqmani biriktirib tikishda burma tomonidan tikiladi. Modelda mo'ljallangan bo'lsa, qirqmaning teskari tomoniga gazlama parcha qo'yiladi va o'ng tomonidan bezak bahyaqator yuritiladi .
Kiyimning estetik talablarga mos ko'rinishda bo'lishiga mayinligi, qalinligi va boshqa xususiyatlari turlicha bo'lgan gazlamalarni ishlatib erishiladi.
Kiyimni bezashda xilma-xil buklamalar, bo'rttirma choklar, bo'rtma choklar, baxyaqatorlar kabi bezaklarga, hoshiyalar, etak burmalar, oddiy burmalar bilan bezashga va furnitura bilan bezashga katta o'rin beriladi.
Qo'sh etaklarning, etak burmalarning qirqimlari maxsus mashinada siniq baxyaqatorlar bilan tikiladi.
K
oketka yoki kiritma chetiga qo'yma burma ulanganda, uni avval asosiy detalga ulab olinadi. Bunda, qo'yma burmaning teskarisiga, asosiy detal o'ngi esa ustiga qaragan bo'ladi. Keyin koketka qo'yma burma ulangan chokni yopib turadigan qilib qo'yilib, asosiy detalga bostirib tikiladi


Bufflar ich kiyimlarni hamda ayollar va bolalar ko'ylaklarini bezash uchun ishlatiladi. Ular buyumlarning bir turi bo'lib, qo‘lda yoki mashinada tayyorlanishi mumkin Qo'lda tayyorlanadigan bufflar har xil naqshli bo'ladi. Bufflar detalning teskari tomonidan nuqtalar yoki chiziqlar tarzida belgilab olinadi. Buff qatorlari orasidagi masofa 0,8—1,0 sm bo'lishi zarur.Har bir qatordagi nuqta bir-birining tagiga aniq tushishi lozim. Oldin sirma qaviqqator tushiriladi: bunda igna aniq nuqadan qadalishi va ikki nuqita orasidan chiqarilishi kerak.
So‘ngra ip mayda taxlamalamning bukmalari vuqoriga chiqadigan qilib taranglanadi. Mayda taxlamalar keyinchlik surish mumkin bo‘ladigan darajada taranglanadi. Mavda taxlamalar hosil bo‘lgandan so‘ng gul tikishga kirishiladi
Mashinada tayyorlanadigan buflar oddiv va shnurli bo‘lishimumkin. Oddiy bufflar hosil qllish uchun detalda parallel chiziqlar belgilab olinadi.
Ust kiyimlar yoqasini tikish va o’tkazish. Yoqalar konstruktsiyasi bo’yicha turli tuman bo’lib, ular asosiy yoki bezak matolardan, sun’iy yoki tabiiy mo’ynadan tayyorlanadi. Yoqalar 3 detaldan: ustki yoqa va qotirmadan iborat. Yoqalarning tikiliShi 3 bosqichdan iborat: ostki yoqa tayyorlash, ustki yoqaga ostki yoqani ulaSh va yoqalarni o’mizga o’tkazish.
Ust kiyimlar yoqasini tikish va o’tkazish. Ostki yoqa tayyorlash Gazlamalarni tejaSh va yoqalarga yaxShi Shakl beriSh uchun ostki yoqalar bir necha bo’lakdan tikiliShi mumkin. Bo’laklar kengligi 1 sm chok bilai 904 kl. PMZ yarim avtomatida yoki universal maShinada tikiladi. Choklar yorib dazmollanadi yoki yorma chok solinadi. Ostki yoqaga qotirma ip yordamida yoki yelimlab ulanadi.
Yoqa qotirmasi bir tomoniga yelim kukuni qoplangan zig’ir tolali gazlamadan bichilgan bo’lib, press yordamida quyidagicha ulanadi . Erkaklar paltosi va yarim paltosi, o’g’il bolalar paltosida qotirma ip yordamida tikuv maShinasida ulaniShi mumkin. Yoqa qotirmasining qismlari quyma chak bilan tikiladi. Ko’tarmasi qattiqroq bo’liShi talab qilinadigan kiyimlar yoqasida ko’tarma qismi zichroq baxyaqator yuritib, yoqa qaytarmasidagi qismi universal maShinada siniq baxyaqator yuritib qavib ulanadi.
Ko’tarmasi alohida qavilmaydigan yoqalarda birinchi baxyaqator ko’tarma qirqimiga parallel hodda undan 2 sm. masofada siniq baxyaqator yuritib qaviladi.Ayollar paltolarida piShiqroq yoqa mo’ljallangan bo’lsa ostki yoqa yaShirin baxyali maShinada qaviladi. Birinchi baxyaqator ko’tarma qirqimidan 2 sm. masofada parallel qilib, qolganlari unga parallel qilib 0,7 sm. masofada bajariladi. Erkaklar va o’g’il bolalar qiShlik kiyimlarida ko’Shimcha vatin qatlamini yoqa yelimli qotirmaning yelimsiz tomoniga qo’yib, universal mashinada siniq baxyaqator bilan pressda ulanadi.
Oxirida ostki yoqa ustiga andaza qo’yib bo’rlanadi va qirqimlarini aniqlab qirqish bilan birga ko’tarmasiga yoqa o’miziga ulah joyini aniqlab bir nechta kertik qo’yiladi. Pressda dazmollab, konstruktsiyasiga muvofiq Shakl beriladi. Hozirgi paytda, ko’pincha ostki yoqalar qalinligi 2 mm. bo’lgan noto’qima mato filtsdan tayyorlanadi. Bu mato beriladigan formani tez qabul qiladi,natijada namlabisitib iShlov beriSh vaqti kamayadi, asosiy gazlamatejaladi, u yaxlit bichiliShi sababli ulaSh choki kamayadi. Ustki yoqani tayyorlash.Yoqaning ko’riniShini yaxShilaSh va sifatli qiliSh uchun ustki yoqaning uchlariga pressda qo’Shimcha yelimli qotirma qo’yiladi. Ustki yoqalarning ko’tarmasi ko’pincha alohida bichiladi. Ular siniq baxyaqatorli yoki universal mashinada kengligi 0,7 sm. chok bilan ulanadi. Chok haqini ko’tarma tomonga qayirib, chokdan 0,2 sm. naridan bostirib tikiladi . Ustki yoqani ostki yoqaga ulash Ustki yoqa ostki yoqaga 2 xil usul bilan ulaniShi mumkin: tikib yoki yelimlab. Tikib ulaSh qaytarmaning cheti bo’ylab buklama yoki ag’darma chok hosil qilib ulanadi. 1usul: Ustki yoki ostki yoqaga uning qaytarmasi bo’ylab chetlarini buklab, kengligi 1 sm. chok bilan siniq baxya qatorli maShinada bostirib tikiladi.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Istiqlol tufayli bugungi kunda nafaqat Respublikamizda, balki chet ellarda ham xaridorgir bo‘layotgan o‘zbek liboslari o‘ziga xos ko‘rinish kasb etmoqda. Jahon andozalariga mos ravishda ishlab chiqarilayotgan bunday mahsulotlarga talab kundan-kunga ortib bormoqda .
Ishlab chiqarish mobaynida qiz bolalar kiyimi uchun alohida, o‘g‘il bolalar kiyimi uchun esa alohida bezak elementlaridan foydalaniladi. Bunda bolaning zerikib qolmasligi uchun kontrast ranglardan foydalanishga, kiyimning imkoniyat darajasida ular uchun qiziqarli bo’lishiga va ularning dunyoqarashiga mos rasmlarni tanlanishiga alohida e’tibor qaratilgan.
Uch yoshli bolaning dunyoqarashi keng bo‘ladi. Uni tabiat bilan bog‘liq rasmlar qiziqtiradi va bola ko‘proq yorqin ranglarga talpinadi. Ularga libos tikayotgan korxona chevarlari ko‘proq matolarning sariq, qizil, yashil kabi yorqin ranglilarini tanlashadi. Qiz bolalar ko‘proq mato rangiga va guliga e’tibor berishadi. Shu bois, ularning liboslarida ko‘proq gul, kapalak, daraxt, quyosh rasmlarini, o‘g‘il bolalar kiyimlarida esa futbol to‘pi, mashina yoki turli hayvonlarning, multfilm qahramonlarini tasvirlovchi rasmlar qo‘yib tikish ayni paytda dolzarb sanaladi. Bunda bolaning yoshiga qarab kichkina yoki kattaroq rasm tanlanadi. 
Bolalar modasi ham kattalarnikidan qolishmaydi. Shu sababli ham, jahonning mashhur dizaynerlari, turli uslub va ranglar uyg’unlashuvini sinab ko’rishni taklif qilishmoqda. Kattalarnikiga xos jiddiylik, oddiylik bola kiyimlarida ham yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Ushbu mavsumda ikki qarama-qarshi holatdagi tendensiyalar va ranglar uyg’unligini ko’rishimiz mum kin. Bir tomondan bolalar libosida qora, oq, kulrang ranglardan foydalanish keng ommalashdi va ustunlikni qo’lga oldi. Bu esa, bolalarning yorqin ranglar va qo’shimcha bezak, detallarga burkangan moda olamida butunlay yangi burilish yasadi.
Bolalar kiyimlaridan namuna Ayni paytda bolalar garderobi kattalarnikdan also qolishmaydi, bugungi kunda ularning garderobida ichki, ustki, bel va bosh kiyimlarning bir necha variantlarini topish mumkin.
Bolalar garderobidagi ust kiyimlar: palto, plashch, trenchkot, kurtka, bomber, shuba, balero, borsovka, tolstovka, pidjak, jemper, nimcha va chopondan iborat. 
B olalar ust kiyimlari: trenchkot, plashch, kurtka Bolalar garderobida kundalik va bashang ko’ylak, bluzka, kofta, tunika, futbolkalar ham muhim joy olgan. 
Bel kiyimlari jumlasiga esa yubka, shim, shorti, kapri, lozim, lasina, gomaj, legensi va kolgotkalar kiradi.
Bolalar kostyumida muhim va boyituvchi kiyimlardan yana biri bosh kiyimlardir. Ular sirasiga shapka, kepi, ushanka, telpak, shlyapa, beretka, gnomik, shlyapka va qalpoqlar kiradi(1.3-rasm).
Bolalar bosh kiyimlari: shlyapka, shapka, ushanka. Bolalar oyoq kiyimlari bosonojka, batilyon, botinka, etik, nim etik, tufli, krosovkadan iborat. 
Quyida bolalar kiyimlarini yosh aspektlari bo’yicha tahlilini o’tkazamiz. 
Chaqaloqlar kiyimi. Bun o’sish davriga bir yoshgacha bo’lgan bolalar kiradi. Ularning boshi katta, qo’llari uzun boladi. Bolaning bosh aylanasi ko’krak aylanasiga teng. Bu yoshdagi bolalar 6-8 oy vaqtini krovatda otkazadi, shuning uchun ularga oddiy, yengil, yaxshi yuviladigan va oson dazmollanadigan, shu bilan birga, oz xususiyatini yo’qotmaydigan kiyim kerak. Chaqaloqning birinchi kiyimi yaktakcha, ustki kiyim, bosh kiyim va ishton. Bu kiyimlarning yaxshi tomoni shundaki, u erkin, oddiy bichimli, kam ishlov beriladigan va oson bezaladi. Yaktakcha qorinning pastki qismigacha davom etadi, bola o'tirishni boshlaganda, unga ishton kiydiriladi. Chaqaloqning ustki kiyimi yengil, issiq, yengsiz, kapyushonli, etagi kengaygan, odatda erkin, bosh kiyim ham bo'shroq boladi. Gazlamalar esa paxta tolali bo’lishi shart.
Yasli yoshidagi bolalar kiyimi. 1-3 yoshda bolalar tez o'sadilar, gavda tuzilishi nisbatlari o'zgaradi, bosh va tana o'lchamlari 1:4 nisbatda boladi. Bu davrda bolalar yura boshlaydilar, ko'p harakatlanadilar, shuning uchun kiyimlari erkin harakatlanishga xalaqit bermaydigan bo'lishi kerak. Qiz bolalar kiyimlarining asosiy shakli trapetsiyamon, yelka kamaridan boshlab kengaygan, koketkali yoki koketkasiz bo'lishi mum kin. O'g'il bolalar kiyimlari esa to'g'ri shakllari bilan xarakterlanadi. Shimlari ko'pincha kalta, shakli tog'ri yoki pochasiga qarab salgina toraygan bo'lib, koylaklar, puloverlar va kurtkalar bilan mos tushadi. 
Qiz bolalar garderobi uzun tungi ko'ylak yoki pajama koylaklar , fartuklar, nimchalar, sarafan, bluzka va shim, kurtka, palto va kombinezondan iborat. O’g’il bolalar garderobi tungi kiyim yoki pajama, koylaklar yoki shimlar, kurtka, kombinezon va paltodan iborat. Kiyimlarni komplektlash yo'li bilan sonini kamaytirib, ishlatish variantlarini ko'paytirish mumkin. Yasli yoshidagi bolalar kiyimlari sodda va ixcham bo'lishi bilan birga, alohida qismlarining shakli turli- tuman bo'lishi mumkin. Yenglari odatda uzun bo'lib, tog'ri yoki pastki qismida manjetli boladi. Yozgi kiyimlarning yenglari “qanotcha” yoki “fonarcha” ko'rinishida bo'lishi mumkin. Ustki kiyimlarini modellashtirishda ko'pincha kapyushonli qilinsa, maqsadga muvofiq. Ustki kiyimlarning yana bir qulay turi bu kombinezon bo'lib, bola tanasini to'liq yopib turadi va bemalol harakatlanishini ta'minlaydi. Bu davrdagi bolalar kiyimlarining bezaklari turlicha bo'lishi mumkin, lekin bunda me'yorni saqlay bilish kerak. Yasli yoshidagi bolalar kiyimlarining badiiy obrazliligini hal qilishda tabiatning nozik ko'rinishlaridan, oqish va tiniq ranglardan foydalaniladi. Bunda materiallarning fakturasi va ranglarini o'zaro uyg'unlashtirish hisobiga erishish mumkin: momiq quyoncha, sap-sariq jo'jacha, qo'zichoq, nozik gullar va boshqalar bolalar kiyimlarini obrazliligini 
ta'minlaydi. 
Maktab yoshidagi bolalar kiyimi. Bolalikning bu davrida nima yaxshi- yu, nima yomonligi to'g'risida dastlabki tushunchalar paydo bo’la boshlaydi. Bolani o'rab turgan tevarak -atrofdagi barcha narsalar, shu jumladan, o'yinchoqlar, kiyimlar uning e'tiborini torta boshlaydi, tug'ilayotgan son- sanoqsiz savollarga javob qidira boshlaydi. Jismoniy jihatdan ham jadal rivojlanadi, tananing nisbatlari ham o'zgaradi, endi bosh va tananing nisbatlari 1:5 yoki 1:5:5ni tashkil etadi. Kiyim assortimenti avvalgicha qoladi, lekin shakllarning bo'linishlarida o'zgarishlar bo’ladi. Ko'ylaklarning kichkina koketkali, unchalik enli bo'lmagan qo'sh etaklar, plisse yoki taxlamalar bilan bezash mumkin.
Kiyimning asosiy shakllari trapesiyamon va to'g'ri. Bolalar mustaqil ravishda kiyinib, yechinishlarini rag'batlantirish maqsadida qulay taqilmalar qilinadi, ular, albatta, kiyimning old qismida joylashishi kerak, tugmalar qulay shakl va o'lchamlarida bo'lib, soni ko'p bo'lmasligi kerak. Kiyimlarning old bo'laklari yorqin applikatsiyalar, kashtalar bilan bezatilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimlari serbezak, shakllari erkin va yumshoq bo'lishi kerak.
Ranglari yorqin va tiniq, detallari o'zaro proporsional, bezaklari ifodali bo'lgan kiyim nafaqat estetik, balki tarbiyaviy vazifalarni ham bajaradi.
Bolalar maktabga borishlari bilan ularda yangi majburiyatlar, mashg'ulotlar, yangi kun tartibi paydo boladi. Bu yerda ular ongli ravishda va reja asosida bilim olishni o'zlashtirib, yangi kollektiv hayotga moslashadilar. Jajji maktab hayotini hurmat qilishni o'rganadilar. Maktab o'quvchisining garderobiga maktab formasidan tashqari sport kostyumlari, mehnat darsi uchun ish fartuklari yoki xalatlar, uy yumushlari va o'ynash uchun kiyimlar, hamda bayramona liboslar kiradi. 
8-10 yoshlarda bolaning qomati asta-sekin o'zgarib, suyaklari qotib, muskullar mustahkamlanib, oyoqlar uzunlashishi qomatga o'zgacha ko'rk bag'ishlaydi, qorinnning chiqqani yo'qolib, bel ko'zga tashlanib qoladi. 10 yoshlarda qomat o'zgarib, boshning balandligi tana uzunligiga ko'ra 1:6,5 ga teng bo'ladi. 7-8 yoshdagi o'g'il bolalar kiyimlari, asosan, kengroq va badandan holiroq bo'ladi, shuningdek, 9-11 yoshdagi o'g'il bolalar kiyimlari uchun to'g'ri siluet xarakterlidir, uchburchak siluetni esa kurtka va ko'ylakchalarning pastki qismiga belbog'lar, qisqichlar hamda vitochkalar qo'yib, chiroyli holatga keltirish mumkin[8].
Bu yoshdagi bolalar o'zlarining bosh vaqtlarida jon deb hovlida sport o'yinlari bilan mashg'ul bo'ladilar, konkida, chang'ida uchadilar va h.k., shuning uchun kiyimning umumiy shakli erkin bo’lishi zarur. Liboslar uchun va uy kiyimlarini ham shu shaklga kiritish mumkin. Bu esa keng miqyosda foydalanish imkonini beradi. 7-8 yashar qizlarning kiyimlari to'g'ri siluetda, yoki bel chizig'idan pastga tomon kengaygan bo'ladi, 9-10 yoshda esa qomatga nisbatan sal kengroq bo'ladi, 7- 8 yoshdagi qizlarning ko'ylagi bel chizig'idan teparoqda, biroz tabiiy holatga yaqin qilib tikilgani ma'qul. 9-11 yoshli qizlarning kiyimi esa qomatga nisbatan kengroq bo'lib, turli vositalar yordamida pastga qarab kengayib boradi. Ko'ylak bel chizig'i bo'yicha kesmali bo'lishi ham mumkin, bunday tipdagi ko'ylakning old tomoni yaxlit bo'lib, bel chizig'i bo'yicha ortidan yoki yonidan kesma bo'ladi. Pastki qismi to'g'ri siluetda jemper va bluzkalarning kemasi esa bel chizig'idan birmuncha pastroqqa tushiriladi. Ko'ylakning bunday joyiga klapanlar, cho'ntaklar, plankalar, xlyastiklar qo'yiladi.


XULOSA
“Erkaklar kurtkasini tikish ketma-ketligini tuzish va mayda bo’laklarini tayyorlash” mavzusi bo’yicha kurs ishi bajarildi.
Asosiy qismida mavzu bo’yicha zamonaviy moda yo’nalishi va talablarni o’rganib chiqqan holda berilgan dastlabki ma’lumotlar asosida taklif modellari ishlab chiqildi. Taklif modellari sifat ko’rsatkichlari bo’yicha baholanib asosiy model tanlab olindi.
Tanlangan modelni loyihalash qismida O’zbekiston iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda model va uning hususiyatlariga to’g’ri keladigan tabiiy shoyi gazlamasi tanlandi. Maxsus bo’limda berilgan mavzu bo’yicha ilmiy ish
bajarildi. Bunda uch xil metodika bo’yicha asos konstruktsiya o’rganilib, ularning hususiyatlari tahlil qilindi. Shundan so’ng maxsus bo’lim natijalariga asoslanib metodikasi bo’yicha konstruksiya qurildi va model konstruktsiyasi ishlab chiqilidi. Ishchi xujjatlar tuzilib yangi model andozalari tayyorlandi va gazlama sarflash normasi hisoblandi.
Texnologik bo’limda dastlab loyihalanayotgan komplekt va material hususiyatlariga to’g’ri keladigan zamonaviy asbob-uskuna va tikish usuli tanlandi. Ishlov berish usullari qirqimlarda ko’rsatildi. Diplom loyiha ishida seriyaga ishlov berilganiligi sababli model kolleksiyasiga ishlov berish texnologik tartibi tuzildi va shu asosida ishlab chiqarish parametrlari hisoblanib, ishlab chiqarish oqimining tashkiliy texnologik sxemasi tuzildi. Tashkiliy texnologik sxema analitik va graf usulida tahlil qilindi. Tikuv sexi loyihalanib ish o’rinlari joylashtirilib chiqildi. Mehnat predmetlarini ish joyidan keyingi ish joyiga uzatish uchun aravachalaridan foydalanildi.
Ishni bajarish natijasida yuqori texnika - iqtisodiy ko’rsatkichlarga erishildi. Korxonada loyihalashtirilayotgan potokda rentabellik, foyda va tannarx ko’rsatkichlari ishlab chiqildi.



Download 129,14 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 129,14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Erkaklar kurtkasini bichish va tikish

Download 129,14 Kb.