|
Bog‘cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga muloqotning ta’siri
|
bet | 5/11 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 50,98 Kb. | | #250164 |
Bog'liq Maktabgacha yoshda mehnat faoliyatining xususiyatlariBog‘cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga muloqotning ta’siri.
Bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra bu davrni uch qismga ajratish mumkin: Birinchi davr–bu 3–4 yosh oralig‘ida bo‘lib, bola emotsional jihatdan o‘z–o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘liqdir. Ikkinchi davr–bu 4–5 yoshni tashkil qilib axloqiy o‘z – o‘zini boshqarish. Uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shakllanishi bilan xarakterlanadi.
Axloqiy tushunchalar manbai bo‘lib ularning ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari ham bo‘lishi mumkin. Axloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, shu bilan birga kattalarning, ayniqsa onalarning maqtovi va tanqidlari orqali o‘tadi va mustahkamlanadi. Bola doimo baho, ayniqsa maqtov olishga harakat qiladi. Bu baho va maqtovlarning bola shaxsidagi muvaffakiyatga erishishga harakat xususiyatining rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy hayoti, hamda kasb tanlashida ahamiyati juda katta.
Bog‘cha yoshidagi davrda bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga keladi. U shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot motivlari bu –bolaning tashvishga solayotgan ichki muammolari bilan bog‘liq, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan motivlardir. Bu motivlarga asta – sekinlik bilan bilim, ko‘nikma va malakalarni egalash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qish motivlari qo‘yiladi. Bu motivlar ilk bolalik davrdan boshlanib yuzaga keladigan bolalarning tabiiy qiziquvchanligi o‘rnida paydo bo‘ladi. O‘zini ko‘rsatish motivlari ham bu yoshda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu motiv asosan bolalarning syujetli – rolli o‘yinlarda asosiy rolni egallashga boshqalar ustidan rahbarlik qilishga, musobaqaga kirishishga qo‘rqmasligida, nima bo‘lganida ham yutishga harakat qilishlarida ko‘rinadi. Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar beradigan baholari juda muhim. Bolalar birinchi navbatda maishiy axloq norma va qoidalarni, o‘z majburiyatlariga munosabat, kun tartibiga rioya etish, hayvon va narsalar bilan muomala qilish normalarini egallaydilar. Bunday normallarni egallash bu yoshdagi bolalar uchun qiyin hisoblanib, ularni yaxshi o‘zlashtirish uchun syujetli – rolli o‘yinlar yordam berishi mumkin. Bog‘cha yoshining oxirlariga kelib, ko‘pchilik bolalarda aniq bir axloqiy qarashlar tarkib topadi, shuningdek, odamlarga munosabat bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy sifatlar ham shakllanadi. Kishilarga nisbatan diqqatli, mehribon bo‘lish xususiyatidir. Katta yoshdagi bolalar ko‘p hollarda o‘z xatti – harakatlari sababini tushuntirib bera oladilar .
3–3,5 yosh oraligida o‘zlarining muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga o‘z munosabatlarini bildiradilar va bu munosabat, asosan ularning o‘zlariga beradigan baholari asosida bo‘ladi. 4 yoshli bolalar esa o‘z imkoniyatlarini real baholay oladilar. Lekin 4 –5 yoshli bolalar hali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir emaslar, shuningdek o‘zlari haqida ma’lum bir xulosani bera olmaydilar. O‘z –o‘zini anglash layoqati katta bog‘cha yoshidan boshlab rivojlanib avval u qanday bo‘lganini va kelajakda qanday bo‘lishini fikrlab ko‘rishga harakat qiladi. Bu esa bolalar beradigan «Men kichkina paytimda qanday bo‘lgan edim?», «Men katta bo‘lganimda qanday bo‘laman?» singari savollarida ko‘rinadi. Kelajak haqida fikr yuritib, bolalar kelgusida kuchli, jasur, aqlli va boshqa shu singari qimmatli insoniy fazilatlariga ega bo‘lishiga harakat qiladilar.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida bola xarakterining shakllanishi davom etadi. U asosan bolalarning kattalar xarakterini kuzatishlari asosida tarkib topadi. Shu yillardan boshlab bolada ahamiyatli hisoblangan – iroda, mustaqillik va tashabbuskorlik kabi ahamiyatli shaxsiy xususiyatlar rivojlana boshlaydi. Katta bog‘cha yoshida bola atrofdagi odamlar bilan turli faoliyatlarda muloqot va munosabatlarga kirishishga o‘rgana boshlaydi. Bu esa unga kelajakda odamlar bilan til topishishda, ish bo‘yicha va shaxsiy munosabatlarni normal ravishda o‘rnata olishida foyda keltiradi. Bu yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota-onalari haqidagi fikrlari va ularga beradigan baholari nihoyatda ahamiyatlidir.
Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq odamlar orasidagi axborot almashinuvi jarayoni bo‘lib, bunda o‘zaro munosabatlar shakllanishi, ro‘yobga chiqarilishi va namoyon bo‘lishi ifodalanadi. Bola shaxsining shakllanishida muloqotning roli benihoya kattadir.
Muloqot jarayonida muayyan shaxsiy munosabatlar shakllanadi. Bolada qanday shaxsiy sifatlarning tarkib tapishi ko‘p jihatdan uning atrofdagilar bilan bo‘lgan o‘zaro munosabati xarakteriga bog‘liqdir. Bolaning kattalarga munosabati ishonchli yoki ishonchsiz, yokimli yoki yoqimsiz va hokazo bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, bolalarning kattalarga bo‘lgan munosabati nima bilan belgilanadi? Bu munosabat asosida nimalar yotadi? Bunday masalalar hozircha kam tadqiq qilingan. Ularga nisbatan yondashuvlar mavjud.
M.I.Lisina boshchiligidagi eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, inson ehtiyojining dastlabki yetti yili davomida bolalar va kattalar o‘ptasidagi muloqotning bir necha shakli ketma-ket paydo bo‘ladi hamda birbirining o‘rnini almashtiradi.
Muloqot shakllarining asosiylari quyidagilardir: bevosita emotsional muloqot, biror bir ish yuzasidan vujudga keluvchi muloqot (ishchan muloqot), ayni paytdagi vaziyatga bog‘liq bo‘lmagan va bilishga yunaltirilgan muloqot (bilish muloqot), odam bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bo‘ladigan muloqot (shaxsiy muloqot).
Dastlab, bevosita - emotsional muloqot paydo bo‘ladi. Muloqotning bu shakli asosida bolaning unga nisbatan diqqat e’tiborli va mehribon bo‘lishlariga ehtiyoj his etishi yotadi. Keyinchalik muloqotdagi tashabbusni bola o‘z qo‘liga oladi.
Yilning ikkinchi yarmidan boshlab, nafaqat mehribonlikka ehtiyoj, balki kattalar bilan hamkorlik qilishga bo‘lgan ehtiyoj ham kiritiladi. Bunday ehtiyoj ishchan muloqot davomida qondiriladi. Bola ishchan muloqotga kirishganda, kattalardan yordam so‘rashi, ularni ma’lum bir faoliyat bilan shug‘ullanishga taklif etishi va boshqalarni amalga oshirishi mumkin.
Bilish muloqotida bola kattalar bilan atrof olamdagi narsa va hodisalarni muhokama qiladi. Bunda bola biror bir narsa haqida aytib berishi, savollar bilan murojaat qilishi, kattalardan biror narsa aytib berishlarini iltimos qilishi mumkin.
Bunday turdagi muloqotga kirishishdan maqsad kattalardan zarur bo‘lgan axborotni olishdan iborat, shaxsiy muloqotda esa bola kattalar bilan odam xaqida suhbatlashadi, bunda u o‘zining emotsional holatini tariflab berishi, kattalarni o‘zlari haqida gapirib berishlariga undashi mumkin. Bolaning emotsional qo‘llab quvvatlashiga bo‘lgan ehtiyoji atrof olamga bo‘lgan munosabati va unga berayotgan bahosi kattalarning munosabat va bahosiga mos kelishiga intilishi shaxsiy muloqotning asosini tashkil etadi. M.I.Lisinaning fikricha, aynan shu narsalar bolaning ijtimoiy ehtiyojlari tarkibida markaziy o‘rinni egallaydi.
|
| |