Oila va muhitning bola shaxsi shakllanishiga ta’siri




Download 50,98 Kb.
bet6/11
Sana22.05.2024
Hajmi50,98 Kb.
#250164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maktabgacha yoshda mehnat faoliyatining xususiyatlari

Oila va muhitning bola shaxsi shakllanishiga ta’siri.
Oila bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhitning eng muhim bo‘g‘inidir. Uning bola shaxsi shakllanishiga ko‘rsatadigan tasiri benihoyat kattadir, Bolaning mustaqilligi nisbiy bo‘lib, u ko‘p jihatdan kattalar qaramog‘i va yordamiga muhtoj bo‘ladi. Ota-onaning fikri va munosabati bu davrda shunchalik katta undovchi kuchga ega bo‘ladiki, u xulq-atvorning regulyatori va psixik rivojlanishining stimulyatori bo‘lib xizmat qiladi.
Albatta, har bir oiladagi munosabatlar o‘ziga xos hamda takrorlanmasdir. Biroq ota-ona va bola munosabatlarining umumiy jihatlari ham mavjuddir. Ota onalar bolalar xulq- atvorini boshqarishda qanday usullardan foydalanishlariga ko‘ra o‘rtadagi munosabatlar ko‘pincha "demokratik" va "avtoritar" nazorat qiluvchi kabilarga ajratiladi. Bolalarga oilaviy ta’sir etishning "demokratik" shakli uchun quyidagilar xos: bolaga ko‘p narsaga ruxsat beriladi, bola bilan ko‘p aloqa qilinadi, unda ishonch va hurmat bilan munosabatda bo‘linadi, ota-onalar bo‘lar-bo‘lmas ta’qiblarini qo‘ymaslikka harakat qiladilar, buning o‘rniga ular bolalarga oiladagi tartib qoidalarni tushuntirishga intiladilar. Iloji boricha bolalarining savollariga javob berishga, ularning qiziquvchanliklarini qondirishga xapakat qiladilar. Oiladagi "avtoritar" muhit bolalarga nisbatan haddan tashqari ta’qiqlarning ko‘pligi bilan xarakterlanadi. "Hukmron" ota-onalar boladan to‘liq bo‘ysunishini talab qiladilar. Bunday oilalarda bolalarga xulq-atvor qoidalarini tushuntirishga qaratilgan muloqot kamdan-kam o‘tkaziladi.
Shu narsa aniqlanganki, "avtoritar" va "demokratik" oilalarda tarbiyalanuvchi bolalarning shaxsiy xususiyatlarida muayyan farq mavjud bo‘ladi. "Demokratik" oilalarning farzandlari ijodkorlikka moyil tashabbuskor, liderlikka intiluvchan, konformizmni (guruh; fikriga tobe bo‘lishni) inkor etuvchi ijtimoiy munosabatlarida ko‘proq emotsiyalarni his etuvchi bo‘ladilar.
Sotsiometrik tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, oiladagi muhit iliq ota-ona va bola o‘rtasidagi munosabatlar demokratik asosga qurilgan bo‘lsa, bola o‘z tengdoshlarining orasida jamoada yuqori mavqega, aksincha, nosog‘lom oilada tarbiyalanayotgan bolalar ancha past mavqega ega bo‘ladilar.
Oiladagi psixologik iqlim, ya’ni bolalar bilan bo‘lgan muloqot xarakteri, ularga mexr-muhabbat bilan, diqqat e’tibor bilan munosabatda bo‘lishi o‘sib kelayotgan shaxs axloqiy qiyofasining shakllanishida o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham barkamol inson tarbiyasi avvalo oiladagi muhitning sog‘lom bo‘lishini taqozo qiladi.
Oilaning bola shaxsi shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni beqiyos ekan, oila a’zolari bolalarining psixik rivojlanishini ta’minlash uchun oilada sog‘lom munosabatlar muhitini yaratishlari lozim, tarbiyachilarning eng asosiy yordamchisiga aylanishlari kerak.
Bolaning psixik rivojlanishida uning boshqa bolalar bilan bo‘ladigan muloqati muhim ahamiyatga egadir. Tengdoshlariga bo‘lgan qiziqishlari bolada kattalarga bo‘lgan qiziqishidan biroz keyinrok bir yoshning oxirlarida paydo bo‘ladi, biroq u borgan sayin, ayniqsa, bog‘cha yoshi davrida mustahkamlanib boradi.
4-5 yoshli bola uchun eng og‘ir jazo - bu uni o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishidan maxrum etishdir. Bolalar guruhiga tushib qolgan davrdan boshlab bolaning individual rivojlanishini uning "bolalar jamiyati" a’zolari bilan bo‘lgan munosabatlarini hisobga olmay ko‘rib chiqish va o‘rganish mumkin emas.
Y.A.Kamenskiy bog‘cha yoshidagi bolalar guruhini odamlar ijtimoiy birligining ilk pog‘onasi, "kurtagi" deb hisoblaydi.
Bolalar o‘z tengdoshlari jamoasiga intiladilar. Biroq, har doim ham ular tengdoshlari bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatishga erishavermaydilar. Ba’zi bolalar guruhda ancha faol bo‘lib, o‘zlarini go‘yo "suvdagi baliqday" his etadilar. Ayrimlari anchagina noqulaylikni, o‘zlariga nisbatan ishonchsizlikni, boshqalarga tobelikni his etadilar. Nega shunday? Tengdoshlar bilan bo‘lgadigan ijobiy munosabatlar bolada birdamlik hissini kuchaytirib, uning guruhga qattiq bog‘lanib qolishiga sabab bo‘ladi. Biroq, ijobiy munosabatlarning yo‘qligi bolani tushkunlika solib, uni xavotirlanuvchi yoki agressiv qilib qo‘yishi mumkii. Bu esa unda bolalarga, umuman, odamlarga nisbatan salbiy munosabatni shaklantirishi, ularni yakkalanuvchanlikka moyil qilib qo‘yishi ham mumkin.
Ko‘p bolali oilalarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola shaxsining rivojlanishiga aka-ukalari, opa - singillar ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Aka-ukalar va opa - singillar bolaga eng yaqin bo‘lgan mikromuhit tarkibiga kirib, unda markaziy o‘rinni egallaydi. Ba’zi tadqiqotchilar, hatto, shunday fikrdaki, oila azolarining soni ko‘paygan sari bolalarga ota-onaning ta’siri susayib, aka-ukalar opa-singillar ta’siri kuchayib boradi. Katta akalari va opalari davrasida bola o‘zini emotsional himoyalanganday his qiladi. Aka-opalar esa o‘zlarini mehribonlik his-tuyg‘ularini, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ular o‘rtasida bola o‘zining tashvishlari, qiziqishlari bilan o‘rtoqlashishi mumkin. Akalaru, opalar esa uning ehtiyojlari, jumladan, muloqotda bo‘lish extiyojini qondirishlari mumkin.
Demak bog‘cha yoshdagi bolalarning boshqa bolalar bilan bo‘lgan ancha murakkab va xilma-xil munosabat turlari shakllanadi va ana shu munosabatlar ma’lum miqdorda uning shaxs shakllanishini belgilab beradi. O‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishiga qiynalayotgan, muloqotda bo‘lish ehtiyoji yetarlicha shakllanmagan bolalarning tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabatlarini faollashtirmaslik lozim. Yaxshisi, dastlab umumiy qiziqishlarga ega bo‘lgan 1- 2 ta sherikni topish, keyinchalik asta-sekin muloqot doirasini kengaytirib borish maqsadga muvofiqdir. Bolalarda noto‘g‘ri shakllanib ulgurgan muloqot motivlarini qaytadan qurish avvalo, boshqalarning fikri bilan hisoblashishga o‘rgatish ancha foydalidir.
Kattalarning bog‘cha yoshidagi bola shaxsi shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri bolaning boshqa faoliyatlari masalan, rasm chizish, turli narsalar yasashi, applikatsiyalar tayyorlashi, o‘quv vazifalarini bajarishi vaqtida ham amalga oshiriladi. Ushbu faoliyatlarni bajarishi davrida bolalarda kattalar va tengdoshlari tomonidan ijobiy bahoga sazovor bo‘ladigan narsani yaratishga yo‘nalganlik qaror topadi, ijtimoiy yo‘nalganlik shakllanib boradi, bilish motivlari va boshqa shaxsiy xususiyatlari tarkib topib boradi.

Download 50,98 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 50,98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oila va muhitning bola shaxsi shakllanishiga ta’siri

Download 50,98 Kb.