|
Dizayn va model tushunchasi
|
bet | 3/7 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 206 Kb. | | #141501 |
Bog'liq Badiiy modellashtirish mazmuni 1.2. Dizayn va model tushunchasi.
Intuitiv fikrlashga asoslangan ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish metodi evristik metodlar guruhi deb ataladi. Ixtirochilik masalalarini yechish metodlari G.S.Altshuller, L.V.Aleksandrov va boshqalar tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, ular o‘z tadqiqotlarida evristik hamda tahliliy metodlar guruhini ajratib ko‘rsatadilar. Evristik metod vositasida ijodkorlik masalalarini yechishga an’anaviy yondashish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: muammodan kelib chiquvchi masala shartlarini aniqlash; xususiy hol uchun muammoni tahlil qilish va maqsadni shakllantirish; masalani hal qilish rejasini tuzish; rejani amalga oshirish va masalani qisman hal qilish; topilgan yechimlarni maqsadga muvofiqligini tadqiq qilish va maqbulini tanlash. Ijodkorlik masalalarini yechishning tahliliy metodida muammo yechimini topish uchun uning matematik modelini qurish ko‘zda tutiladi. Bu metodda yechim aniqligi obyekt yoki jarayon ko‘rsatkichlarining o‘rganish uchun ishlab chiqilgan model ko‘rsatkichlariga mutanosiblik darajasi bilan belgilanadi, ijodkorlik masalalarini tadqiq qilishning keltirilgan metodlarini talabalar faoliyatiga moslash uchun ularni amalga oshirish qadamlarini birmuncha soddalashtirish hamda subyektiv ixtirolardan foydalanish uchun qo‘llashda ikkala guruhga tegishli metodlardan iborat umumiy majmua ishlab chiqish talab etiladi. Har bir mashinasozlik zavodida bosh konstruktor bo‘limi bo‘ladi. Ishlab chiqariladigan buyumlarning turiga ko‘ra asosiy va ixtisoslashtirilgan konstruktorlik buyumlardan tashkil topadi. Konstruktorlik tashkilotlari shug‘ullanadigan loyihalash obyektiga loyiha topshirishini tuzishda obyektni yasash uchun ishchi chizmalarni tayyorlashgacha bo‘lgan ishlar majmuidan iborat bo‘lib, juda murakkab va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Konstruktorlik hujjatlarga grafika va tekst shaklidagi hujjatlar kiradi. Ular alohida holda yoki birgalikda buyumning tarkibi va tuzilishini belgilaydi. Uni ishlab chiqish yoki tayyorlash, nazorat, qabul ekspluatatsiya va remont qilish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Texnik modellashtirishga kirishishdan oldin «model» va «maket» tushunchalarining aniqlab bilib olish zarur. Model haqiqatdan obyektning yoki undagi asosiy uzellarning nusxasidir. Shuningdek u xarakatlanadigan va o‘z namunasi (haqiqiy obyekt)ning funksiyalari ixcham holda bajaradigan ham bo‘lishi kerak. Maket - obyektning konsturksiyasini yaqqolroq tasavvur etish imkonini beradigan umumiy hajmi tasavvurdir. Ishlab chiqarish sharoitlarida yangi mashinalarni yaratish jarayonini ham, o‘quv ustaxonalarida texnik modellarni yasash jarayoni ham quyidagi jihatlarini tashkil qiladi: texnik maqsadning (mashinalar) mexanizmlar konstruksiyasini, modellar yasash fikrining vujudga kelishi: o‘ylangan texnik maqsadga, texnik talablar qo‘yish: konstruksiya eskizlarini tuzish va uni muhokama qilish, texnologik jarayonni ishlab chiqarish hamda kerakli materiallar va asboblarni tanlash; mo‘ljallangan buyum detallarini tayyorlash va ularni uzellarga, uzellarni buyumlarga yig‘ish, buyumni ishlatib sinash va rostlash. Texnikada ishlatiladigan modellar 3 tipga bo‘linadi.
1-tip - geometrik o‘lchamlari o‘xshash. Ko‘rgazmali qurol maqsadida ishlatiladigan obyektning tashqi qiyofasini anglatadigan. Geometrik modellar ta’limda keng qo‘llaniladi. Jumladan bunday modellar o‘quvchilarni texnika obyektlarining ishlash mezonlari va umumiy tuzilishi bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, ishlab chiqarishning eng zamonaviy yo‘nalishlari bilan faqatgina kitob va jurnallarda keltirilgan chizmalar va rasmlar orqali tanishadilar, ya’ni obrazli-belgili ideal modellardan foydalanadilar. Biroq ular obyekt to‘g‘risida to‘la tushuncha hosil qilish imkonini bermaydi. Shu sababli keyingi yillarda model va maketlardan keng foydalanilmoqda.2-tip - fizikaviy o‘xshashligi. Bu faqat tashki qiyofasini anglatmasdan balki o‘rganilayotgan obyektning harakat dinamikasi, o‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlari, xususiyatlari va o‘xshashliklarini ko‘rsatadi. Bunday modellarni yaratishda nafaqat obyektlarning tuzilishini o‘rganish, balki ulardagi jarayonlar dinamikasini o‘rganish ham ko‘zda tutiladi. Fizik modellashtirishda model va uning prototipi bir xil turdagi fizik tabiatga ega materialdan tuzilgan deb qaraladi, ya’ni, suyuqlik harakati suyuqlik harakati bilan, elektr toki elektr toki bilan, samolyot modelining uchishi uning modeli uchishi bilan almashtiriladi. Biroq, bir fizik hodisani ikkinchi bir mos holat bilan ham almashtirishga ruxsat etiladi, misol uchun suyuqlikning oqishini elektr toki, suvning qumlardagi harakatini issiklik uzatilishi bilan va b.
Modellar dinamik va statik bo‘lishi mumkin. Texnik modellash jarayonida konstruksiyalash elementlarini o‘rgatish tajribali qator murakkab vazifalarni quyidagi tartibda bajarish ayni maqsadga muvofiqligi ko‘rsatadi: chizmalar eskizlarini o‘qish va tayyorlanadigan detallar konstruksiyasini tushuntirish, hisoblash asosida ayrim detallarning konstruksiyalarini o‘zgartirish, ana shu o‘zgartirishlarni chizmaga kiritish va kinematik sxemasini tuzish: detallarni biriktirish va mustaxkamlash yo‘llarini belgilash; detallarni yig‘ish jarayonida ularni o‘rnatish joylarga ko‘ra konstruksiyalash; konstruksiyada yetishmaydigan detallar va uzellarni konstruksiyalash; texnik talablar, shuningdek topshiriq bo‘yicha yoki ixtiyoriy ravishda detallar tayyorlash, detallarni uzellarga, uzellarni detallarga yig‘ish va modelni ishda sinab ko‘rish aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, modelni takroran ishda sinab ko‘rish va pardozlash.
|
| |