• III.Xulosa IV.Foydalanilgan Adabiyotlar KIRISH
  • I. Kirish II. Asosiy qism. Shifrlash tarixi haqida




    Download 30,52 Kb.
    bet1/7
    Sana10.01.2024
    Hajmi30,52 Kb.
    #134193
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    I. Kirish II. Asosiy qism. Shifrlash tarixi haqida-fayllar.org


    I. Kirish II. Asosiy qism. Shifrlash tarixi haqida

    Mavzu: Mavjud standart blokli simmetrik (DES, ГОСТ 28147-89, AES va boshqa) shifrlash algoritmlari
    Reja:

    I.Kirish

    II.Asosiy qism.

    1.Shifrlash tarixi haqida

    2.Zamonaviy kriptagrafiya turlari

    3.Mavjud Standart shifrlash algoritmlari (ГОСТ 28147-89, AES, DES)

    III.Xulosa

    IV.Foydalanilgan Adabiyotlar


    KIRISH

    “XXI asr – axborot texnologiyalari asri” - deb bejizga aytmaganlar Prezidentimiz I. A.Karimov. Bu asr ostida odamzot tasavvur qilaolmagan sunʼiy intellekt robotlari, texnologiyalar va boshqa texnik qurulmalar yaratilishiga hech kim shubha qilmasa kerak. Axborot texnologiyalarni rivojlanishi har bir mamlakat uchun ish unumdorligini oshishi, sifati va eng asosiysi ish samaradorligi yuqori darajada boʻlishini taʼminlab beradi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillik yillari axborotlashtirish sohasida inqilobiy oʻzgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qulayliklar yaratish bilan bir qatorda yangi muammolarni ham oʻrtaga qoʻymoqda. Mustaqillik yillari mamlakatimizda axborot telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal surʼatlar bilan rivojlanib borishi global axborot jamiyatida Oʻzbekiston Respublikasi ham munosib oʻrin egallashiga katta taʼsir koʻrsatdi. Hozirgi kunda telekommunikatsiya axborot tizimlarida bazalarida saqlanayotgan aylanayotgan axborot va xavfsizligiga tahdid keskin oshib bormoqda. Natijada axborot xavfsizligi muammosi Oʻzbekiston Respublikasi uchun ham dolzarb muammoga aylandi. Hozirgi kunga qadar axborot xavfsizligini taʼminlashda yengishonchli vositalardan biri axborotni kriptografik himoya qilish vositalari hisoblanadi. Respublikamizda bu yoʻnalish jadal surʼatlar bilan rivojlanmoqda. Yangidan yangi kriptografik tizimlar, algoritmlar, standartlar ishlab chiqilmoqda va turli sohalarga tadbiq yetilmoqda. O’zbekiston Respublikasida kriptografiya sohasida ilmiy tadqiqotlar boshlanganiga hali koʻp (10 yil ham) boʻlgani yoʻq. Respublikada Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi olimlari birinchilardan boʻlib, kriptografiya yoʻnalishi boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni boshlab yubordilar. 1974-yilda oʻzbek olimi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, professor Xasanov Poʻlat Fattoxovich tomonidan taklif yetilgan diamatritsalar algebrasini markazi direktor oʻrinbosari Xasanov Xislat Poʻlatovich tomonidan kriptografiya masalalarini yechish uchun takomillashtirilib topilgan parametrli algebra ishlab chiqildi. Buning natijasida Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazining bosh ilmiy xodimi Xasanov P. F. rahbarligida 2002-yilda kriptografiya boʻyicha birinchi patentga talabnoma berildi. Bu patent 2006-yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat patent idorasi tomonidan roʻyxatga olindi va “Raqamli imzoni shakllantirish va autentifikatsiya usuli” ixtirosi uchun 03070-sonli patent berildi. 03070-sonli “Raqamli imzoni shakllantirish va autentifikatsiya usuli” patenti gʻoyalari Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining kriptografiya sohasidagi dastlabki davlat standartlariga asos boʻldi. Oʻz DSt 1092:2009 “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi, elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish jarayonlari”, Oʻz DSt 1105:2009 “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Maʼlumotlarni shifrlash algoritmi”, Oʻz Dst 1106:2009 “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Xeshlash funksiyasi” shular jumlasidandir. Kriptografiya yoʻnalishini rivojlantirishga davlatimiz tomonidan ham katta ahamiyat berilmoqda. Bunga keyingi yillarda qabul qilingan bir nechta qonun va meʼyoriy hujjatlar, jumladan, “Elektron raqamli imzo”, “Elektron hujjat aylanishi” toʻgʻrisidagi qonunlar, Prezidentimizning 2007-yil 3-aprelda qabul qilgan “Oʻzbekiston Respublikasida axborotning kriptografik himoyasini tashkil yetish chora-tadbirlari” toʻgʻrisidagi qarori misol boʻlishi mumkin.


    Download 30,52 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 30,52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. Kirish II. Asosiy qism. Shifrlash tarixi haqida

    Download 30,52 Kb.