6
uzatmalarning murakkab tarmog’i, avtomatlashtirish va boshqarish
vositalari bilan quduqqa gazni uzatgichlar kiradi. Motokompressorli gaz
kompressor stantsiyasi quduqga gazni uzatishda va siqib berishda
qo’llaniladi, berilgan energiya yordamida quduq ichidagi suyuqlik yer
ustiga ko’tariladi.
2.
Bekituvchi qurilmalar–neft, gaz va suv uzatmalarini bekitishda
va germetiklashda keng qo’llaniladigan jihozlarning turiga kiradi. Bekitish
qurilmalari favvora armaturasida suyuqlik yoki gazni oqimini boshqarish
hamda gazlift va boshqa turdagi quduqlarni ishlatishda qo’llaniladi.
3.
Nasos kompressor quvurlari neft va gaz qazib olish sanoatida
keng qo’llaniladi. Quduqlarni favvora, gazlift va mexanik usullarda
ishlatishda ko’targichlar sifatida foydalaniladi hamda har xil turdagi
texnologik jarayonlarda, yuqori bosimli quvurlarda ko’pincha burg’ilash
jarayonida ham qo’llaniladi.
4.
Mexanik uzatmali shtangali nasoslar neft sanoatida keng
qo’llanilmoqda, ular yordamida quduqlarning ikki qismi ishlatiladi. Jihoz
shtangali nasos yordamida suyuqlikni ko’tarishga mo’ljallangan. Guruhga
quduq nasosi mansub bo’lib, nasos kompressor quvurlar yordamida
harakatga keltiriladi. Nasos shtangasi va yer usti uzatmalari kiradi, energetik
qurilma va mexanik aylantirgich valning aylanma harakatini shtanga
tizmasini ilgarilanma – harakatini uzatuvchi qurilmadir.