I ma’ruza. Neft va gaz kon jihozlarining turlari va ularning tasnifi Reja




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana06.12.2023
Hajmi0,89 Mb.
#112466
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hhhh
Geografiya 7-sinf Nazorat ishi-2 (1), MS excelda funksiya va formulalar, Oliy matematika. 3-jild (Yo.Soatov), MM-58-2 Odilova Dilobar Nazorat ishi Mustaqil ish, Media ishchi sirtqi, 7 sinf fizika fanidan iv chorak 1396-6-20-6-41, 1-amaliy ish, 11.Талим соҳасидаги ислоҳотлар, 11. Тошкент вилояти, Документ Microsoft Word, BTL bayon, Malumotlar amaliyot 3, BEhzod, 1 амалиёт
5. Gidravlik uzatmali shtangali qurilmada mexanik aylantirgichni 
o’rniga gidravlik qurilmaning qo’llanilishi bilan farq qiladi, metall sarfini, 
massasini keskin kamaytiradi, qurilmaning tagiga quvvatli poydevor qurish 
talab qilinmaydi. Mexanik uzatmali qurilmaning gidravlik uzatmalarining 
ko’p sonli turlari mavjud, o’lchamlari konstruktiv variantlari har xil 
parametrlarga va tasniflarga ega. 
6. Shtangasiz qurilma markazdan qochma elektr nasoslar 
yordamida yuqori debitli quduqlarni ishlatishga mo’ljallangan. Ko’p sonli 
har xil o’lchamlarda tayyorlanadi va yetkazib beriladi, uning tarkibiga elektr 
dvegatelli markazdan qochma nasos quvurining birikmasi kiradi va 
ingichga mustaqil kabel yordamida quduqqa birgalikda tushiriladi va elektr 
uzatma bilan yer ustidan boshqariladi. 
7. Shtangasiz elektr vintli quduq nasoslari debiti katta bo’lmagan 
quduqlarni ishlatishda qo’llaniladi va markazdan qochma vintli nasoslardan 
farq qiladi. 
8. Shtangasiz gidravlik porshenli quduq nasoslar chuqur va qiya 
yo’naltirilgan quduqlarda qo’llaniladi. Qurilmaning tarkibiga nasos 
qurilmasining birikmasi orqali quduqqa tushiriladigan gidravlik uzatmali 
nasoslar, yer usti kuch beruvchi uzatmali nasoslar, gidravlik uzatma, quduq 
nasosiga ishchi suyuqlikni haydagich va ishchi suyuqliklar tayyorlanadigan 
tizimlar kiradi. 
9. Bir quduq orqali bir nechta har xil tasniflarga ega bo’lgan 
qatlamlardan foydalanadigan jihozlar bir stvolga joylashtiriladi va tarkibiga 
har xil turdagi jihozlarning majmuasi kiradi (favvora va nasoslar), natijada 



bir quduq orqali ko’p qatlamli neft va gaz konlari birgalikda ishlatiladi va 
ishlatish quduqlarining soni qisqartiriladi. Bu guruhdagi jihozlarning 
tarkibiga quduq stvolini ajratuvchi quduqqa tushiriladigan pakerlar, 
ko’targichlar – u yoki bu usulda quduq ichidan suyuqlikni yer ustiga 
ko’tarib beradi, quduq ustida joylashtirilgan jihozlar har xil tasnifdagi qazib 
olingan neft yoki gazni yig’ish tizimlariga yo’naltiradi. 
III guruh. Birinchi holatda yer osti ta’miri kapital ta’mirlash, ikkinchidan esa 
– quduqni joriy ta’mirlash deyiladi. Bundan tashqari shu guruhdagi jihozlar orqali 
quduq kapital ta’mirdan keyin ba’zida esa burg’ilangandan so’ng o’zlashtiriladi. Bu 
guruhdagi jihozlardan quduqlarni favvora, gazlift yoki nasos ko’targichlar 
yordamida jihozlashda ham foydaniladi. 
Guruhga quyidagi jihozlar kiradi: 
1. 
Ko’targichlar – tushirish-ko’tarish operatsiyalarida quduq 
ichidagi favvora va gazliftlarning hamma turdagi quduq nasoslarini, quvur 
tizmasini, shtangani, kabellarni ko’tarib olishda qo’llaniladi. 
2. 
Barqaror (ko’chmas) yuk ko’taruvchi inshootlar ko’targichlar 
bilan birgalikda qo’llaniladi. Ko’targichlar tarkibiga uzatmalar, chig’ir, 
transport bazasi, polispast tizimi kiradi va ulardan asosan joriy tamirlashda 
foydalaniladi. 
3. 
Tushirish-ko’tarish agregatlarining tarkibiga – transport 
bazasida kuch uzatmalarini agregatlash transmissiyasi, chig’ir polispast 
tizimi, minora, tokchalar, quvurlarni tushirish va ko’tarish uchun 
mexanizatsiya vositalari, shtangalar, ko’chma minoralar uchun kabellar 
kiradi. Guruhcha tarkibiga har xil turdagi agregatlar, yuqorida keltirilgan 
agregatlar, har xil qo’shma va konstruktiv bajarilgan holda qo’llaniladi. 
Transport bazasida jihozlar agregatlanadi, har xil avtomobillar, transportlar 
va boshqa turdagi tashigichlardan foydaniladi. 
4. 
Bu kichik guruhda tushirish-ko’tarish asboblari quvurlarni yoki 
shtangalarni yer osti ta’mirlash ishlarini ko’targichlar yordamida va maxsus 
qurilmalar jamlanmasi bilan birgalikda – quvur elevatorlari va shtroplar, 
kalitlar, spayderlar, manipulyatorlar qo’llaniladi. Bu qurilmalarning eng 
muhim tomoni shundaki, amalga oshiradigan ishlariga qarab ularning har xil 
turlarini kichik guruhlarga birlashtirish mumkin. Elevatorlar va shtroplar bir 
guruhga kirib, yuk ko’taruvchi qurilmalar jumlasiga kiradi, mufta tagidagi 
quvurlar tizmasini osib saqlab turadi. Quvurlarning kaliti – quvurlarni, 
shtanga quduqqa tushirilganda yoki quduqdan ko’tarib olishda mahkamlash 
yoki 
echishda 
qo’llaniladi. 
Quvurlarning 
kaliti 
dastakli, 
mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan turda bo’ladi. 
Spayderlar alohida mustaqil guruhga bo’linadi, quvurlar tizmasini og’irligini 
silindrik sirtidan saqlab va qisib turuvchi qurilmalarga mansubdir. Spayderlar 
mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan bo’ladi. U elevator bilan birga ishlaydi 
va yuk ko’taruvchi mexanizm hisoblanadi. Yuk ko’tarish quvvati 100 tonna va 
undan ortiq bo’ladi. Manipulyatorlar yordamida quvur va shtangalarni tushirish-
ko’tarish operatsiyalarini ko’chirish jarayonlari amalga oshiriladi. Tushirish-
ko’tarish operatsiyalarida shtangalar bilan oddiy asboblar va moslamalar birgalikda 



foydalaniladi. Mexanik yoki avtomatik shtangali kalitlar kam qo’llanilganligi uchun 
ularni alohida kichik guruh qilish mumkin. Mexanik va avtomatik spayderlar, 
kalitlar, manipulyatorlar tushirish-ko’tarish operatsiyalari uchun kompleks 
agregatlar tuzilishi mumkin yoki ulardan alohida foydalaniladi. Avtonom uzatmalar, 
IYod (ichki yonuv dvigatel) yoki gidravlik hamda pnevmatik elektrodvigatellarning 
alohida bajarilmasidan quduqlarni yer osti ta’mirlashda keng qo’llaniladi. Shuning 
uchun ularni mustaqil kichik guruhga ajratish muvofiq bo’ladi. 
5. 
Bosim bilan quduqlarni ta’mirlashda qo’llaniladigan jihozlar. 
Yuqori qatlam bosimga ega bo’lgan quduqlarni ta’mirlash ishlari odatda 
ochiq favvoralarni kelib chiqishi bilan bog’liqdir. Bunday holatlarni oldini 
olish hamda quduqlarga quvurlar tizmasini yoki shtangalarni bosim ostida 
tushirishda bu jihozlarning jamlanmasi qo’llaniladi. Bu jamlanmaning 
tarkibiga quduqqa tushiriladigan quvurlar, shtangalar va qurilmalar quduq 
ustini germetiklash uchun bosim bilan bostiradigan ko’taruvchi maxsus 
qurilmalar ham qo’shiladi. Ko’taruvchi qurilmani tushirish-ko’tarish 
operatsiyasini mexanizatsiyalashtirish uchun u gidravlik vosita bilan 
jihozlanadi. 
6. 
Ochiq favvoralarni bartaraf qiluvchi jihozlar. Quduq jihozlarini 
ishlamay qolishi, uning noto’g’ri tanlanishi, ba’zida texnologik jarayonlar 
yetishmagan malakada bajarilganda ochiq favvoralar paydo bo’ladi. Ochiq 
favvoralarni bartaraf qilishda ba’zida yong’inli favvoralarni to’xtatishda 
bosim oshishini ta’minlashda qo’llaniladigan jihozlar bilan birgalikda 
maxsus manipulyatorlar va yong’inga qarshi oraliq masofadan kurashuvchi 
texnikalardan foydalaniladi. 
7. 
Quduqlarni yuvishda qo’llaniladigan jihozlar. Quduqlar 
ishlatish davrida uning stvoliga qum va loy zarrachalari yopishadi va tiqin 
ko’rinishida tiqilib qoladi. Quduqning stvoli va filtri smola, parafin, 
korroziya mahsulotlari va boshqa moddalar bilan ifloslanadi, kapillyar 
kanallari yomonlashadi. Ba’zida quduqqa kirib keladigan suyuqlik yoki 
gazning oqimini to’liq bekitib qoyadi. Qumli tiqinlar kuchli agregatlar yoki 
parmalash yo’li orqali yuviladi. Bu guruhdagi jihozlarga yuvuvchi agregatlar 
mansub bo’ladi, quduqlarni ifloslantiruvchi smolalarni, parafinlarni va 
korroziya mahsulotlarini yuvib chiqarishga imkoniyat yaratadi. 
8. 
Parafinsizlantiruvchi jihozlarni ko’taruvchi jihozlarda o’tirib 
qolgan parafinlarni ishlatish davrida yoki quduqlarning yer osti jihozlarida 
ta’mirlash davrida tozalab chiqaradi. Birinchi holatda mexanik usul 
qo’llaniladi, ikkinchi usulda issiqlik usullari qo’llaniladi. 
9. 
Quduqlarni kapital ta’mirlash jihozlarigaeng murakkab 
jihozlar kiradi, unga bir butun murakkab qurilmalar mansubdir, sxemasi va 
funktsional mo’ljallanishi boyicha burg’ilash qurilmalariga o’xshashdir. Bu 
qurilmalar yordamida burg’ilash, sementlash, quduqning egriligini 
to’g’rilash, o’zlashtirish uchun burg’ilash minorasi, asosi, tal tizimi, chig’ir, 
yuvish tizimi, rotor, vertlyug, yetakchi quvur uzatma va transmissiya, 
transpotr bazasi qo’shiladi. Burg’ilab tugallangan, ta’mirlangan quduqlarni 
o’zlashtirishda ba’zida o’zlashtirishda mobil agregatlar qo’llaniladi. 



10. 
Quduqlarni kapital ta’mirlash asboblari quduqdagi avariyalarni 
bartaraf qilishda, stvolni to’g’rilashda, quduq ichiga tushib ketgan ba’zi bir 
detallarni chiqarishda, frezerlashda, kapital ta’mirlashda, ba’zida joriy 
ta’mirlashda qo’llaniladi. 
11. 
Quduq ichi ishlarida qo’llaniladigan jihozlar. Quduqning ichki 
jihozlari va ko’taruvchi jihozlar, quduqqa tushirilgan qirquvchi-klapanlar, 
pakerlar, gazlift klapanlari davriy ravishda almashtirilib turiladi. Davriy vaqt 
oralig’ida quduq ichi parametrlari (harorat, bosim va hakozo) o’lchanib 
turiladi. Bunda hamma quduq ichidagi ishlar maxsus agregatlar, moslamalar 
va asboblardan tashkil topgan bo’ladi, mustaqil jamlanmalar yordamida 
bajariladi. 

Download 0,89 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I ma’ruza. Neft va gaz kon jihozlarining turlari va ularning tasnifi Reja

Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish