Modda almashinish qurilmalari. Rektifikastion qurilmalarning tuzilishi va ishlash prinstipi. Kolonnali qurilmalarning kontakt elementlari. Rektifikastion kolonnalarni hisoblash va loyihalash




Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana14.12.2023
Hajmi0,74 Mb.
#118272
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 Rektifikatsion kolonna



Modda almashinish qurilmalari.
Rektifikastion qurilmalarning tuzilishi va ishlash prinstipi. Kolonnali 
qurilmalarning kontakt elementlari. Rektifikastion kolonnalarni hisoblash va 
loyihalash
 
Modda almashinish yoki diffuzion jarayonlar neftni qayta ishlash zavodlarida 
keng tarqalgan jarayonlardan hisoblanadi. Bu jarayonlarning texnologik vazifalari 
turlicha bo’lsada, ammo barchasining mohiyati shundan iboratki, diffuziya yo’li bilan 
modda bir fazadan ikkinchisiga o’tishi bilan aralashmalar ajratiladi. 
Diffuzion jarayonlar qaytar bo’lib, ularning yo’nalishi fazalar muvozanati, modda 
almashinuvchi fazalardagi hiqiqiy konstentrastiyalar, temperatura va bosim bilan 
belgilanadi. 
Har bir modda almashinish apparati muayyan modda almashinish jarayoni nomi 
bilan ataladi. Masalan, rektifikastion kolonna suyuq va gaz fazalar orasida 
komponentlarni aniq ajratish uchun boradigan rektifikastiya jarayonini amalga oshirish 
uchun ishlatiladigan apparat bo’lib hisoblanadi. Adsorberlarda qattiq va suyuq fazalar 
orasidagi moddaalmashinish, ekstraktorlarda ikkita suyuq fazalar orasidagi 
moddaalmashinish jarayonlari boradi. 
Asosiy moddaalmashinish apparatlari – rektifikastion kolonnalar, adsorbstion, 
absorbstion, ekstrakstion apparatlar metall sig`imi bo’yicha neftni qayta ishlash 
zavodlaridagi barcha qurilmalarning yarmidan ko’pini tashkil etadi. 
Fazalarning kontakt usuliga ko’ra kolonnali apparatlar tarelkali, nasadkali va 
plenkali turlarga, apparatdagi bosimga ko’ra atmosfera bosimli, yuqori bosimli va 
vakuumli turlarga bo’linadi. 
Ishlatiladigan barcha kolonnali apparatlarning 60 % i tarelkali va 40 % i nasadkali 
kolonnalardir. 
Tayyorlashning qiyinligi va tannarxining yuqoriligi natijasida plenkali kolonnalar 
kam ishlatiladi. 
Rektifikastion qurilmalar asosan ikki turga bo’linadi: 1) pog`onali kontaktli 
qurilmalar (tarelkali kolonnalar); 2) Uzluksiz kontaktli qurilmalar (plyonkali va 
nasadkali kolonnalar). Tarelkali, nasadkali va ayrim plyonkali qurilmalar ichki tuzilishi 
(tarelka, nasadka) ga ko’ra absorbstion kolonnalarga o’xshash bo’ladi. Rektifikastion 
kalonnalarni hisoblash ham bir har tipdagi absorbstion qurilmalarni hisoblashdan 
farq qilmaydi. Faqat dastlab yuqorigi va pastki kolonna alohida hisoblanadi, so’ngra 
rektifikastion qurilmaning umumiy ish balandligi aniqlanadi. Rektifikastion kalonnalar 
(absorberlardan farqli) qo’shimcha issiqlik almashinish qurilmalari (isitgich, 
qaynatgich, haydash kubi, deflegmator, kondensator, sovitgich) bilan ta’minlangan
bo’ladi. Bundan tashqari atrof muhitga tarqaladigan issiqlikning yo’qolishini 
kamaytirish uchun rektifikastion kalonnalar issiqlik himoyasi bilan qoplanadi.

Download 0,74 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Modda almashinish qurilmalari. Rektifikastion qurilmalarning tuzilishi va ishlash prinstipi. Kolonnali qurilmalarning kontakt elementlari. Rektifikastion kolonnalarni hisoblash va loyihalash

Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish