• 3. Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 4. Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot Tayanch
  • 1. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
  • I. O’quv materiallari ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari




    Download 380.98 Kb.
    bet1/42
    Sana05.11.2023
    Hajmi380.98 Kb.
    #94364
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
    Bog'liq
    54057 Мавзулар матни
    5.Industrial iqtisodiyot fani bo’yicha, Lecture 2

    I.O’QUV MATERIALLARI
    1. MA’RUZA BO’YICHA O’QUV MATERIALLARI


    1-Mavzu: Bolalar psixologiyasi o‘quv fani sifatida tutgan o’rni
    Reja:
    1. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
    2.Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoriyalari
    3. Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
    4. Bolalar psixologiyasi: nazariya va amaliyot


    Tayanch tushunchalar: Ontogenez, filogenez, sensor, senzitivdavr, kognitsiya, kognitiv rivojlanish, yosh dinamikasi, metod, tamoyillar.


    1. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
    Bolalar psixologiyasi – psixologiya fanining aloxida tarmog‘I bo‘lib, u turli yosh davrlarida bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichidan boshqasiga o‘tish qonuniyatlarini o‘rganadi.
    Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tugilgandan yetuklik davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan. D.B.Elkonin yozganidek, bola ja­miyat a’zosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib, olamni aks ettirish qobiliyati go’daklikdan yetuklik dav­rigacha murakkablashib va takomillashib boradi. Ushbu jarayonning o’ziga xos xususiyatlari, uning qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq etadi. Bola rivojlanishining turli tomonlarini xar xil fanlar o‘rganadi:


    Tyg‘ilgandan yetuklik davrigacha bola psi­xik taraqqiyotini o’rganish esa psixologik bilimlarning maxsus soxasi –bolalar psixologiyasining zimmasidadir. Chunki bolalar psixologiya­si bola psixik tarakqiyotining konuniyatlari, rivojlanishniig turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlar xakidagi fandir. L.F.Obuxova ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi fanining predmeti tarixan uzgarib borgan.


    Bugyngi kunda bolalar psixologiyasi fanining predmeti ontogenezdagi psixik tarakqiyotning umumiy konuniyatlarini, yosh davrlarini, bir yosh davridan boshqasiga utishsa­bablarini aniklashdan iborat Agar pediatr bolalarning jismoniy salomatligi bilan shug’ullansa, bolalar psixologi bola psixikasining kanchalik turri rivojlanayotgani va faoliyat kursatayotganini, bordi-yu, bu sohada kamchilik bulsa, uni nimaning xisobiga kompensatsiyalash mumkinligini o’rganadi.
    Xozirgi kunda bolalar psixologiyasi fani predmetining kengayib borishi kuzatilmoqda. Bu xodisa bolaning xomila davridagi rivojla­nishini tobora chuqurroq o’rganish natijasida ruy bermoqda.

    Download 380.98 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




    Download 380.98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I. O’quv materiallari ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari

    Download 380.98 Kb.