|
I. Umumiy qoidalar
|
bet | 1/7 | Sana | 29.03.2021 | Hajmi | 36,01 Kb. | | #13624 |
PREZIDENT, IJOD VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI RASMIY SAYTIDAN FOYDALANISH VA UNI YURITISH BO’YICHA YO’RIQNOMA
Internet tarmog’ida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi o’rinlarda – PIIMA) rasmiy saytidan foydalanish va uni yuritish bo’yicha yo’riqnoma (keyingi o’rinlarda – Yo’riqnoma) PIIMA rasmiy veb-saytini yuritishning tashkiliy asoslarini yaratish maqsadida hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2013 yil 31dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 355-son Qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
PIIMA veb-saytini yuritish jarayoni xizmat ko'rsatishda uning ma'muri, muharriri, muhbirlari va vakolatli mansabdor shaxslarning axborot mazmuni, veb-saytni texnik
qo'llab-quvvatlash, unga ma'lumotlarni joylashtirish, shuningdek, tashrif buyuruvchilar tomonidan olingan ma'lumotlarni qayta ishlash bo'yicha harakatlarni o’z ichiga oladi.
Veb-sayt materiallari va xizmatlaridan foydalanish O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi normalari bilan tartibga solinadi.
|
| |