Protokol va uning turlari




Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/510
Sana20.05.2024
Hajmi14,88 Mb.
#245028
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   510
Bog'liq
10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA

Protokol va uning turlari
Aloqa 
rotokoli
maʼlumotlar qurilmalar orasida 
toʻgʻri uzatilishini taʼminlaydigan qoidalar toʻplami
Bunday qoidalar turli qurilmalar va dasturlar 
muvaffaqiyatli aloqa qilishi uchun zarur boʻladi
Protokol manzillash usuli va xatolarni tekshirish 
turidan foydalanishni, xabarning boshi va oxiri qanday 
koʻrinishini, xabar olinganining tasdiqlanishi va 
ma’lumot qisqartirish usullarini aniqlaydi
bstraksiya atlamlari
alqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) 1983-yilda 
hi tizimlarnin o zaro alo asi
(OSI) deb 
nomlanuvchi modelni ommaga e’lon qildi U 
protokollarni yetti xil pogʻonaga ajratuvchi tuzilmani 
aniqlab berdi, ularning har biri aloqa abstraksiyasi 
hisoblanadi Aloqaning apparat qatlami elektrik va 
mexanik amallar bilan ishlaydi Maʼlumot uzatish 
vositasi maʼlumot paketlari bilan shugʻullanadi
Tarmoq qatlami maʼlumotli kommutatsiya, yoʻnalishi 
va manzillar bilan ishlaydi Transport qatlami 
maʼlumotlar xatolarsiz uzatilishini taʼminlaydi
Sessiya qatlami aloqa seansi davomida dasturlar 
orasidagi protokollarni taʼri aydi Taqdimot qatlami 
maʼlumotlarni oʻqish mumkin boʻlgan formatda, 
masalan, tasvir, videofayl va matnni kodlash usulida 
boʻlishini taʼminlaydi Dastur qatlami fayl uzatish yoki 
elektron pochta kabi aloqa qilish dasturining maxsus 
turlari bilan ishlaydi
13.15-rasm. ISO OSI 7 qatlamli model.
POP
Pochta protokoli (Post office protocol POP) elektron 
pochta xatlarini olish maqsadida mijoz dasturiy 
ta’minoti uchun qoidalarni belgilaydi Qoʻllanadigan 
asosiy usul elektron pochta serveriga ulanish, barcha 
elektron xatlarni yuklab olish va ularni mijozlar 
kompyuterida saqlash hamda elektron xatlarni 
serverdan oʻchirish boʻladi POP elektron pochtalarning 
shifrlangan uzatilishini qoʻllab-quvvatlaydi POP OSI 
modeli dastur qatlamining bir qismi
IMAP
Internet xabariga kirish protokoli (Internet message 
access protocol IMAP) mijozning elektron pochta 
xatlarini qabul qilishi uchun moʻljallangan qoʻshimcha 
protokol
Elektron pochtani serverga yuklab olish va 
oʻchirishning oʻrniga uning standart rejimini serverda 
qoldirib nusxasini mijozga yuklash kerak Bu elektron 
pochtaga masofadan kirish imkoniyatini beradi IMAP 
serverda bir nechta papkalarni qoʻllab-quvvatlaydi, 
POP esa serverda bitta papkadan foydalanadi IMAP
OSI modeli dastur qatlamining bir qismi
TCP/IP
Uzatishni boshqarish protokoli/Internet protokoli 
(Transmission Control Protocol / Internet Protocol 
TCP/IP) internet, LAN va AN tarmoqlarida 
foydalaniladigan asosiy aloqa protokoli TCP/IP ikki 
pogʻonadan iborat TCP xabarni kichik maʼlumotlar 
paketiga ajratadi IP paket yetib borishi kerak bo‘lgan 
manzilni nazorat qiladi Manzil har safar paket shlyuzga 
yetib borganda tekshiriladi IP protokoli 0-255 orasidagi 
toʻrt raqamdan iborat IP-manzillardan foydalanadi 
va nuqtalar bilan ajratiladi Ularning ayrimlari 10, 172 
yoki 192 (masalan, 192 168 0 0) bilan boshlanadigan 
xususiy tarmoqlarda foydalaniladigan manzillar, lekin 
koʻpchiligi tashqi tarmoqlar uchun qoʻllanadi (masalan, 
212 58 246 90) Avval taxminan 4 milliard dona shunday 
manzil boʻlib, 2011-yilga kelib, ular yetarli boʻlmadi
Shu sababli 3 4 1038 dona manzil sigʻimiga ega IPv6 
ishlab chiqildi

Download 14,88 Mb.
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   510




Download 14,88 Mb.
Pdf ko'rish