|
Ict stb g10-11 pre p00i-0viii nt r6 2023. indd Pdf ko'rish
|
bet | 307/510 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 14,88 Mb. | | #245028 |
Bog'liq 10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJATOPSHIRIQ
http //www gps gov/multimedia/tutorials/
trilateration/ sayti orqali trilateratsiya mashqini
bajaring
GPS koʻpchilik odamlarning kundalik hayotining
bir qismiga aylanib bormoqda GPS tizimidan
foydalanuvchi dasturlar quyidagilar
•
favqulodda holatlarda qutqaruvchi transport
vositalarini izlash
•
yaqin atrofdagi xususiy taksilarni topish va taksining
yoʻl haqini hisoblash
•
odam, obyekt va transport vositalarini kuzatish
•
tasvirlar qayerda suratga olinganini aniqlash
•
sun’iy yoʻldosh navigatsiya tizimlari
•
Geocaching kabi xazina qidirish oʻyinlari
•
velosiped haydaganda va yugurayotganda
harakatlanish yoʻnalishlarini kuzatish
Sun’iy yoʻldosh navigatsiya tizimlaridan foydalanilganda
GPS jonli xaritada real vaqtdagi joylashuvni koʻrsatadi
va haydovchilar navigatsiya tizimiga qarab manzilga
toʻgʻri ketayotganini aniqlab, asosiy e’tiborini avtomobil
boshqaruviga qaratishi mumkin Agar haydovchi
burilishni oʻtkazib yuborsa, mashinaning joylashuviga
koʻra yangi yoʻnalish koʻrsatiladi Agar navigatsiya
tizimidan mobil telefonda foydalanilsa, xaritalar
muntazam yangilab turiladi, biroq ushbu tizim alohida
qurilma boʻlsa, uni yangilash uchun kompyuterga ulash
kerak Avtomobilda navigatsiya tizimidan foydalanish
boʻyicha muammolar mavjud, agar haydovchi
harakatlanish bilan bir vaqtda manzilni kiritishga
harakat qilsa, bu juda xav i boʻlib, yoʻl-transport
hodisasiga sabab boʻlishi mumkin
GPS mukammal tizim emas U aniq boʻlishi uchun
koʻrish chizigʻi kerak boʻlib, koʻprik, tunnel, baland
binolar yoki togʻlarda bloklanadi Natijada aniq joyni
topish qiyin yoki butkul ilojsiz boʻlishi mumkin Boshqa
sun’iy yoʻldosh tizimlarida ham signal yaxshi boʻlishi
ob-havo sharoitiga bogʻliq boʻladi Masalan, kuchli
qor yoki bulutli havoda muammolar yuzaga kelishi
mumkin
Bu avtoulovda yoki qayiqda safarga chiqishni
yoqtiradiganlar uchun foydali Shuningdek, odamlarga
oʻz mamlakati televideniyesini boshqa mamlakatlarda
translyatsiya signali mavjud boʻlganda tomosha qilish
imkoniyati yaratiladi
Qurilmani sotib olish qimmat boʻlsa, sun’iy yoʻldosh
televideniyesi ushbu qurilma narxini 12 oyga boʻlib
berishi mumkin Bu usulda sun’iy yoʻldosh antennasini
oʻrnatish uchun joy talab etiladi Hozirda koʻpgina
shahar hududlarida bunday antennalar koʻp ekani ularni
joylashda ayrim muammolarni tugʻdirishi mumkin
Noqulay ob-havo sharoitlarida mikrotoʻlqinli signallar
yoʻqolib qolishi ham mumkin, lekin bu juda kam sodir
boʻladi
|
| |