• 13-bob: Tarmoqlar 237
  • Ma’lumotlarni himoya qilish haqidagi qonun zarurati
  • Ict stb g10-11 pre p00i-0viii nt r6 2023. indd




    Download 14,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet303/510
    Sana20.05.2024
    Hajmi14,88 Mb.
    #245028
    1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   510
    Bog'liq
    10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA

    Mo iy avfsizlik usullari
    Moddiy xavfsizlik usuli kompyuter va uning 
    qurilmalarini himoya qilishni anglatadi Bular 
    kompyuter jihozlarini himoya qilishga moʻljallangan 
    boshqa qurilmalar va binolar yoki maxsus moddiy 
    qurilmalarni himoya qilish uchun foydalaniladigan 
    standart usullarni oʻz ichiga oladi
    13-bob: Tarmoqlar
    237
    Ochiq kalit bilan shifrlash qabul qiluvchi 
    shifrsizlantirish kalitidan foydalanishni bilmaganda 
    foydalaniladigan usuldir Bu misolda agar Jasur 
    Anvarga xavfsiz maʼlumotlar yuborishni xohlasa, 
    uning kompyuteri ma’lumotlarni shifrlash uchun 
    Anvarning ochiq kalitidan foydalanadi Anvar 
    shaxsiy kalitidan ma’lumotlarni shifrsizlantirish 
    uchun foydalanadi Bunda shifrsizlantirish kalitini 
    qabul qiluvchiga yuborish shart boʻlmaydi Mabodo 
    kimdir ochiq kalitni bilsa ham, u shaxsiy kalitni 
    topa olmaydi
    ICT_STB_G10-11_c13_p221-242_NT_R7_2023.indd 237
    28.10.2023 11:34:31


    Ma’lumotlardan foydalanuvchilar ma’lumotlarni faqat 
    zarur boʻlgan muddat davomida saqlashi kerak
    Ma’lumotlar zarur boʻlmaganda ularni oʻchirib tashlash 
    kerak Ma’lumot subyektlari ularning ma’lumotlari xavfsiz 
    saqlanishini talab qilish huquqiga ega Bu bobning 
    boshida tasvirlanganidek, xavfsizlik choralarini qoʻllash 
    ma’lumotlardan foydalanuvchilarning majburiyati 
    hisoblanadi Agar ma’lumotlar yoʻqotilsa, zarar yetsa yoki 
    noqonuniy olinsa, ma’lumotlardan foydalanuvchi yetarli 
    xavfsizlikni taʼminlamagani uchun javobgarlikka tortiladi
    Ma’lumotlarni himoya qilish haqidagi qonun 
    zarurati
    Ma’lumotlarni himoya qilish haqidagi qonun ma’lumot 
    subyektlari va ular haqidagi axborotni himoya 
    qilish uchun zarur Odamlar axborotning qay holda 
    saqlanayotganini bilish huquqiga ega
    Ma’lumotlarga adolatli ishlov berish uchun ma’lumot 
    subyektlari haqida axborot toʻplanganda ularga xabar 
    qilinishi yoki buni amalga oshirishdan oldin ular 
    bunga ruxsat berishi kerak Shuningdek, ma’lumot 
    subyektlari ular haqida saqlanayotgan axborotdan 
    foydalanish maqsadi toʻgʻrisida xabardor boʻlishi 
    kerak Bu ma’lumotlardan foydalanuvchi tashkilotlar 
    (maʼlumot foydalanuvchilari) ma’lumotlar nima 
    maqsadda toʻplangan boʻlsa, faqat shu maqsaddagina 
    foydalanilishini taʼminlashi va ma’lumotlar nima 
    sababdan saqlanayotgani haqida tegishli hukumat 
    organiga xabar berishi kerak
    Ma’lumot subyektlari ma’lumotlarga ishlov berish 
    uchun ma’lumot foydalanuvchilarida yetarlicha axborot 
    saqlanishini kutadi Masalan, xodimlarga ish haqi 
    toʻlansa, ish beruvchidan ushlab qolingan har qanday 
    soliq turi va qoʻllanishi kerak boʻlgan soliq imtiyozlari 
    haqida axborot berilishini kutadi Shuningdek, 
    ma’lumot subyektlari haqida faqat zaruriy va mos 
    axborot saqlanishi kerak, chunki ularda maxfi ylik 
    huquqi mavjud Masalan, kimdir jamoat transportidan 
    foydalanish uchun safar chiptasini olmoqchi boʻlsa, 
    transport tashkiloti uning ruhiy salomatligi haqidagi 
    maʼlumotlarni saqlamasligi kerak
    Ma’lumot subyektlari ularning ma’lumotlari aniq 
    va yangi boʻlishini talab qilish huquqiga ega
    Foydalanuvchining birinchi majburiyati ma’lumotlarning 
    aniq kiritilishini ta’minlash hisoblanadi Shu bilan 
    birga ma’lumot subyekti har qanday noaniq ma’lumot 
    tuzatilishini soʻrash huquqiga ega Ma’lumot subyekti 
    shaxsiy axborot boʻyicha, masalan, oʻz manzili 
    oʻzgargani haqidagi axborotdan foydalanuvchini 
    xabardor qilishga majbur Ma’lumot kiritishda xatolarni 
    kamaytirish uchun foydalanuvchilar axborotni 
    validatsiya va verifi katsiya usullaridan foydalanib 
    tasdiqlashi mumkin
    Naima kredit karta olish uchun ariza topshirdi
    Unga kredit karta berish rad etildi, chunki uning 
    kredit tarixi u oxirgi olti oy ichida qarzlarini 
    toʻlamaganini koʻrsatdi Naima qarzlarini olti 
    oy oldin toʻlab boʻlgan, lekin bank qarz toʻlab 
    boʻlingani haqida axborotni yangilamagan
    Naima bank xatosi sababli zarar koʻrdi va yangi 
    kredit ololmadi

    Download 14,88 Mb.
    1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   510




    Download 14,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ict stb g10-11 pre p00i-0viii nt r6 2023. indd

    Download 14,88 Mb.
    Pdf ko'rish