Rejalashtirish va loyihalash Tayyorlana olmaslik bu muvaff aqiyatsizlikka
tayyorlanishdir degan ibora mavjud Kundalik
hayotda bu haq gap ekanini koʻp kuzatish mumkin
Loyihani yaxshi rejalashtirish muhim Shunda barcha
manfaatdorlar loyihani amalga oshirishning har bir
bosqichidagi vazifalarini aniq biladi Rejalashtirishda
loyiha bosqichlarining muddati haqidagi tafsilotlar bilan
birga toʻliq byudjet ham shakllantiriladi Loyihaning
asosiy bosqichlari, muayyan jihatlari va ular yakunlanishi
kerak boʻlgan muddatlar belgilab olinadi Ular orasidan
tugatilishi kerak boʻlgan vazifalar aniqlanadi va
ustuvor vazifaga aylantiriladi
Gantt ia rammasi vazifalar qanday tartibda bajarilishini koʻrsatish uchun
yaratiladi Resurslar, jumladan, xodimlar ham vazifalarga
muvofi qlashtirilgan tarzda taqsimlanadi Rejalashtirishning
juda muhim qismi har bir vazifa uchun yetarli vaqt
ajratish va vazifalar oʻz vaqtida bajarilishi uchun resurslar
bilan taʼminlashdan iborat Resurslar (ayniqsa, xodimlar)
ortiqcha ishlamasligi va odatda har bir xodimning oʻz
vazifasi boʻlishi kerak
Bajarish Barcha rejalar tuzilib, boshlash sanasi kelgach, loyiha
ishi boshlanadi Resurslar oʻz vaqtida qoʻllanishi uchun
rejalarga amal qilish kerak Vazifani bajarishdagi har
qanday kechikish keyingi vazifalarga ta’sir koʻrsatadi
Loyiha boshqaruvchisi jamoa a’zolariga rol va
majburiyatlarni taqsimlaydi, shuningdek, toʻliq reja
doirasida har bir a’zo uchun vaqtinchalik maqsadlarni
belgilaydi
Monitoring va nazorat qilish Loyihaning
ba arilishi davomida loyiha boshqaruvchisi
jarayonni kuzatishi va nazorat qilishi kerak
Boshqaruvchi vazifalarni oʻz vaqtida bajarish, shu
bilan birga, kechikishlar kuzatilganda vazifalarni
qayta rejalashtirish uchun javobgar boʻladi Loyiha
boshqaruvchisi jamoa aʼzolari oʻziga topshirilgan
vazifalarni samarali bajarayotganini monitoring qiladi
Loyiha boshqaruvchisi xarajatlarni kuzatib borishi,
belgilanganidan ortiq sar anmasligi uchun uni byudjet
bilan solishtirib turishi hamda loyiha koʻlami kelishilgan
chegaralardan oshib ketmasligini nazorat qiladi
Asosiy manfaatdorlar loyihaning borishini muhokama
qilishi uchun muntazam ravishda loyihani tekshirish
majlislari tashkillashtiriladi Baʼzida loyiha rejasiga
tuzatish kiritiladi, shundan kelib chiqib ijro, monitoring,
nazorat qilish hamda rejalashtirish orasida jarayonlarni
14 01-rasmda koʻrsatilganidek muntazam ravishda
qayta koʻrib chiqish kerak boʻladi
Yakunlash Loyiha yakunlashga tayyor boʻlsa, ish loyiha
bajaruvchilaridan mijozga oʻtadi Shartnomalar bekor
qilinadi, natijada ayrim odamlar ishini almashtiradi
yoki boshqa muqobil ish qidiradi Loyihaga biriktirilgan
resurslar boʻshaydi Loyihaning tekshiruvi mijoz va
loyihani boshqarish jamoasi orasida boʻlib oʻtadi
Bu yerda talablar baholanadi va muvaff aqiyatlar
nishonlanadi Agar mijoz loyihani tugallangan
deb belgilab bersa, bajariladigan ish qolmaydi va
yakunlash bosqichiga yetib kelinadi
ICT_STB_G10-11_c14_p243-259_NT_R8_2023.indd 244
31.10.2023 9:59:03
1.
Nima sababdan loyiha boshqaruvini rejalashtirish,
ijro, monitoring va boshqaruv bosqichlarida
jarayonlarni qayta koʻrib chiqish zarur