• 1 . 1. ahlil
  • -bob Tizimdan foydalanish sikli




    Download 14,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet331/510
    Sana20.05.2024
    Hajmi14,88 Mb.
    #245028
    1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   510
    Bog'liq
    10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA

    15-bob
    Tizimdan foydalanish sikli
    ICT_STB_G10-11_c15_p260-280_NT_R7_2023.indd 260
    31.10.2023 10:01:01


    261
    nik izmat ko rsatish
    joriy qilingan tizimga 
    oʻzgartirish kiritish
    alablar s tsifi katsiyasi
    foydalanuvchining 
    yangi tizimga nisbatan talablari ta’rifi 
    izim s tsifi katsiyasi
    tizim ishlashi uchun 
    zarur texnik va dasturiy ta’minot
    nik to shiri
    tizim koʻrinishi va ishlashining, 
    shuningdek, ma’lumot tuzilmalarining ta’rifi 
     
    15-bob: Tizimdan foydalanish sikli
    Turli modellarda atamalar turlicha qoʻllanadi
    Implementatsiya atamasi ham shular jumlasidan
    Odatiy tizimdan foydalanish siklida implemen-
    tatsiya loyiha amalga oshiriladigan bosqich, ya’ni 
    tizim ishlab chiqiladigan bosqich Ushbu bobda 
    ham implementatsiya atamasi oʻrniga ishlab 
    chiqish jumlasidan foydalanamiz Ba’zi boshqa 
    modellarda implementatsiya atamasi yangi tizim 
    joriy etilgan, ya’ni bu tizim oʻrnatiladigan bosqichni 
    ifodalaydi Ayrim modellarda hujjatlashtirish bosqichi 
    ham alohida bosqich sifatida keltiriladi, an’anaviy 
    modelda esa hujjatlashtirish tizimdan foydalanish 
    sikli davomida olib boriladi
    Qoʻllash (amalga oshirish imkoniyati) va texnik xizmat 
    koʻrsatish odatda tizimni ishlab chiqqan jamoa 
    emas, balki boshqa jamoa tomonidan bajariladi
    1 . 1. ahlil
    Tahlil joriy tizim qanday ishlashini hamda yangi tizim 
    uchun buyurtma bergan mijoz talablarini aniqlashni 
    oʻz ichiga oladi
    Joriy tizim va yangi tizim talablarini tadqiq qilish 
    uchun bir qancha usullardan foydalanish mumkin
    oʻrovnoma usuli
    Ba’zida ma’lumotlar juda koʻp foydalanuvchilardan 
    olinadi va ularning barchasi bilan suhbat qilish 
    noqulay Bunday oʻrinlarda soʻrovnomalardan 
    foydalaniladi Foydalanuvchilar soni koʻpligi sababli 
    soʻrovnoma natijalari ham katta boʻladi Kam sonli 
    foydalanuvchilar uchun soʻrovnoma tayyorlashdan 
    koʻra ular bilan suhbat oʻtkazish tez va samaraliroq
    Chunki kichik guruhda muayyan bir fi krni keraklicha 
    oʻlchab boʻlmaydi
    Foydalanuvchi bilan uchrashish imkoniyati boʻlmasa, 
    suhbat oʻrniga soʻrovnomalardan foydalaniladi
    Bu usulning kamchiligi tahlil qilayotgan odam 
    qoʻshimcha aniqlashtiruvchi savollar bera olmaydi
    Savollar tegishli ma’lumot olish, javoblarni oson 
    toʻplash va qulay tahlil qilish imkoniyatini nazarda 
    tutgan holda tuzilishi kerak Har bir javob uchun bir 
    necha variantlar taqdim etiladi Toʻldirish uchun koʻp 
    vaqt sar anmasligi kerak, aks holda koʻpchilik uni 
    toʻldirishni istamaydi
    Maktabning yangi Elektron jurnal tizimi ni tahlil 
    qilish paytida tahlilchi oʻquvchi, oʻqituvchi va 
    ota-onalarning fi krini bilishi kerak Beriladigan 
    savollardan biri quyidagicha boʻlishi mumkin
    Elektron jurnaldagi quyidagi ma’lumotlarni 
    muhimligiga qarab 1 dan 5 gacha boʻlgan 
    darajalarga ajratib chiqing (1 muhim emas, 
    5 juda muhim)
    • 
    kunlik davomat
    • 
    davomat foiz koʻrsatkichi
    • 
    salbiy xulq holatlari soni
    • 
    ijobiy xulq holatlari soni
    • 
    har bir fan uchun baholar
    • 
    har bir fan boʻyicha sinf doirasidagi oʻrin/
    reyting
    • 
    har bir imtihon uchun bahoning foiz 
    koʻrsatkichi
    • 
    barcha imtihonlar uchun oʻrtacha ball
    • 
    fan oʻqituvchisining izohi
    • 
    fan oʻqituvchisi belgilagan maqsadlar
    • 
    sinf rahbarining izohi
    • 
    maqsad qilingan oʻzlashtirish darajasi
    Bu orqali tahlilchi uchta bir-biridan farqli 
    odamlar guruhidan olingan ma’lumotning 
    ahamiyatini koʻrib chiqadi va hisobotda qaysi 
    jabhalarni aks ettirish haqida qaror qabul qiladi
    Bu savolni boshqacha qilib berish ham mumkin
    Elektron jurnalda boʻlishi kerak deb hisoblangan 
    ma’lumotlarni sanab oʻting
    Bu javoblarni sanashni va natijalarni tahlil 
    qilishni qiyinlashtiradi, chunki har bir javob 
    turlicha boʻladi Variantlar orqali tahlilchi javob 
    beruvchilarga boshlanish nuqtasini taqdim etadi
    ICT_STB_G10-11_c15_p260-280_NT_R7_2023.indd 261
    31.10.2023 10:01:01



    Download 14,88 Mb.
    1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   510




    Download 14,88 Mb.
    Pdf ko'rish