|
/11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari Pdf ko'rish
|
bet | 44/510 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 14,88 Mb. | | #245028 |
Bog'liq 10-11-sinf Informatika va AT @E BAZA ISHREJA10/11-sinf Informatika va axborot texnologiyalari
32
SSD disklar HDD disklarga qaraganda tezroq, ammo
shunga yarasha qimmatroq SSD disklar HDD diskka
qaraganda kamroq elektr talab qiladi, shu sababli ular
koʻpincha planshet kompyuterlarda va yuqori sifatli
noutbuklarda batareyaning ishlash vaqtini uzaytirish
uchun foydalaniladi Eng koʻp ishlatiladigan dasturlar
va operatsion tizimni HDD oʻrniga SSDda saqlash
kompyuter unumdorligini sezilarli darajada oshiradi
SSD va HDD disklarning narxlarini solishtiring Har bir
megabayt (MB) uchun taxminiy narxni aniqlang
ulut
Bulutli texnologiyalar elektron hisoblash amallari
internet orqali amalga oshishini anglatuvchi atama
Bunda hujjatlar ishlatilayotgan kompyuterning
oʻziga joylashtirilmaydi Maʼlumotlar masofadan
kirish huquqiga ega server banklarida saqlanadi
Maʼlumotlarni saqlaydigan qurilmalar maʼlumotlardan
foydalanuvchi shaxs yoki tashkilotga emas, balki
xosting kompaniyasiga tegishli boʻladi
Maʼlumotlar bulutda saqlanganda xosting kompaniyasi
maʼlumotlarni saqlash, boshqarish, maʼlumotlar
xavfsizligini taʼminlash va zaxira nusxalarini yaratish uchun
barcha javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi Maʼlumotlar
masofadan turib saqlanadi, bu ularga istalgan vaqtda
istalgan joydan kirish mumkinligini anglatadi Shu sababli
odamlar ushbu maʼlumotlarga kirish uchun maʼlum bir
kompyuter oldida yoki tashkilotda boʻlishi shart emas
Shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan bulutli
xotiraga quyidagilar kiradi
OneDrive
Google Drive
Dropbox
M
Salbiy tomoni shundaki, maʼlumotlardan erkin
foydalanish uchun koʻproq vaqt talab etiladi Chunki
kirish vaqtlari bir vaqtning oʻzida bir xil serverlarda
maʼlumot olish huquqiga ega boshqa foydalanuvchilar
uchun mavjud boʻlgan oʻtkazuvchanlik qobiliyati bilan
cheklangan Shuningdek, bulutli xotirada katta hajmdagi
maʼlumotlarni saqlash juda qimmatga tushishi mumkin
Baʼzi bulutli xotira turlari kompyuterda sinxronlashtirishga
imkon beradi Shuning uchun bulutli texnologiya
kompyuterda saqlangan maʼlumotlarning zaxira nusxasi
vazifasini bajaradi Bu, shuningdek, joylashtirilgan
kompyuterdan maʼlumotlarga kirganda kirish vaqtlari
bulutli xotiradan koʻra tezroq boʻlishini anglatadi
Magnit tasmaga grandfather-father-son uslubida
zaxira olish siklini o
ʻ
rganib chiqing Agar bir oylik
zaxira nusxasi uch oy saqlanishini hisobga olsak,
nechta magnit tasmali kasseta kerak bo
ʻ
ladi
tik
Optik xotira haqida ma’lumot oldinroq ushbu bobda
Blu-ray sarlavhasi ostida taqdim etilgan 2015-yilda
optik xotiraning uchta asosiy turi mavjud edi
Kompakt
disk ( )
aqamli disk
(
)
Blu-ray
disk
Sigʻimi
700 MB
4,7 GB
25 GB (bir
qatlamli)
Asl
maqsadi
Musiqa
Filmlar
HD fi lmlar
2.02-jadval. Optik otira turlari.
Optik xotira musiqa va fi lmlarni tarqatishdan tashqari,
dasturlarni almashishda ham ommabop vosita boʻlib
keldi Bunga sabab har bir diskning faqat oʻqish uchun
moʻljallangan versiyalari borligi va ularning arzonligidir
Optik disklarning yoziladigan va qayta yoziladigan
versiyalaridan foydalanish ularni zaxira nusxalari
hamda arxivlashga moslaydi Bitta faylni tasmali zaxira
nusxasidan tiklashdan koʻra optik diskdagi zaxira
nusxasidan tiklash tezroq boʻladi Chunki faylga butun
tasmani oʻqib chiqish oʻrniga toʻgʻridan toʻgʻri kirish
mumkin Bu, shuningdek, optik disklarning arxivlangan
maʼlumotlar uchun koʻproq mos kelishini ta’minlaydi,
chunki fayllarni tezda topish imkoni bor Optik disklarning
sigʻimi tasmalarga qaraganda ancha kam Demak,
ular butun ikkilamchi xotirani emas, faqat fayllar
majmuasining zaxira nusxasini yaratish uchun mos keladi
|
| |