vi
ha t r
ha t r titl
irish
Darslik
Cambridge International AS & A Level IT Coursebook
kitobi asosida ishlab chiqildi.
Ushbu darslik o‘quvchilarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ga oid nazariy
va amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi hamda rivojlantiradi
Kitobda amaliy axborot
texnologiyalari (AT)dan misollar, oʻquvchilar mustaqil bajarishi kerak bo‘lgan vazifalar,
muhokama uchun savollar yoki qo‘shimcha mashqlar hamda oʻquvchilarning bilim va
tushunchasini tekshirish uchun savollar keltirilgan Har safar topshiriq berilganida oʻquvchilar
keyingi bosqichga oʻtishdan oldin uni bajarishi kerak
Darslikda quyidagi mavzular avvalgi sin arda o‘quvchilar o‘rgangan bilimlarni yanada
rivojlantirishga yordam beradi Bu asosan quyidagi boblarda aks ettirilgan axborot
texnologiyalarining taʼsiri (12-bob) texnik va dasturiy taʼminot (2-bob) tarmoq (13-bob)
internet (4- va 19-bob) tizimdan foydalanish davri (15-bob) yangi texnologiyalar (11-bob)
Kitobdan mavzular ketma-ketligiga amal qilgan holda foydalanish shart emas
Oʻquv dasturining mazmuni amaliyotga va kompyuterlarni kundalik hayotda qoʻllashni
o‘rgatishga qaratilgan.
Buni aks ettirish uchun, masalan,
kitobning amaliy qismlarida
maʼlum bir dasturdan foydalanish boʻyicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma berilmaydi, balki
oʻquvchilarga nimadan foydalanish mumkinligini bilishi va bilimlarini turli dasturlarda qoʻllay
olishga ishonch hosil qilishida yordam beriladi Bu esa oʻquvchilarni faqat imtihonda emas,
hayoti davomida ham kompyuterdan foydalanishning turli jihatlariga tayyorlashda qo‘l
keladi.
ICT_STB_G10-11_pre_p00i-0viii_NT_R6_2023.indd 6
31.10.2023 9:50:59