|
Identifikatsiyalash, modellashtirish va optimallashtirish
|
bet | 2/2 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 8,89 Kb. | | #108973 |
Bog'liq 1-мавзуIdentifikatsiyalash
AndMI
Alijonov Xabibullo
Identifikatsiya nazariyasi va amaliyoti yuqorida aytib o’tilgan usullarni rivojlantirish va amaliyotga qo’llash masalalari bilan shug’ullanadi. Identifikatsiya natijasida ishlab chiqilgan modellar oyektni avtomatik boshqarish va avtomatlashtirish jarayonida qo’llaniladi.
So‗nggi davrlarda boshqarish nazariyasi va amaliyotining jadal rivojlanishi barcha murakkab obektlar (texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish birlashmalari, biologik va meditsina tizimlari, ekologik, iqtisodiy, tashkiliy va boshqalar) ni boshqarish masalasini yechishga o‗tish bilan ahamiyatli darajada bog‗liq. Bu sinfning real obektlari stoxastik, nochiziqli, nostatsionar, ko‗p o‗lchamli va ko‗p bog‗langan (aloqalari soni ko‗p) hisoblanib, jarayonnit tashkillashtirish nuqtai nazaridan boshqa «noqulay» boshqarish xossalariga ega. Bunday obektlarning samarali avtomatik boshqarish tizimlarini yaratish imkoniga faqatgina zamonaviy tezkor boshqariluvchi hisoblash mashinalari orqali ega bo‗lish mumkin. Ayniqsa, bu maqsadlarni amalga oshiriishga mikroprotsessorli mashinalar seriyalari mo‗ljallangan.
AndMI
Alijonov Xabibullo
Identifikatsiyaning paydo bo‗lishi boshqarish obektlarining informatsion usullarini ishlab chiqishni juda zarurligi bilan bog‗liq bo‗ldi. Bunday modellarning yo‗qligi bu obektlarni avtomatlashtirish, boshqarish konturidagi EHM dan foydalanib, raqamli boshqarish va boshqa turdagi tizimlarni yaratish jarayonlarini to‗xtatib qo‗ydi. Modellarni qurishning yangi usullarini ishlab chiqishning zaruriyligi murakkab obektlarni boshqarish tizimlarini yaratishdagi amaliy iste‘mol bilan asoslanib, bu obektlarni berilgan maqsadga ko‗ra optimal boshqarishga faqatgina tezkor boshqariluvchi hisoblash mashinalarini qo‗llash yo‗li bilan ta‘minlanishi mumkin edi.
AndMI
Alijonov Xabibullo
Fan, texnika, ishlab chiqarishning ko‗pgina sohalarida modellarni shaklantirish va qurish bo‗yicha keng rivojlanish ishlarini ikki asosiy maqsadga ko‗ra olib boriladi. Ulardan birinchisi zarur simvolik modellarni modellashtirish, ya‘ni tadqiqi qilinayotgan hodisa, jarayon yoki obektning matematik tavsifini shakllantirish yordamida murakkab hodisa, jarayon va obektlarni o‗rganish imkonining oshishi bilan bog‗liqdir.
AndMI
Alijonov Xabibullo
Matematik modellarni qurish modellashtirishning birinchi bosqichi hisoblanadi. Tabiiyki, modellarning to’liqlik darajasi, uning real obektga mosligi bu modelning nima maqsadda qo’llanilishiga bog’liq. Birinchi bosqichdagi modellar asosan gnoseologik harakterga ega bo’lib, ulardan «fiziklik» ning yuqori darajasi talab qilinadi va ularning yaratilishi ular qurilayotgan aniq bilimlar sohasidagi usullarga bog’liq. Ikkinchi bosqichdagi modellar ba‘zida informatsion modellar deb atalib, asosan boshqarish maqsadiga mos kelishi kerak: ular bevosita obektning «fizikasi» bilan bog’liq bo’lmagan holda, kirish va chiqish o’zgaruvchilari o’rtasida o’rnatilgan bog’liqlikning formal tavsifini berishi mumkin.
AndMI
Alijonov Xabibullo
1.1-rasmda modellashtirilayotgan ob`yekt strukturasining ko‘rinishi keltirilgan.
Kirish kattaliklari , , bog‘liq bo‘lmagan (erkin) chiqish kattaliklari bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchilar hisoblanadi. u x z
1.1-rasm. Modellashtirilayotgan ob`yekt strukturasining ko‘rinishi.
Ob`yektda bo‘ladigan jarayonlarni ifodalovchi funksiya vaqt boyicha F operatori orqali quyidagicha ifodalanadi:
Obektni modellashtirishda uning matematik ifodasi (1.1) munosabat t vaqtga bog‘liqligini ifodalasa ya`ni dinamik xususiyatlarini ko‘rsatsa bunday model dinamik model deyiladi.
AndMI
Alijonov Xabibullo
AndMI
Alijonov Xabibullo
|
| |