|
Modellashtirish – modellarni yordamida matematik tasavvurlarni shakllantirish texnologiyalari Reja: Kirish
|
bet | 1/4 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 71,23 Kb. | | #129825 |
Bog'liq Modellashtirish – modellarni yordamida matematik tasavvurlarni s-fayllar.org
Modellashtirish – modellarni yordamida matematik tasavvurlarni shakllantirish texnologiyalari Reja: Kirish
Modellashtirish – modellarni yordamida matematik tasavvurlarni shakllantirish texnologiyalari
Reja:
Kirish
Modellashtirish – modellarni yordamida matematik tasavvurlarni shakllantirish texnologiyalari
Matematik modellashtirish va uning bosqishlari.
Kompyuterli modellashtirish va uning dasturiy vositalari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Model (lot.modulus-o‘lchov, meyyor)–biror ob‘yekt yoki ob‘yektlar tizimining obrazi yoki namunasidir. Masalan, Yerning modeli - globus, osmon va undagi yulduzlar modeli - plannetariy ekrani, pasportdagi sur‘atni shu pasport egasining modeli deyish mumkin. Insoniyatni farovon hayot shart-sharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o‘rganishi tabiiy holdir. Aniq fanlar sohasi mutahassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan hossalarinigina o‘rganadi. Masalan, geologlar Yerning rivojlanish tarixini, ya‘ni qachon, qayerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o‘simliklar o‘sganligi, iqlim qanday o‘zgarganligini o‘rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular Yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o‘rganishmaydi, bu bilan tarixchilar shug‘ullanadi. Atrofimizdagi dunyoni o‘rganish natijasida noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma‘lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga halaqit qilmaydi. Ular asosida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to‘laroq akslantirishi zarur. Modelning taqribiylik xarakteri turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, tajriba o‘tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi olinayotgan natijasining aniqligiga ta‘sir etadi. Modellashtirish- bilish ob‘yektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadbiq qilish mavjud predmet va hodisalarning 7 modellarini yasash va o‘rganishdir. Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba‘zi hollarda esa murakkab ob‘yektlarni o‘rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum ob‘yekt, olisda joylashgan ob‘yektlar, juda kichik hajmdagi ob‘yektlarni o‘rganishda modellashtirishning ahamiyati katta.
|
| |