Idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda




Download 22,21 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.01.2024
Hajmi22,21 Kb.
#135707
Bog'liq
Xotira - Vikipediya



Xotira
Xotira — idrok etilgan narsa va
hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda
qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan
iborat psixik jarayon. Xotira eng yaxshi
damlarni esda qoldiradi. U 
nerv sistemasi
xususiyatlaridan biri boʻlib, tashqi olam
voqealari va organizm reaksiyalari
haqidagi axborotni uzoq saqlash hamda
uni ong faoliyatida va xulq, xatti harakat
Bu maqolada ichki havolalar juda kam.
Ko‘proq o‘rganish


doirasida takroriy qobiliyatida namoyon
boʻladi.
Xotira individning oʻz tajribasida esda olib
qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni
yana esga tushirishi xotira deb ataladi.
Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar
Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari
(
Aristotel
 va boshqalar) da uchraydi.
Xususan, Farobiy Xotiraga bilishdagi aqliy
jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab,
xotirani faqat insonga emas, hayvonga
ham xos xususiyat ekanini alohida
taʼkidlagan.
Xotiraning fiziologik asosi bosh miya
yarim sharlari poʻstlogʻining muvaqqat


bogʻlanishi (qarang 
Assotsiatsiya
) va
ularning keyingi faoliyatidan iborat. Xotira
koʻlami, axborotlarning uzoq vaqt va
mustahkam saqlanishi, shuningdek,
muhitdagi murakkab signallarni idrok
etish va adekvat reaksiyalarda ishlab
chiqish bosh miya nerv hujayralari
(
neyronlar
) sonining koʻpayib borishi
hamda uning strukturasi
murakkablashuvi jarayonida oʻsib boradi.
Fiziologik tadqiqotlarda qisqa va uzoq
muddatli xotiralar qayd etilgan. Qisqa
muddatli xotirada axborotlar bir necha
daqiqadan bir necha oʻn minutgacha
saqlanadi, neyronlar ishiga xalal
berilganda (mas, elektr shok, narkoz
taʼsirida) u buziladi. Uzoq muddatli


xotirada axborotlar odam umri boʻyi
saqlanib turli taʼsirlarga chidamli boʻladi.
Qisqa muddatli xotira asta sekin uzoq
muddatli xotiraga aylanadi. Xotira
ruhiyatning oʻtmish holati bilan hozirgi
holati va kelgusidagi holatlarga
tayyorlash jarayonlari oʻrtasidagi oʻzaro
aloqadorlikni koʻrsatadi. Boshqa psixik
hodisalar kabi xotira ham shaxsning
xususiyatlari, uning ehtiyoji, qiziqishlari,
odati, feʼl-atvori va sh.k. bilan uzviy
bogʻliq.
Xotira namoyon boʻlishdagi shakliga
koʻra, shartli ravishda emotsional xotira
(his-tuygʻuni esda tutish), obraz xotirasi
(narsalarning tasviri va xususiyatlarini


esda tutish), soʻz-mantiq xotirasi
(narsalarning mohiyati, mazmunini soʻz
bilan ifodalangan holda esda tutish) kabi
turlarga boʻlinadi. Bulardan insonda soʻz-
mantiq xotirasi yetakchi oʻrin tutadi.
Xotiraning barcha turi bir-birlari bilan
chambarchas bogʻliq holda kechadi.
Psixologiyada, shuningdek, ixtiyoriy va
ixtiyorsiz xotiralar farq qilinadi. Ixtiyoriy
xotirada muayyan materialni esda olib
qolish oldindan maqsad qilib qoʻyiladi;
ixtiyorsiz xotirada bunday maqsad
boʻlmaydi — biror faoliyatda (mas,
mehnat jarayonida yoki kim bilandir
suhbatlashib turilganda) oʻz-oʻzidan esda
saqlab qolinadi. Barqarorligi jihatdan


ixtiyoriy xotira ixtiyorsiz xotiradan
samaraliroq.
Fanda xotira bilan bogʻliq ravishda
unutish masalasini oʻrganishga ahamiyat
berilmoqda. „Normal“ unutishni psixik
kasalliklardagi xotira buzilishidan farq
qilmoq kerak. Bu kasalliklarda xotira
susayishi (gipomneziya), yoʻqolishi
(
amneziya
) yoki bir tomonlama
kuchayishi (gipermneziya) kuzatiladi.
Baʼzi kasalliklarda u sifat jihatdan
buziladi: bemorga boʻlmagan voqealarni
goʻyoki oʻz boshidan kechirgandek
tuyuladi, yoki qachonlardir boʻlib oʻtgan
voqealarni kecha yoki bugun roʻy bergan
deb oʻylaydi (konfabulyatsiya,


psevdoreminssensiya), Bunday soxta
xotiralar kishida jiddiy ruhiy xastaliklar
oqibatida kelib chiqadi. Bunday
kasalliklarga bosh miya qon tomirlari
aterosklerozi, shikastlanish, miyaga qon
quyilishi holatlari, ogʻir zaharlanishlar
oqibati (mas, alkogolizmda uchraydigan
psixoz) va sh.k. kiradi. Xotira buzilganda
uni keltirib chiqaruvchi asosiy kasallikni
davolashga eʼtiborni qaratish kerak.
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 26-Oktyabr 2023, 05:02 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Xotira&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam
berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
 almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Xotira&oldid=3924006

dan olindi

Download 22,21 Kb.




Download 22,21 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda

Download 22,21 Kb.
Pdf ko'rish