|
III BO‘LIM. IShLOVChILARNING MEHNATNI MUHOFAZA QILIShGA DOIR HUQUQLARINI RO‘YoBGA ChIQARIShDAGI KAFOLATLAR
|
bet | 7/12 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 31,49 Kb. | | #104706 |
Bog'liq Mehnat muxofazasiIII BO‘LIM. IShLOVChILARNING MEHNATNI MUHOFAZA QILIShGA DOIR HUQUQLARINI RO‘YoBGA ChIQARIShDAGI KAFOLATLAR
16-modda. Ishga qabul qilishda mehnatni muhofaza qilish huquqi kafolatlari
Mehnat shartnomasi (bitimi) shartlari mehnatni muhofaza qilishga oid qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarning talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
Fuqarolarni ularning salomatligiga zid bo‘lgan ishga qabul qilish man qilinadi.
Ma’muriyat xodimni kasb kasalligining paydo bo‘lish ehtimoli yuqori darajada ekanligi oldindan ayon bo‘lgan ishga qabul qilayotganda uni bu haqda ogohlantirishi shart.
17-modda. Majburiy meditsina ko‘riklari
Korxona sog‘liqni saqlash idoralari tomonidan belgilangan tartibga muvofiq ravishda bir qator kasblar va ishlab chiqarishlarning xodimlarini mehnat shartnomasini imzolash paytida — dastlabki tarzda va mehnat shartnomasi amal qiladigan davrda vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart. Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bosh tortishga haqli emaslar.
Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bosh tortsalar yoki o‘tkazilgan tekshirishlarning natijalari bo‘yicha tibbiy komissiyalar beradigan tavsiyalarni bajarmasalar, ma’muriyat ularni ishga qo‘ymaslik huquqiga egadir.
Xodim, agar u o‘zining salomatligi yomonlashishi mehnat sharoiti bilan bog‘liq deb hisoblasa, navbatdan tashqari tibbiy ko‘rik o‘tkazilishini talab qilish huquqiga ega.
Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
18-modda. Mehnat faoliyati jarayonida mehnatni muhofaza qilish huquqining kafolatlari
Ma’muriyat mehnatni muhofaza qilishning zamonaviy vositalarini joriy etishi va ishlab chiqarishda jarohatlanish hamda kasb kasalliklarining oldini oladigan sanitariya-gigiyena sharoitlarini ta’minlashi shart.
Xodimning salomatligi yoki hayotiga xavf tug‘diruvchi vaziyat paydo bo‘lganda, u bu haqda zudlik bilan ma’muriyatga xabar qiladi, bu hol nazorat organlari tomonidan tasdiqlangan taqdirda ma’muriyat ishni to‘xtatishi va xavfni bartaraf etish chorasini ko‘rishi shart. Ma’muriyat tomonidan zarur choralar ko‘rilmagan taqdirda, xodim ishni xavf bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turishga haqlidir va unga hech qanday intizomiy jazo berilmaydi.
Ma’muriyat, agar mehnatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan, xodimning hayoti va salomatligi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri jiddiy xavf hamon saqlanib turgan bo‘lsa, undan ishni qayta boshlashni talab qilishga haqli emas va xodimga ish to‘xtatib turilgan butun davr uchun barcha moddiy ziyonni to‘lashi shart.
Ma’muriyat mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzgan va bu nazorat qiluvchi idoralar tomonidan tasdiqlangan taqdirda, mehnat shartnomasi xodimning arizasiga ko‘ra, unga ishdan bo‘shaganda beriladigan pul to‘langani holda, istalgan paytda bekor qilinishi mumkin.
Xodimda kasb kasalligi belgilari aniqlangan taqdirda ma’muriyat tibbiy xulosa asosida uni ixtisosini o‘zgartirgunga qadar o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda boshqa ishga o‘tkazishi lozim.
|
| |