Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlar




Download 21.47 Kb.
bet1/2
Sana13.11.2023
Hajmi21.47 Kb.
#97741
  1   2
Bog'liq
Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlar-fayllar.org (2)
Advanced host controller Interface 17, mpdf(1), Abdumalikova 2665, IELTS READING T-WP

Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlar


Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlar
Bugun global o‘zgarishlar ta’sir o‘tkazmagan biror sohani topish qiyin. Ayniqsa, insonlar o‘rtasidagi muloqotning kuchayib ketishiga bu jarayonning qo‘shayotgan hissasi haqida yetarlicha dalillar mavjud. Ayni davrda zamonaviy dunyoni axborot texnologiyalarisiz, ya’ni internet tizimining ijtimoiy tarmog‘isiz tasavvur etib bo‘lmaydi, chunki ular allaqachon hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan. Bir necha yillar oldin internet haqida, virtual muloqot haqida tasavvurga ega bo‘lmagan odamlar hozir muloqotning eng oson va har taraflama qulay yo‘liga o‘tishdi. Bu muloqotning qulayligi shundaki, u hech qanday masofani tan olmaydi. Shuningdek, joy, muhit va boshqa sub’ektiv jihatlarsiz onlayn muloqotni ta’minlaydi. Qiziqligi shundaki, bunday muloqotda nafaqat suhbatlashish, balki, turli ma’lumotlar almashish, har qanday savolga javob topish, nimadir sotish va sotib olish, qiziqarli filmlarni tomosha qilish, turli xorijiy tillarni o‘rganish, hattoki muayyan mablag‘ ishlab topish uchun ham imkoniyatlar mavjud. «O‘rgimchak to‘ri»ning takomillashuvi esa «ijtimoiy tarmoq» tushunchasining paydo bo‘lishi va shakllanishiga zamin yaratdi.

Bugungi kunda mashhur bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifasiga


ega bo‘lmagan insonni topish qiyin. Ayniqsa, bu holatning yuqori darajasini yoshlar orasida ko‘rish mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo yoshlari, jumladan mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlod asosiy vaqtining taxminan 50% foizi virtual muloqotga sarflanmoqda. Gap shundaki, ko‘pchilik yoshlar o‘z hayotlarini ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qila olmaydilar.
«Hozirgi kunda yer yuzida 2,8 milliarddan ortiq internet foydalanuvchilari mavjud bo‘lib, shu jumladan Xitoyda 500 million, Rossiyada 50 million,
O‘zbekistonda 10,5 milliondan ortiq foydalanuvchilar ro‘yxatga olingan. Endilikda ijobiy yoki salbiy mazmundagi axborotlarning global tarmoqqa chiqishi uchun bir soniya yetarli». Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi quydagi mafkuraviy tahdidlarga e’tibor qaratganda quyidagi ma’lumotlarga duch kelamiz: «Mutaxassislarning qayd etishicha, «IShID», «Al-qoida» kabi terrorchi tashkilotlar o‘z targ‘ibotining 99 foizini internet orqali amalga oshiradi. Terrorchilar o‘zlariga tegishli veb-sahifa va ijtimoiy tarmoqlarda
«shahidlik», «jihod», «hijrat», «takfir», «xalifalik» kabi tushunchalarni buzib talqin qilish natijasida juda ko‘p yoshlar to‘g‘ri yo‘ldan adashib ketayotganini aytish muhim. Bugungi kunda terrorchi g‘oyalarni targ‘ib qiladigan 1100 dan ortiq internet saytlari aniqlangan»[1].
Ekstremistik oqimlar o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan keng foydalanish, internet tizimining ijtimoiy tarmog‘i orqali turli tillarda targ‘ibot olib borish va puxta ishlangan strategiya asosida virtual jamoalar tuzishga harakat qilmoqdalar. Masalan, yirik terrorchi tashkilotlar o‘z saflariga faol tarzda ijtimoiy tarmoqlar orqali, asosan, 17- 35 yosh oralig‘ida bo‘lgan kishilarni yollamoqda. Bunda psixologik ta’sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoq a’zolarining sahifalari, qo‘yilayotgan rasmlar, sharh va izohlar hamda olib borilayotgan suhbat va mavzularni puxta o‘rganadi va shu asosida «nishon»ga olingan shaxsga mavzuga oid materiallar internetning «Facebook», «Odnoklassniki»,
«Vkontakte», «Viber», «Instagram», «Telegram», «WhatsApp» va «Twitter» kabi keng auditoriyaga ega bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar orqali (yozma xabar, matn, fotosurat, stiker rasmlar, audio-video rolik) jo‘natiladi va o‘zaro aloqa yo‘lga qo‘yiladi.
Aholini, ayniqsa, yoshlar orasida mutaassiblikka yo‘g‘irilgan bunday formulalarning tobora ommalashuvi hamda ularda turli ko‘rinishdagi buzg‘unchi «fatvo»larning berib borilishi muammoning naqadar jiddiy ekanini namoyon etadi. Yoshlar katta kuch hisoblanib, ularning endi shakllanib kelayotgan ongiga nimani singdirilsa, o‘sha toshga o‘yilgan naqshdek muhrlanadi. Shuning uchun ham radikal oqimlar aynan yoshlarimizni o‘z tuzog‘iga ilintirishga harakat qiladilar. Yoshlardagi ishonuvchanlik, kuch- g‘ayrat, qiziqqonlik ularning maqsadini amalga oshirishda qo‘l keladi.
Hayotning hali oq-u qorasini yaxshi bilmagan, hayotiy tajribasi kam bo‘lgan yoshlarimiz va kelajak avlodlarimiz uchun internet tizimidagi ijtimoiy tarmoqlari ma’naviy tahdidlarning manbasiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqlar yoshlarimizning kelgusi kamolotiga zarar yetkazuvchi ko‘pgina ma’naviy tahdidlarni vujudga keltirdi. Ulardan:
  • Muqaddas dinimizni niqob qilib, o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishish yo‘lida internet tizimining ijtimoiy tarmog‘idan foydalanayotgan noqonuniy oqimlar sonining ko‘payib borishi natijasida yoshlarimiz bilib- bilmay ularga qo‘shilib qolmoqda.


  • Turli tanishuv sahifalari va ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek xalqining madaniyati, ma’naviyati va ma’rifatiga tahdid soladigan behayo va pornografik mazmundagi materiallarning ko‘payishi natijasida yoshlarimiz nazarida oilaning muqaddas dargoh ekanligi unutilmoqda.


  • «Ommaviy madaniyat» targ‘ibotchilari internet tizimining ijtimoiy tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalanib, o‘zlarining g‘ayriinsoniy maqsadlariga erishmoqda[2].


Internet tizimining ijtimoiy tarmog‘idan tarqatilayotgan bu kabi yot g‘oyalar va axborotlarni yoshlar tomonidan qabul qilinayotganligi va uning oqibatlari jahondagi barcha mamlakatlari xalqini ham tashvishga solmoqda. Yoshlarimiz ongi, qalbi va ichki dunyosini egallashga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarga, ma’naviyatimizga tajovuz qilishga urinayotgan g‘arazli kuchlarga qarshi doimo ogoh turishimiz darkor. Ana shundagina bizni hech kim, hech narsa o‘z tanlagan yo‘limizdan ortga qaytara olmaydi va biz ko‘zlagan ulug‘vor maqsadlarimizga albatta yetamiz.


Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatning ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz zarur bo‘lsa, biz mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligiga, xalqimizning tinch va osuda hayotiga tahdid soladigan har qanday urinishlarga qarshi keskin zarba berishga qodirmiz»[3].
Buning uchun esa jamiyat hayotining modernizatsiyalashish sharoitida jamiyatda ma’naviy sohada quyidagi vazifalarni bajarishimiz lozim:
  • yoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish;


  • turli qarash va fikrga ega bo‘lgan yoshlarning o‘ziga xos orzu- intilishlarini uyg‘unlashtiruvchi g‘oyalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, yagona Vatan tuyg‘usi, adolat - qonun ustuvorligida, xalq roziligi, jaholatga qarshi ma’rifat, innovatsion taraqqiyotni ta’minlash barcha yurtdoshlarimiz uchun muqaddas maqsadga aylanishiga erishish, milliy hamjihatlikni yanada mustahkamlash;


  • ota-bobolarimiz dinining gumanistik mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish borasidagi ishlarni davom ettirish.


Buning uchun, avvalo:


  • ommaviy axborot vositalarida milliy ma’naviyatimiz aks etgan ko‘rsatuvlar, seriallar, kino va badiiy filmlar namoyishini omma e’tiboriga taqdim qilish;


  • internet tizimidan foydalangan holda milliy saytlar ko‘paytirish hamda yoshlarbop ruknlarni ochish va ular orqali milliy g‘oyalarni singdirib borishni ta’minlash;


  • jamiyatda ma’naviyatni takomillashtirish mavzuida ilmiy loyihalar joriy etish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash zarurdir[4].


Dunyoda g‘oyaviy hamda informatsion xurujlar, turli mafkuraviy tahdidlar avj olayotgan bugungi kunda yoshlarimiz ma’naviyatini yuksaltirish, ularning tafakkurida sog‘lom dunyoqarash asoslarini shakllantirish eng muhim vazifadir. Bunday murakkab va tahlikali davrda ma’naviy –


ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish quyidagilarga bog‘liq: yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon – atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, zo‘rlik bilan joriy etish oqibatida xalqaro maydondagi ziddiyat va qarama
– qarshiliklar kuchayib borayotgan bir vaziyatda o‘zimizning kelajak strategiyamizni aniq belgilab olish, g‘animlarning g‘arazli urinishlari nimaga qaratilganligini har tomonlama anglab olish va keng jamoatchilikka yetkazish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch va osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy g‘oya targ‘iboti va mafkuraviy jarayonlarning amaliy ishlari va ijobiy natijalarini yoshlarga tushuntira bilish, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi» ekanligi to‘g‘risidagi qarashlarining mazmun-mohiyatini har bir fuqaroga, xususan, yoshlar ongi, qalbi va ichki dunyosiga singdirish zarur.
Bugun dunyo aholisining 90 % dan ortig‘ida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkoniyati mavjud. Foydalanayotganlar soni ham hayratlanarli. Birgina «Facebook» ijtimoiy tarmog‘idan 1,5 milliarddan ortiq kishi foydalanadi. Rossiyalik olim I.N.Panarinning ta’kidlashicha, har kuni
«Facebook» ijtimoiy tarmog‘iga 936 milliondan ortiq foydalanuvchi tashrif buyuradi. Umumiy foydalanuvchilar sonining 51 % foizi kamida bir oyda bir marta tarmoqqa kiradi. Bir foydalanuvchining facebookda bir kun davomida bo‘lish vaqti 21 daqiqa. Eng faol facebook foydalanuvchilari Kanadada yashaydi. Osiyolik foydalanuvchilar soni ham oz emas, 253 million kishidan ortiqroq. Bu raqam bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin edi ammo, Xitoyda facebookka kirish ta’qiqlangan. «Google»ga tegishli video-xosting xizmati mashhurligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. Har oy saytga 1,3 milliarddan ortiq kishi tashrif buyuradi. Har oyda internet foydalanuvchilari saytdagi videolarni tomosha qilish uchun 6 milliard soatdan ko‘proq vaqt sarflashadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra insonlarning ijtimoiy tarmoqda sarflaydigan minimal vaqti 3 soatni tashkil etadi. Bir qarashda kishini xavotirga soladigan hech narsa yo‘qdek[5]. Inson bu 3 soat mobaynida turli hududlarda yashaydigan yaqinlari, tanishlari, qarindoshlari bilan muloqot qilmoqda, bunda nima notabiylik bor deb o‘ylash mumkin. Albatta, ushbu muloqot jarayonlarining ijobiy tomonlarini inkor etib bo‘lmaydi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlarda faqat ezgu niyatni ko‘zlagan insonlar o‘tirmasligini o‘nlab misollar bilan asoslash mumkin. Ayniqsa, yoshlarda bunday holat ko‘proq yolg‘iz qolish istagining kuchayishida namoyon bo‘ladi. Tarmoqlarda mashhur bo‘lgan «Ko‘k kit» o‘yini ham yolg‘izlikni, jamoaviy munosabatlardan qochishni targ‘ib qilib, oxir-oqibat yoshlarni o‘z joniga qasd qilishga yetaklovchi jihatlarni oshkor qildi. Bu haqidagi dastlabki shov-shuvlar 2015 yildan boshlangan. Internetda «Ko‘k kit», «Tinch uy»,
«f58», «f57» kabi «o‘lim guruhlari» haqida turli fakt va ma’lumotlar bor:
«Ko‘k kit»ni 18 yoshga to‘lmagan, mustaqil fikri, qiziqqan mashg‘uloti yo‘q o‘smirlar qiziqtiradi. Boshida oson, qiziq topshiriqlar berib o‘smirning ichiga
kirib oladi. Keyinchalik tanasiga tig‘ bilan ko‘k kitning suratini chizdirib, bitta kuyni 3 kun tinimsiz tinglab, topshiriqlarni bajargan o‘smirlarni maqtab, tabriklaydi. Bu nihoyat 50 kunda so‘nggi – 50 topshiriq (suiqasd)ni bajartirib, uni videoga olishni o‘rgatuvchi o‘lim o‘yini, deyiladi[6].
«Ko‘k kit» bu – o‘smirlar ongiga hujum qilayotgan ma’naviy tahdidlardan biridir! Chunki, birinchidan, bu trend-tahdid o‘ziga 18 ga to‘lmagan yoshlarni, o‘smirlarni nishonga olgan. Demak, O‘zbekiston o‘smir-yoshlarini ham. Biz yoshlarimizni bu kabi tahdidlardan ogoh etishimiz lozim; Ikkinchidan, yoshlarning bo‘sh vaqtini, ixtiyorini va qiziqishlarini egallashga yo‘naltirilgan. Shunday ekan, yoshlarning o‘z bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishlari uchun zamin yaratish. Yoshlar bo‘sh vaqtlarini chet tillarini o‘rganishga, sport va boshqa qiziqqan mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlaridan tashqari targ‘ibot guruhlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berish lozim. Shundagina o‘smir-yoshlariga hech qanday tashqi kuchlarning ta’siri bo‘lmaydi. Uchinchidan, yoshlarni g‘oyaviy qul qilib, ularni o‘z qo‘l-oyoqlaridan foydalanib qurbon qilmoqchi. Shu boisdan, biz yoshlarning mafkuraviy immunitetni mustahkamlash uchun targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish; To‘rtinchidan, uning maqsadlari bizning Harakatlar strategiyamizga, yoshlarga oid siyosatiga, o‘zbekistonlik ota-onalar, ustoz-murabbiylar, yoshlarimizning maqsadlariga mutlaqo zid. Bu tarbiya subektlarini bir joyga to‘plash hamda mahallalarda, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda ma’naviy
  • ma’rifiy tanlovlar, treninglar, tadbirlar hamda targ‘ibot ishlarining


ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etishga qaratilgan samarali usul va uslublarni ishlab chiqish; Beshinchidan, yoshlarning bu kabi turli xil yot va zararli g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasliklari uchun har tomonlama mafkuraviy qurollantirishni zamonaning o‘zi talab qilmoqda. Shunday ekan, «Al Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg’inoniy, Abu Mansur Moturudiy, Alisher Navoiy va boshqa buyuk allomalarimiz asarlari milliy tarbiyamizning bosh g‘oyasi bo‘lib qolishligi va ularning asarlarida keltirilgan ibratli fazilatlaridan bahramand bo‘lishimiz lozim.


Umuman, bugungi kunda internet tizimining ijtimoiy tarmoqlari salbiy ta’sirining oldini olish uchun yoshlarning ma’naviy salohiyatini oshirish, iqtidorli va iste’dodli bolalarning o‘z ijodlarini erkin namoyon etish va axborot almashish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari orqali maxsus internet dasturlarini ko‘proq tuzib, yoshlarga mo‘ljallangan turli mavzular bo‘yicha maqsadli loyiha va sohaviy tizimli dasturlarni tayyorlash va ularni doimiy tarzda yangilab borish maqsadga muvofiqdir.
Shu bilan birgalikda, innovatsion texnologiyalar orqali milliy g‘oya, milliy mafkura, milliy g‘urur kabi oliy insoniy tushunchalarni targ‘ibot- tashviqot qilish jarayonida yoshlarning ongi, qalbi va ichki dunyosiga singdirish bugungi kun davr talabidir. Chunki, vayrankor g‘oya va buzg‘unchi mafkuralarning xarqanday ko‘rinishlariga qarshi kurashish orqali yoshlarda mafkuravoiy immunetetni innovatsion texnologiyalardan foydalanish

asosida singdirish maqsadga muvofiqdir. Biz manba sifatida milliy g‘oya va ma’naviyat fanlarini singdirishda samarali bo‘lgan bir nechta innovatsion texnologiyalarni asos qilib oldik.


OQIBATI


Download 21.47 Kb.
  1   2




Download 21.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlar

Download 21.47 Kb.