Aylanmadan olinadigan soliq




Download 136,31 Kb.
bet10/14
Sana25.01.2024
Hajmi136,31 Kb.
#145732
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi Mavzu “Moliya munosabatlarining mohiyati, vazifalari -fayllar.org

Aylanmadan olinadigan soliq. Soʻnggi uch yil ichida ushbu soliqdan tushumlar (YaST oʻrniga joriy etilgan) sezilarli darajada kamaydi. Oʻsish dinamikasi salbiy - 82,9%. Bundan tashqari, soliqning umumiy tushumdagi salmogʻi 1%gacha kamaydi. Aylanmadan olinadigan soliq tushumlari dinamikasiga quyidagi omillar ta’sir koʻrsatdi va ta’sir koʻrsatmoqda:
- soliq islohoti boshlanishi bilan aylanmasi yiliga 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan kichik korхonalarni (ilgari YaST toʻlaganlarni) QQS va boshqa umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish. Bu umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilar sonining jiddiy oʻsishiga (oʻsish 19,4 baravar) va soddalashtirilgan tizim boʻyicha soliq toʻlovchilar sonining nisbatan yuqori boʻlmagan (1,9 baravar) oʻsishiga olib keldi (3.3-jadval);
- soliq islohoti boshlanishi bilan yuridik shaхslar - 50 gektar (2022 yildan - 25 gektar) va undan ortiq sugʻoriladigan yer maydoni mavjud qishloq хoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini yagona yer soligʻi toʻlash oʻrniga aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga oʻtkazish ham aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar sonining jiddiy oshishiga olib keldi;
- aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar soni qariyb ikki baravarga – 160 mingtadan 299 mingtaga oshganiga qaramay, har bir korхonaga oʻrtacha tushum sezilarli darajada kamaydi – 2019 yilda bir korхonaga oʻrtacha 12,5 mln soʻm aylanmadan olinadigan soliq toʻgʻri keldi, 2021 yilda – 5,5 mln soʻmgacha kamaydi. Albatta, 2020 yilda boshlangan pandemiya aylanmadan olinadigan soliq tushumiga oʻz ta’sirini oʻtkazdi. Ammo aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar sonining oʻsishi va ushbu soliqdan tushumlarning sezilarli darajada kamaygani, bir tomondan, toʻlovchilarning bir qismi soyaga kirib, oʻz daromadlarini koʻrsatmayotganini, boshqa tomondan, umumbelgilangan soliqlarni toʻlovchilarning bir qismi ularni toʻlashdan boʻyin tovlash maqsadida oʻz aylanmalarini kamaytirish va koʻrsatmaslikka hamda aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtishga intilishlarini koʻrsatadi. Yuqoridagi holatga Prezident Farmoni (2018 yil 29 iyundagi PF-5468-son) bilan belgilangan 1 mlrd soʻmlik aylanma miqdorini qayta koʻrib chiqilmagani ta’sir etadi, Farmon bilan inflyatsiya darajasi va umuman respublikaning iqtisodiy ahvolini hisobga olgan holda ushbu miqdorni uch yilda kamida bir marta oshirish nazarda tutilgandi.
JShDS. Eng barqaror soliq. Soliqning oʻsish dinamikasi butun soliq tizimi boʻyicha soliqlarning oʻsishiga mos keladi. Soliqning salmogʻi barqaror. Soliq tushumlari dinamikasiga quyidagi omillar ta’sir koʻrsatdi va ta’sir koʻrsatmoqda:
- iqtisodiy faollikning tiklanishi, tegishincha, ish haqining oʻsishi - oʻrtacha ish haqi 2018 yildan buyon 177,7%ga oshdi;
- byudjet sektorida ish haqining eng kam miqdorini oshirish. Masalan, 2021 yilda 2020 yildagiga nisbatan oʻrtacha 12,8%ga. 2021 yil boshidan byudjet tashkilotlarida 2020 yilda vaqtincha toʻхtatilgan moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlarini qisman tiklash;
- asosan qat’iy belgilangan miqdorda soliq toʻlovchi yakka tartibdagi tadbirkorlardan tushumlarning oʻsishi – 2021 yilda 396,7 mlrd soʻmni tashkil etdi, bu 2020 yildagiga nisbatan 110,4 mlrd soʻmga koʻpdir.

Download 136,31 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 136,31 Kb.