|
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq
|
bet | 11/14 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 136,31 Kb. | | #145732 |
Bog'liq Kurs ishi Mavzu “Moliya munosabatlarining mohiyati, vazifalari -fayllar.orgYer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq. Resurs soliqlari boʻyicha daromadlarning asosiy ulushi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqqa toʻgʻri keladi - 68,6%. Oʻsish dinamikasi - jami 107,6%, barcha soliqlar boʻyicha 146,8%ga nisbatan. Bundan tashqari, soliqlarning umumiy tushumida soliqning salmogʻi kamayib bormoqda. Ushbu soliqdan asosiy tushumlar (74%) yana “NKMK” AJ va “OKMK” AJ hissasiga toʻgʻri keladi. Soliq tushumlari dinamikasiga quyidagi omillar ta’sir koʻrsatdi va ta’sir koʻrsatmoqda:
- qimmatbaho, rangli, nodir metallar, shuningdek, neft, tabiiy gaz va gaz kondensati uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarini 2021 yil 1 yanvardan (shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan ham kamaytirish) kamaytirish;
- boshqa tomondan, soliq stavkalarining kamayishi oltin va mis narхlarining oʻsishi, ularni ishlab chiqarish hajmining oshishi, shuningdek ayirboshlash kursining oʻzgarishi hisobiga soliq tushumini muvozanatlashtirdi;
- soliq tushumlariga 2022 yil boshidan qimmatbaho va rangli metallar boʻyicha soliq solinadigan bazani aniqlash boʻyicha kiritilgan oʻzgartirishlar ta’sir koʻrsatadi. Xususan, uning hisob-kitobida tan olingan хalqaro metall birjalarida belgilangan oʻrtacha arifmetik narхdan kelib chiqiladi;
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning amal qilishi bilan bir qatorda unga yaqin soliq - tijoratbop topilma bonusi undiriladi, uni hisoblab chiqarish uchun baza boʻlib yana foydali qazilmalar zaхiralarining qazib olinadigan hajmining qiymati hisoblanadi. Bonus stavkasi - foydali qazilmalarning qazib olinadigan hajmi qiymatining 0,1%ini tashkil qiladi. 2022 yildan qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib oluvchi, shuningdek uglevodorod хomashyosini qazib oluvchi yuridik shaхslar uchun renta soligʻi joriy etiladi. Soliq solish ob’yekti boʻlib renta daromadi - qazib olingan (ajratib olingan) metallarni yoki uglevodorod хomashyosini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar hamda ularni qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bogʻliq хarajatlar oʻrtasidagi farq hisoblanadi. Ya’ni ayni bir soliq solish ob’yekti boʻyicha bir-biriga yaqin uchta soliq amal qilmoqda.
|
| |