• 2. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari. 3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni
  • 1. Soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi.
  • 11. Suv resurslaridan foydalanganlik ushun soliq reja: Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi




    Download 200.28 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana17.04.2024
    Hajmi200.28 Kb.
    #199282
      1   2   3
    Bog'liq
    SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK USHUN SOLIQ
    # GAZ QONUNLARINING YARATILISHI, Elekromagnit induksiy xodisalari.doc, Pedagogik faoliyat, Determinat, matrisa, Mustaqil ish mavzulari Nyuton qonunlarini ta’riflang va formulal, 5-Mavzu Umumiy pedagogika, 1- YARIM YILLIK TEST 7-SINF, Ikkinchi Sharq Uyg\'onish davri - Zohidov Muhammadsulton, Klassik mektepke alternativ táliymatlar. XIX ásirdiń birinshi yariminda izertlew ilimiy kontsepsiyalarınıń qáliplesiwi, Itimallar teoriyası. Tosınmalı shamalar., fizikavij-kimyovij olchashlar, 1 Kompyuterda axborotlarni tasvirlash, ishchi dastur 2021 elektronika va sxemalar2 (2), DTTL Norov, offer uz


    129 
    11. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK USHUN SOLIQ 
    Reja: 
    1. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti va 
    soliq bazasi. 
    2. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari. 
    3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni 
    taqdim etish va soliq toʻlash tartibi. 
    Tayanch soʻz va iboralar: yer osti suv resurslari, yer usti suv resurslari, soliq toʻlovchilar, 
    dehqon xoʻjaliklari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, foydalaniladigan suv resurslari, soliq solish 
    obyekti, soliq bazasi, soliq stavkasi, suv hajmi, kamaytiruvchi koeffitsiyent, soliq davri, soliq 
    hisob-kitobi, soliq hisoboti, soliq toʻlash muddatlari. 
    1. Soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi. 
    Mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 1998 – yil 1 – yanvardan 
    joriy etildi
    61

    Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi 
    hududida suvdan birlamchi foydalanishni yoki suvni isteʼmol qilishni amalga oshiruvchi quyidagi 
    shaxslardan iborat: 
    Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; 
    faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasalari orqali amalga oshirayotgan 
    Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar; 
    suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek 
    tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun 
    moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar
    dehqon xoʻjaliklari, shuningdek qishloq xoʻjaligi yerlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar. 
    Aholi punktlarining suv taʼminoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik 
    shaxslar faqat oʻz ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun soliqni toʻlovchilar deb eʼtirof 
    etiladi. 
    Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari suv resurslaridan 
    foydalanganlik uchun soliq solish obyektidir. 
    Quyidagilar soliq solish obyekti boʻlmaydi: 
    1) notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida 
    foydalaniladigan suv resurslari; 
    2) sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti 
    mineral suvlari, bundan savdo tarmogʻida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi 
    mustasno; 
    3) atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatishining oldini olish maqsadida chiqarib olingan yer 
    osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno; 
    4) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish paytida chiqarib 
    olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qaʼriga qayta quyiladigan yer osti suvlari, 
    bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno
    5) gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv 
    resurslari; 
    6) issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta quyiladigan suv 
    resurslari; 
    7) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan shoʻrlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan, 
    suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan shoʻrlarni 
    yuvish normalari doirasidagi suv resurslari. 
    8) kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslari. 
    61
    Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-maydagi “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-837-XII-son 
    Qonuni (hujjat kuchini yoʻqotgan). 


    130 
    Foydalanilgan suvning hajmi soliq bazasidir. 
    Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan 
    foydalanishning buxgalteriya (dastlabki) hisobi hujjatlarida aks ettirilgan suv oʻlchagich asboblar 
    koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi. 
    Suvdan oʻlchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv obyektlaridan suv 
    olish limitlaridan, suvni isteʼmol qilishning texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda 
    yashil daraxtzorlarni sugʻorish normalaridan yoki maʼlumotlarning toʻgʻriligini taʼminlovchi 
    boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
    Soliq toʻlovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari 
    hajmlarining alohida hisobini yuritadi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv 
    keladigan vodoprovod tarmogʻidagi suvdan foydalanilganda, soliq bazasi manbaning har bir turi 
    boʻyicha alohida aniqlanadi. Suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 
    vodoprovod tarmogʻiga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv 
    hajmlarining nisbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga joriy soliq davrining 15- 
    yanvariga qadar taqdim etishi kerak. Soliq organlari uch kun ichida ushbu maʼlumotlarni soliq 
    toʻlovchilar eʼtiboriga yetkazishi lozim. 
    Issiq suv hamda bugʻ hosil qilinishi boʻyicha soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan ishlab 
    chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun oʻzi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda 
    aniqlanadi. 
    Binolarning bir qismi, alohida inshootlar ijaraga berilganda soliq bazasi suv yetkazib 
    berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan 
    aniqlanadi. 
    Binolarning bir qismini, alohida inshootlarni ijaraga olgan va suv yetkazib berishni amalga 
    oshiruvchi soliq toʻlovchilar bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq bazasini mustaqil 
    ravishda aniqlaydi. 
    Soliq toʻlovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi yuzasidan solishtirib koʻrish 
    jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmining farqini solishtirish amalga 
    oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradi. 
    Yuridik shaxslarning hududida taʼmirlash-qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajaruvchi 
    soliq toʻlovchilar ushbu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun soliq toʻlamaydi. 
    Taʼmirlash-qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun 
    bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxslar soliq toʻlaydi. 
    Qurilish ishlari yangi qurilish maydonchasida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv 
    hajmi uchun qurilish tashkiloti soliq toʻlaydi. 
    Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ soliq bazasini aniqlash 
    uchun soliq organlariga, shuningdek qishloq xoʻjaligida, shu jumladan baliqchilik xoʻjaligida suv 
    resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan foydalanilishi kutilayotgan suv 
    resurslarining hajmini har yili joriy soliq davrining 10-dekabridan kechiktirmay, dehqon 
    xoʻjaliklari, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun 
    moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar boʻyicha esa – 
    suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyi boʻyicha soliq organlariga hisobot yilidan 
    keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay taqdim etadi. 
    Dehqon xoʻjaliklari, shuningdek qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga hamda 
    tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun 
    moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq bazasi 
    suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ taqdim etgan maʼlumotlarga asosan 
    soliq organlari tomonidan aniqlanadi. 
    Sunʼiy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi baliqchilik xoʻjaliklari soliq bazasini tabiiy va 
    sunʼiy suv obyektlaridan olingan va ushbu suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi, 
    bundan kollektor – drenaj tarmoqlariga qaytarib quyiladiganlar mustasno, oʻrtasidagi farqdan kelib 
    chiqib aniqlaydilar. 


    131 
    Qishloq xoʻjaligida, shu jumladan baliq yetishtirishda suv resurslarini hisobga olish 
    vositalari mavjud emasligi va foydalaniladigan suv resurslarining haqiqiy hajmini aniqlashning 
    imkoni boʻlmagan taqdirda, soliq bazasi suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish sohasidagi 
    vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv resurslari isteʼmolining normativlariga koʻra 
    aniqlanadi. 
    Ishlab chiqarish jarayonida suvni maxsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun 
    ishlatadigan soliq toʻlovchilar soliq bazasini tabiiy suv obyektlaridan maxsus uskunalarni 
    (turbinalarni) sovitish uchun olingan va tabiiy suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi 
    oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydi. Ushbu norma suvning haqiqiy hisobi yoki suvdan 
    maxsus foydalanish ruxsatnoma mavjud boʻlganda qoʻllaniladi. 
    Soliq toʻlovchi soliq toʻlash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirgan taqdirda, 
    soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan suv resurslari hajmining hisobini alohida 
    yuritish asosida aniqlanadi. Alohida hisob yuritish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, soliq bazasi 
    qaysi faoliyat boʻyicha soliq toʻlash sof tushumning umumiy hajmida nazarda tutilgan boʻlsa, 
    oʻsha faoliyatdan olinadigan sof tushumning solishtirma hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
    Alkogolli mahsulot va alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun 
    foydalanilgan suvning hajmi ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar uchun soliq bazasi hisoblanadi. 
    Alkogolli mahsulot va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi 
    deganda isteʼmol idishidagi tayyor mahsulotga toʻgʻri keladigan suvning hajmi tushuniladi. 
    Soliq solish obyekti va (yoki) soliq stavkasi turli xil boʻlgan bir necha turdagi faoliyat bilan 
    shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar bunday faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob 
    yuritishlari va tegishli soliq stavkalari boʻyicha soliq toʻlashlari shart. 

    Download 200.28 Kb.
      1   2   3




    Download 200.28 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11. Suv resurslaridan foydalanganlik ushun soliq reja: Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi

    Download 200.28 Kb.
    Pdf ko'rish