• 1. UMUMIY QOIDALAR
  • Dasturining qoidalari




    Download 128.23 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana11.05.2023
    Hajmi128.23 Kb.
    #58481
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    7-uz lat-bonusnaya-programma-aps-bonus
    Informatika fanidan tadbir ishlanmasi, Umumiy kimyo, Fizik kimyo - Test, oliy matematika yakuniy misollar 3-semestr


    «APS bonus» BONUS 
    DASTURINING QOIDALARI
    Toshkent sh.


    1
    “APS bonus” bonus dasturining qoidalari
    1. UMUMIY QOIDALAR
    1. 1. «APS bonusi» bonus Dasturi «A-Pay» Elektron pul Tizimidan foydalanuvchi Mijozlarni 
    ragʻbatlantirish va mukofotlash maqsadida tashkil etilgan hamda Tizim Foydalanuvchilarining 
    faolligini oshirishga yoʻnaltirilgan.
    1. 2. «APS bonusi» bonus Dasturining ushbu qoidalari (bundan keyin matnda – Qoidalar, Dastur) 
    Mijozlarning undagi ishtirokining umumiy shartlari va tartibini belgilaydi. «APS bonusi» bonus 
    Dasturi Elektron pullarni ishlatgan holda «A-Pay» Elektron pullari Tizimidan (bundan keyin matnda 
    – Tizim) toʻlovlar, oʻtkazmalar va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida foydalanuvchi 
    Mijozlar-jismoniy shaxslarga moʻljallangan.
    1. 3. Mijozlarning «APS bonusi» bonus Dasturi (bundan keyin matnda – Dastur)ga kirishi ushbu bonus 
    Dasturining Qoidalari koʻrinishida taqdim etilayotgan Ommaviy oferta yoʻli bilan amalga oshiriladi.
    Qoidalar «CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION» MCHJ – «A-Pay» Elektron 
    pullar Tizimi Operatori (bunday keyin matnda – Operator, Tizim Operatori) (yuridik manzili: 
    Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, A.Qahhor koʻchasi, 9-tor koʻcha, 1A-uy/STIR 306 344 019 /IFUK 
    58290) bundan keyin matnda – Operator, Tizim Operatori)ning Mijozning Oʻzbekiston Respublikasi 
    Fuqarolik kodeksi meʼyorlariga muvofiq Dasturda (ommaviy ofertada) qatnashishiga shartnoma 
    tuzish uchun rasmiy ommaviy taklifi hisoblanadi. 
    1. 4. Operator oʻzining quyidagi manzildagi rasmiy https://www.a-pay.uz sayti va (yoki) mobil ilovasi orqali 
    ushbu Dasturning dolzarb versiyasini joylashtiradi va Mijozni Tizim Operatori va/yoki mobil ilova 
    vositasida ushbu Dasturga qoʻshilish imkonini tashkil etadi. 
    1. 5. Shartnoma Mijoz tomonidan Dastur Qoidalarida nazarda tutilgan va qoʻshilish shartlarida barcha 
    shartlarni hech qanday istisnosiz va cheklovlarsiz qabul qilishni anglatuvchi harakatlar sodir etilgan 
    vaqtdan boshlab tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi.
    1. 6. Mijoz akseptni amalga oshira turib, ushbu Shartnomaning shartlariga rozi boʻladi va ularni qabul 
    qiladi hamda Dastur Ishtirokchisiga aylanadi. Ushbu Shartnoma Mijoz tomonidan aksept amalga 
    oshirilgan vaqtdan boshlab tuzilgan hisoblanadi va uning qiymati yozma shaklda tuzilgan hujjatga 
    tengdir. 
    1. 7. Oferta aksepti Mijoz tomonidan har qanday konklyudent harakatlari bilan: «A-Pay» Elektron 
    pullar Tizimida roʻyxatdan oʻtish, SMS kodni kiritish, birinchi tranzaksiyani olib borish orqali amalga 
    oshiriladi. 
    1. 8. Qoidalarda nazarda tutilgan konklyudent harakatlarni amalga oshira turib, Ishtirokchi shu tariqa 
    Dastur Qoidalarining toʻliq matni va Qoidalarda koʻrsatilgan hujjatlar bilan tanishib chiqqanligini
    Qoidalarning shartlari va tartiblarini toʻliq qabul qilganini, ularga roziligini va rioya qilishini 
    tasdiqlaydi.
    1. 9. Dastur doimiy ravishda joriy etiladi, biroq Tizim Operatori bir tomonlama tartibda «APS bonusi» 
    bonus Dasturiga oʻzgartirish kiritish, toʻldirish va/yoki Bonus Dasturini bekor qilish huquqini oʻzida 
    saqlab qoladi.



    Download 128.23 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 128.23 Kb.
    Pdf ko'rish