OPERATORNING HUQUQLARI VA




Download 128.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana11.05.2023
Hajmi128.23 Kb.
#58481
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-uz lat-bonusnaya-programma-aps-bonus
Informatika fanidan tadbir ishlanmasi, Umumiy kimyo, Fizik kimyo - Test, oliy matematika yakuniy misollar 3-semestr
6. OPERATORNING HUQUQLARI VA 
MAJBURIYATLARI
6. 1 Operatorning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
6. 1.1 Mijozlarga APSni hisoblash shartlariga muvofiq hisoblash;
6. 1.2 Ishtirokchilarga Qoidalarning barcha shartlariga rioya qilgan holda toʻplangan APS sarf 
qilishini taʼminlash;
6. 1.3 Aksiya tranzaksiyasi, operatsiyalar sodir etilganidan soʻng 5 (besh) kalendar kuni davomida 
Ishtirokchidan texnik sabablarga koʻra hisoblanmagan APSni oʻtkazish bilan bogʻliq arizasini 
koʻrib chiqishga qabul qilish;
6. 1.4 Qoidalar, Nizomlarga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, shuningdek, Bonus Dasturini yopish 
toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda Operatorning rasmiy sayti va/yoki mobil ilovasida tegishli 
axborotni joylashtirish.
6. 2 Operator quyidagi huquqlarga ega:
6. 2.1 Oʻz xohishiga koʻra Operatorning fikriga boʻyicha APSni hisoblash, foydalanish, yopish (oʻchirish) 
uchun zarur boʻlgan, shuningdek, Dasturda qatnashish bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun 
Ishtirokchidan har qanday axborot va hujjatlarni soʻrab olish;


7
“APS bonus” bonus dasturining qoidalari
6. 2.2 Ishtirokchi tomonidan soʻralgan axborotlar va hujjatlar taqdim etilguniga qadar APS 
hisoblanishini va/yoki ulardan foydalanish imkoniyatini toʻxtatib turish;
6. 2.3 Ishtirokchi tomonidan soʻralgan axborotlar va hujjatlar Qoidalarda nazarda tutilgan muddatda 
taqdim etilmagan holda APS hisoblanishini, ulardan foydalanish imkoniyatini rad etish;
6. 2.4 APS hisoblash va foydalanish bilan bogʻliq ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganda Ishtirokchi 
tomonidan yozma arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar tekshiruvini amalga oshirish;
6. 2.5 Ishtirokchiga APS oʻtkazish va hisobdan chiqarish boʻyicha operatsiyalar olib borishni rad 
etish, shuningdek, avval hisoblangan APSni: tranzaksiyalar oʻtkazilishini tasdiqlovchi elektron 
hujjatni yoʻqligida, tranzaksiya Ishtirokchi tomonidan olib borilganligiga shubha tugʻilganda, 
Ishtirokchi olib borgan operatsiya Qoidalar yoki mazkur operatsiyani amalga oshirish 
boʻyicha Operator tomonidan belgilangan tartibga zid kelsa, operatsiya oʻtkazish uchun 
APSdan foydalanish uchun yetarli miqdorda bonuslar mavjud boʻlmaganida, Bonus Dasturi 
Ishtirokchilari va Tizim ishiga zarar yetkazishga qaratilgan turli xil texnik usullarni qoʻllagan 
holda sodir etilgan ruxsatsiz yoki qonunga zid harakatlar amalga oshirilgan taqdirda qaytarib 
olishi (bekor qilishi, nolga tushirishi);
6. 2.6 Qoidalarga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar (xususan, yangi tahrirlarni belgilash), shu jumladan, 
Qoidalarga ilovalarni kiritish. Bonus Dasturi Ishtirokchilarini xabardor qilish Operator 
tomonidan Qoidalarga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni Operatorning 
veb-saytida va/yoki mobil ilovasida eʼlon qilish yoʻli bilan yoki Ishtirokchiga maʼlumotni olish 
va Operatordan kelganligini aniqlash imkonini beradigan boshqa usul bilan amalga oshiriladi. 
Agar eʼlon qilishda boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar ular 
eʼlon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
6. 2.7 Operatorning veb-saytida va/yoki mobil ilovasida tegishli maʼlumotni eʼlon qilish orqali yoki 
Ishtirokchiga maʼlumot olish hamda uni Operatordan kelganligini aniqlash imkonini beradigan 
boshqa usul bilan Bonus dasturi Ishtirokchilarini xabardor qilgan holda Bonus Dasturini 
yopish. Operator Dasturni tugatish toʻgʻrisida xabar bergan paytdan boshlab Ishtirokchilar 
Peshtaxtada Tovarlar, xizmatlarni olish uchun buyurtmalarni qoldirishga haqli yemas, Bonus 
Dasturi tegishli maʼlumotlar eʼlon qilingan paytdan boshlab yopiq hisoblanadi;
6. 2.8 agar Bonus Dasturini suiisteʼmol qilinishida shubha tugʻilgan hollarda Ishtirokchiga APS 
hisoblashni hamda bonuslar sarflanishini toʻxtatish;
6. 2.9 notoʻgʻri hisoblangan, texnik nosozlik, shuningdek, Ishtirokchi tomonidan tovarlar/xizmatlar 
uchun toʻlov bekor qilinganda va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan boshqa hollarda APS 
balansini toʻgʻrilash;
6. 2.10bir tomonlama, suddan tashqari tartibda Ishtirokchining maxsus hisobini blokirovkalash, avval 
hisoblangan APSni bekor qilish va agar Ishtirokchi: 
6.2.10.1Qoidalarning shartlarini buzsa va/yoki ularga rioya qilmasa;
6.2.10.2Qoidalarda, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida oʻziga berilgan huquq va 
imkoniyatlarni suiisteʼmol qilsa, shuningdek, noqonuniy harakat qilsa;
6.2.10.3Tadbirkorlik faoliyatini bajarishga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida 
Dasturdan foydalansa;
6.2.10.4 Operatorga notoʻgʻri va/yoki chalgʻituvchi maʼlumotlarni taqdim etsa;


8
“APS bonus” bonus dasturining qoidalari
6. 2.11 aksiyalarda ishtirok etish maqsadida Hamkorlarni jalb etsa;
6. 2.12 qoʻshimcha APS hisoblanadigan va boshqa Ragʻbatlantirishlar t aqdim etiladigan Aksiyalar 
oʻtkazsa; 
6. 2.13 APS hisoblash va yopish (hisobdan chiqarish) shartlarini belgilasa, ulardan foydalanish limitini 
va boshqa cheklovlarini belgilasa, Ishtirokchini Dastur ishtirokchilari tarkibidan chiqarib 
tashlash (Dasturda ishtirok etishni toʻxtatish);
6. 2.14 Quyidagi hollarda Ishtirokchining maxsus hisobidan APSni bir tomonlama bekor qilish: 
notoʻgʻri hisoblash; Ishtirokchining maxsus hisob raqamiga hisoblangan kundan boshlab, 
365 (uch yuz oltmish besh) kalendar kun ichida APSdan foydalanmaslik; maxsus hisobdagi 
balansda oʻzgartirishlarning va «A-Pay» elektron pullar Tizimidan soʻnggi Operatsiya/
maxsus hisobdagi balans oʻzgarishi sanasidan boshlab olti oy mobaynida foydalanilgan 
Operatsiyalarning yoʻqligi (ilgari toʻplangan APS toʻliq bekor qilinadi), Dasturda ishtirok etishni 
tugatish; Operator tomonidan maʼlumot olish yoki Ishtirokchi tomonidan Dasturni suiisteʼmol 
qilish holatlarini aniqlash. Agar maxsus hisob varagʻidagi APS soni Qoidalarga muvofiq 
bekor qilinishi lozim boʻlgan mablagʻdan kam boʻlsa, Operator APSning zarur miqdorini ular 
Ishtirokchining maxsus hisobvaragʻida toʻplanganda hisobdan chiqaradi.
6. 2.15 Ishtirokchi Operator tomonidan firibgarlik, yolgʻon yoki boshqa manipulyatsiya deb eʼtirof 
etilgan, Operator uchun turli xil va darajadagi moddiy, maʼnaviy va boshqa zararli oqibatlarga 
olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarni sodir etgan yoki sodir etmoqchi 
boʻlgan hollarda Dasturda ogohlantirishsiz ishtirok etishni rad etish (faqat Dastur doirasida 
Ishtirokchiga berilgan huquqlarni suiisteʼmol qilishga qaratilgan). Huquqlarni suiisteʼmol 
qilish deganda Ishtirokchining Qoidalarga mos kelmaydigan va APSning maksimal miqdorini 
olishga qaratilgan noqonuniy harakatlari tushuniladi. Bunday hollarda ilgari hisoblangan va 
oʻtkazilgan APS bekor qilinishi yoki toʻgʻrilanishi lozim.
6. 2.16 Ishtirokchini oldindan ogohlantirmasdan APS toʻplash, foydalanish ehtimolini vaqtincha 
toʻxtatib, profilaktika ishlarini olib borish;
6. 2.17Ishtirokchining roziligisiz oʻz majburiyatlarini bajarish uchun uchinchi shaxslarni jalb qilish;
6. 2.18 Ishtirokchini qoʻshimcha ogohlantirmasdan turib Peshtaxtadagi tovarlar, xizmatlar, tovarlar, 
xizmatlar nomini toʻldirish va chiqarib tashlash.
6.3 Operator oʻz xohishiga koʻra qoidabuzarlik darajasidan kelib chiqib, qoidabuzarlik ilk bor 
aniqlanganda Ishtirokchiga ogohlantirish qoʻllashga haqlidir.
6.4 Operator tomonidan Ishtirokchining Dasturda qatnashishini Qoidalarda belgilangan tartibda bekor 
qilinishi Ishtirokchi APSini soʻzsiz va muddatsiz bekor qilinishiga, APSdan foydalangan holda Tovar, 
xizmatlarni olish imkonining mumkin emasligiga hamda Operator va/yoki Hamkorning Dastur 
doirasida Ishtirokchi oldidagi majburiyatini bekor qilinishiga olib keladi. Tegishli Ishtirokchining 
Dasturdagi ishtiroki APS bekor qilingandan keyin tugatilgan hisoblanadi. Operator Qoidalarda 
nazarda tutilgan asoslarga koʻra Dasturdagi ishtiroki tugatilgan taqdirda Ishtirokchining Dasturda 
qayta ishtirok etishini rad etishga haqli.
6.5 Agar Operator Ishtirokchining oʻlimi yoki uni bedarak yoʻqolgan yoki oʻlgan deb eʼtirof etish 
toʻgʻrisidagi maʼlumotni olgan hollarda ham Ishtirokchining Dasturda ishtirok etishi toʻxtatiladi. 
Bu Ishtirokchi APSning bekor qilinishi, Operator Peshtaxtasidagi Tovar, xizmatlarga buyurtma 
berishning imkoni yoʻqligi va Operatorning Dastur doirasida Ishtirokchi oldidagi majburiyatlari 
bekor qilinishiga olib keladi.


9
“APS bonus” bonus dasturining qoidalari
6. 6. Operator quyidagilar uchun javobgar emas:
6.6.1 Tizimdan foydalanish yoki Dasturda ishtirok etish bilan bogʻliq holda Ishtirokchiga yetkazilgan 
har qanday moddiy va maʼnaviy zarar;
6.6.2 Sabablaridan qatʼi nazar, Tizimning ishlashidagi texnik nosozliklar va tizimning uzluksiz 
ishlashini, shu jumladan APSni hisoblash, undan foydalanishning uzluksiz imkoniyatini 
kafolatlamaydi;
6.6.3 Uchinchi shaxslarning Ishtirokchining Hisobga olish raqamiga kirishi, unda uchinchi shaxslar 
tomonidan amalga oshirilgan har qanday harakatlar;
6.6.4 Operatorning APSni hisoblash, foydalanish, yechib olishni rad etishi, Ishtirokchining 
Dasturdagi ishtirokini tugatishning har qanday oqibatlari;
6.6.5 Ishtirokchining haqiqiy irodasi va Ishtirokchining APSdan foydalanish toʻgʻrisidagi buyrugʻining 
mazmuni oʻrtasidagi nomuvofiqlik, Dasturda ishtirok etishni tugatish;
6.6.6 Ishtirokchi tomonidan Dasturda ishtirok etish paytida Qurilmaning oʻzgartirish tufayli dasturiy 
taʼminot xususiyatlari bilan bogʻliq oqibatlari;
6.6.7 Dastur Qoidalariga muvofiq sotib olingan tovarlar, xizmatlar Ishtirokchi tomonidan 
olinganidan keyin buyurtmani bajarish muddati uchun javobgar emas.
6.6.8 Agar tovarlar Operatorga ham, Hamkorga ham tegishli boʻlsa, tovarning sifati, butligi va 
boshqa kamchiliklari. Operator Ishtirokchi tomonidan tanlangan tovarlarning Operator va/
yoki Hamkorning omborida yoʻqligi uchun javobgar emas.
6.6.9 «A-Pay» Elektron pul Tizimida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan texnik va texnologik xatolar.
6.7 Operatorning Qoidalarni buzganlik uchun Ishtirokchi oldidagi javobgarligi APSni hisoblash bilan 
bogʻliq har qanday daʼvo - Ishtirokchining maxsus hisobiga bonuslarning tegishli miqdorini hisoblash 
bilan cheklanadi.
6. 8. Ishtirokchi tomonidan Qoidalar buzilgan taqdirda Operatorning harakatsizligi Operatorni 
keyinchalik uning manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli harakatlarni amalga oshirish huquqidan 
mahrum qilmaydi, shuningdek, Operatorning bunday qoidabuzarlik hamda keyinchalik shu yoki 
shunga oʻxshash huquqbuzarliklar sodir etilishi bilan bogʻliq huquqlaridan voz kechishni anglatmaydi

Download 128.23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 128.23 Kb.
Pdf ko'rish