“APS bonus” bonus dasturining qoidalari 9. BOSHQA SHARTLAR




Download 128.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana11.05.2023
Hajmi128.23 Kb.
#58481
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-uz lat-bonusnaya-programma-aps-bonus
Informatika fanidan tadbir ishlanmasi, Umumiy kimyo, Fizik kimyo - Test, oliy matematika yakuniy misollar 3-semestr
11
“APS bonus” bonus dasturining qoidalari
9. BOSHQA SHARTLAR
9. 1. Dasturda ishtirok etish uchun toʻlov amalga oshirilmaganligi sababli Ishtirokchi va Operator 
oʻrtasidagi Dasturda ishtirok etish bilan bogʻliq munosabatlarga Oʻzbekiston Respublikasi 
qonunchiligida nazarda tutilgan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha qoidalar 
qoʻllanilishi mumkin emas.
9. 2. Operator Qoidalarga oʻzgartirishlar kiritish (shu jumladan, yangi tahrirlarni belgilash), xususan, 
Qoidalarga Ilovalar kiritish huquqiga ega. Marketing aksiyalari eʼlon qilingan kundan va/yoki 
Operator tomonidan belgilangan sanadan boshlab kuchga kiradi. Koʻrsatilgan maʼlumotlar 
Operatorning rasmiy veb-saytlari va/yoki mobil ilovalarida joylashtirish (chop etish) orqali Bonus 
dasturi ishtirokchilari eʼtiboriga havola etiladi. Ishtirokchining eʼlon qilingan maʼlumotlar bilan 
tanishish vaqti Ishtirokchi uchun maʼlumot mavjud boʻlgan vaqt hisoblanadi.
9. 3. Ishtirokchi Operator tomonidan veb-saytda va/yoki mobil ilovada joylashtirilgan maʼlumotlar 
bilan mustaqil ravishda, shu jumladan, Qoidalarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida 
maʼlumot olish uchun Operatorga murojaat qilish orqali tanishishi shart.
9. 4. Qoidalarga ular kuchga kirgan paytdan boshlab har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar Qoidalarga 
qoʻshilgan bonus Dasturining barcha Ishtirokchilariga, shu jumladan, Qoidalarga oʻzgartirishlar 
kuchga kirgunga qadar qoʻshilganlarga nisbatan tatbiq etiladi.
9. 5. Ishtirokchining bonus Dasturidan voz kechishining yoʻqligi Ishtirokchining Qoidalarning yangi 
tahririga rozi ekinligini anglatadi. Operator tomonidan tasdiqlangan Qoidalarga rozi boʻlmagan 
taqdirda Ishtirokchi Dasturda ishtirok etishni rad etishga haqli.
9. 6. Dasturda ishtirok etish, shu jumladan, APS hisoblash va undan foydalanish faqat Oʻzbekiston 
Respublikasi hududida va Dasturning amal qilish muddati ichidagina amalga oshirilishi mumkin.
9. 7. Operator oʻz xohishiga koʻra APS toʻplash chegaralari va muddatlarini, APS ni oʻtkazish va Mukofotni 
olish uchun maxsus hisobda saqlanishi kerak boʻlgan minimal APS miqdorini va boshqa shartlarni 
belgilaydi. Qayd etilgan maʼlumotlar Operatorning rasmiy veb-saytlari va/yoki mobil ilovalarida 
joylashtiriladi.
9. 8. Agar APS maxsus hisob raqamiga hisoblangan kundan boshlab 365 (uch yuz oltmish besh) kun 
ichida Ishtirokchi APS bonuslaridan foydalanmagan boʻlsa, ular avtomatik ravishda maxsus hisobdan 
kelgusida Ishtirokchi tomonidan undan foydalanish huquqisiz yechib olinadi. 
9. 9. «APS bonus» Bonus Dasturiga tegishli barcha savollar boʻyicha Ishtirokchilar Operatorning Call-
markaziga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +998 (55) 500-11-10
9. 10. Agar u yoki bu sabablarga koʻra Qoidalarning bir yoki bir nechta tartiblari haqiqiy emas yoki yuridik 
kuchga ega emas, deb eʼtirof etilishi Qoidaning qolgan tartiblari haqiqiyligiga yoki qoʻllanilishiga 
taʼsir qilmaydi.
9. 11. «APS bonus» Bonus Dasturiga qoʻshilish orqali Ishtirokchi mazkur Qoidalarga toʻliq rozi boʻladi.


12
“APS bonus” bonus dasturining qoidalari
«CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND 
INNOVATION» MCHJ TOʻLOV TASHKILOTI 
«A-PAY» ELEKTRON PULLAR TIZIMI OPERATORI:
100090, Oʻzbekiston Respublikasi,
Toshkent sh., Yakkasaroy t.,
A.Qahhor k., 9-tor koʻcha, 1a-uy 
STIR: 306 344 019 
h/r: 2020 8000 4050 6594 4001 
«Trastbank» XABning OPERBga 
FAA: 00491, 
Bank STIRi:201 055 090 
IFUK: 58290
Tel: (+99855) 500 11 10 

Download 128.23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 128.23 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“APS bonus” bonus dasturining qoidalari 9. BOSHQA SHARTLAR

Download 128.23 Kb.
Pdf ko'rish