A va B pristanlar orasidagi masofa 96 km. A pristandan oqim bo‘ylab sol jo‘natildi. Xuddi shu paytda B pristandan oqimga qarshi motorli qayiq jo‘nadi va 4 soatdan keyin sol bilan uchrashdi. Agar daryo oqimining tezligi 3 km/soat bo‘lsa, qayiqning turg‘un suvdagi tezligini toping.
Harakat boshlangandan 0.8 soat o‘tgach, motosiklchi velosipedchini quvib yetdi. Motosiklchining tezligi 42 km/soat, velosipedchiniki 12 km/soat bo‘lsa,harakat boshlanishidan oldin ular orasidagi masofa qancha bo‘lgan?
Uzunligi 400 metr bo‘lgan poyezd uzunligi 800 metr bo‘lgan tunneldan 1 minutda o‘tib ketdi. Poyezdning tezligini toping.
Oralaridagi masofa 200 km bo‘lgan A va B punktlardan bir vaqtning o‘zida ikki sayyoh bir- biriga qarama- qarshi yo‘lga chiqdi. Birinchisi avtobusda tezligi 40 km/soat, ikkinchisi avtomobilda. Agar ular 2 soatdan keyin uchrashgan bo‘lishsa, avtomobilning tezligini toping.
Kishi harakatsiz eskalatorida 4 minutda, harakatlanayotgan eskalatorda esa 48 sekunda yuqoriga ko‘tarildi. Shu kishi harakatdagi eskalatorda to‘xtab turgan holda necha minutda yuqoriga ko‘tariladi?
Yo‘lovchi va yuk poyezdi bir- biriga tomon harakatlanmoqda. Ular orasidagi masofa 275 km. Yuk poyezdining tezligi 50 km/soat. Yo‘lovchi poyezdining tezligi yuk poyezdining tezligidan 20% ortiq. Ular necha soatdan keyin uchrashadi?
A va B shaharlar orasidagi masofa 188 km. Bir vaqtning o‘zida bir-biriga qarab A shahardan velosipedchi, B shahardan motosiklchi yo‘lga tushdi va ular A shahardan 48 km masofada uchrashdi. Agar velosipedchining tezligi 12 km/soat bo‘lsa, motosiklchining tezligini toping.
Motosiklchi yo‘lga 5 minut kechikib chiqdi. Manzilga o‘z vaqtida yetib olish uchun u tezlikni 10 km/soatga oshirdi. Agar masofa 25 km bo‘lsa, motosiklchi qanday tezlik (km/soat) bilan harakatlangan?
http://fayllar.org
|