Ilg’or texnologiyalar asosida o’qitishning zamonaviy uslublari Kalit so’zlar




Download 15.74 Kb.
Sana13.10.2023
Hajmi15.74 Kb.
#87691
Bog'liq
Ilg
Texnologiya fanida 6, конкурс, 1.Maruza, shox, Бозор учун кушимча шартнома, Илтимоснома, 8-9 маъруза вектор, Oddiy differensial tenglamalar, 03, Ekologiya mustaqil ishlar to\'plami, 1-amaliy mashgulot — копия — копия — копия — копия — копия — копия — копия, O‘lchash asboblarini konstruksiyalash” fanidan 1-oraliq nazoratg, AZIZ ASRIMIZNG AZIZ ONLARI AZIZ ODAMLARDAN SURAYDI KADRIN FURSAT GANIMATDIR SHOX SATRLAR ILA BEZAMOK CHOGIDIR UMR DAFTARN XAYOT DA XAMA NARSA BULARKAN INSON ZOTI BORKI GUNOX KILARKAN GOXIDA XATOLAR KILARKAN UZI BILARKAN GOXO, ЯНГИ ТАҲРИРДАГИ КОНСТИТУЦИЯ ЛОЙИҲАСИ

Ilg’or texnologiyalar asosida o’qitishning zamonaviy
uslublari
Kalit so’zlar: zamonaviy axborot texnologiyalari, ta’lim jarayoni, ta’lim texnologiyalari, o’qitish vositalari.
Annotatsiya:Ushbu maqolada ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, ularni pedagogikaga tadbiq qilish, va ular orqali oliy ta’limni rivojlantirish uslublari, zamonaviy o’qitish texnologiyalari yaratgan imkoniyatlar yoritilgan.
Ta’lim insonning bilish qobilyatini rivojlantiruvchi asosiy omil hisoblanadi. Ta’lim jarayoni o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining yig’indisidan iborat va bu jarayonda shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobilyatlari o’sib boradi. Ta’lim haqida turli nazariyalar mavjud bo’lib, ba’zilari ta’limni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga bog’liq bo’lmagan hodisa sifatida qarasalar, ba’zisi ta’limning sinfiy xarakterga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari oqimi surati tezlashib borayotgan bir paytda zamonaviy o’qitish vositalarisiz (turli xil proyektlar, multimedialar, slaydlar) dars o’tayotgan o’qituvchi o’quvchi yoki talabaning darsga bo’lgan qiziqishini uyg’ota olishi qiyin. Bunday zamonaviy o’qitish shakllari o’quvchilar, talabalar va hatto o’qituvchilar uchun ham ko’plab imkoniyatlar yaratadi. Darslarda zamonaviy o’qitish vositalaridan foydalanish o’quvchilarni darsni yanada chuqurroq tushinib o’zlashtirishiga yordam bersa, o’qituvchilar uchun esa darsni tushuntirishda duch kelinadigan muammolarni birmuncha bartaraf etishga yordam beradi. Bunday o’quv materiallari orqali o’quvchilar o’tilgan mavzularni qayta o’qib-o’zlashtirish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar.
“Ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o’quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o’qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish [1]”. zarurligi eslatib o’tiladi.
Innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, o’qituvchilarning o’z motivatsiyasining yo’qligi nafaqat eng halokatli omil, balki o’zgartirishning eng qiyin omili hisoblanadi. Zavgyazinskiy ta’lim jarayonida texnologiyalarning turlarini “o’quv yoki pedagogik emas balki o’qitish deb atash to’g’riroqdir” - deya ta’kidlaydi.
“Ta’lim texnologiyalarining ilmiy xarakterdaligiga e’tibor qaratgan holda, uning amaliy yo’nalishga xosligini, uni aniq masalalarni hal qilishda qo’llash mumkinligini e’tirof etish kerak. Demak, nazariyani o’quv amaliyoti bilan bog’lash zaruriyatini va ta’lim texnologiyalarining nazariy asoslarini o’rganish zamonaviy ta’lim texnologiyalarni aniqlab beradigan qator holatlarni belgilashga imkon berdi [2, 7]”.
Bugungi kunda har bir o’qituvchi axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’quv mashg’ulotlarini o’tkazishi kerak, chunki o’qituvchi darsni yanada jonli va qiziqarli qilish imkonini beradi va darsga loqayd talaba ava o’quvchilarni e’tiborini o’ziga jalb qila olishiga ham yordam beradi.Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o’quvchining darsga bo’lgan munosabatini o’zgartiradi, passiv tinglovchidan u o’quv jarayonining faol tinglovchisiga aylanishi mumkin. Zamonaviy o’qitish vositalaridan foydalanish kerakli natijaga erishish imkonini berish bilan bir qatorda, o’rganishni yorqin, esda qolarli, qiziqarli qiladi va darslarga nisbatan ijobiy hislarni paydo qiladi.
“Ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazalari mustahkamlandi. Shuni qoniqish bilan aytish mumkinki, zamonaviy ta’lim tizimining joriy etilishi bugungi kunda ijobiy natijalar bermoqda. Endigi, pedagoglarning vazifasi zamonaviy texnik ta’minotga ega ta’lim muassasalarida talablar darajasida innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida yoshlarimizga ta’lim-tarbiya berishdan iborat bo’lmog’i lozim.
Yuqoridagi vazifalarni amaliyotda o’z ifodasini topdirishda ta’lim texnologiyalari fani muhim rol o’ynaydi. Kasb ta’lim yo’nalish mutaxassislarini tayyorlash jarayonida ta’lim texnologiyalari fani kasbiy bilimlarni egallash texnologiyalari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish ustuvor o’rin egallaydi [ 3, 5]”.
“Hozirgi o’zgaruvchan maqsad va vazifalar zamonaviy ta’limga duch kelmoqda. Sa’y-harakatlarda bilimlarni o’zlashtirishdan kompetensiyalarni shakllantirishga siljish kuzatilmoqda, asosiy e’tibor talabaga yo’naltirilgan ta’limga qaratilmoqda. Talabalarni tayyorlash sifati ta’lim mazmuni, darslarni o’tkazish texnologiyalari, uning tashkiliy-amaliy yo’nalishi, muhiti bilan belgilanadi, shuning uchun ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarur [4]”.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi. 2017-yil 20-aprel, PQ-2909-son qarori.
2. Z.F.Sharopova. Ta’lim texnologiyalari. Toshkent 2019. “Navro’z” nashriyoti
3. Z.F.Sharopova. Ta’lim texnologiyalari. Toshkent 2019. “Navro’z” nashriyoti
Internet resurslari:
4.www.goaravetisyan.ru
Download 15.74 Kb.




Download 15.74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilg’or texnologiyalar asosida o’qitishning zamonaviy uslublari Kalit so’zlar

Download 15.74 Kb.